03.03.2022
203

MUASSASA TALABALARI MUZEYDA

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O'RTA MAXSUS

ISLOM TA'LIM MUASSASASI TALABALARI MUZEYDA

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari Abdulla Qodiriy muzeyiga tashrif buyurdi

 

Joriy yilning 3 mart kuni ta'lim muassasasi 1-kurs talaba qizlari bilan guruh rahbari Farida Abzalova boshchiligida Abdulla Qodiriy muzeyiga tashrif buyurildi.

Talaba qizlar muzey sayohati chog'ida A.Qodiriyning butun hayoti va ijod yillari aks ettirilgan eksponatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, qatag'on yillari tasvirlangan bo'limga ham kirdilar va u yerda A.Qodiriyning hayoti va ijodi yoritilgan videofilm tomosha qildilar. Undan tashqari muzey hududida A.Qodiriy asos solgan “Turon” kutubxonasi ham joylashgan bo'lib, ular bu bo'limga ham kirdilar va unga tegishli turli o'quv zallarni ko’rib ma’naviy zavq oldilar.

Muzeyda yana ko'plab A.Qodiriy qalamiga mansub asarlar va ularning mazmuni yoritilgan eksponatlar joy olgan bo'lib, sayohatdan juda mamnun holda qaytgan talaba qizlar yana bir bor kelish va ayniqsa kutubxonaga a'zo bo'lish istagini bildirdilar. Sayohat juda foydali bo'ldi.

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha

 direktor o'rinbosari  Z.Komiljonova

 

 

 

 

 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 66
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 52
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 57
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry