04.03.2022
302

Qiz sarposi kimning zimmasida?

Xalqimiz azal azaldan bobolarimizdan bizgacha o'tib kelayotgan milliy va diniy marosimlarga alohida e'tibor bilan qaraydi. Ayniqsa, nikoh munosabati bilan bo'ladigan marosimlarga alohida urg'u beriladi. Kelin bo'lmishga kuyov tomondan turli xil sovg'a salomlar keladi. Nihohda kelinga kuyov mahr beradi, barcha kelinga kerakli bo'lgan narsalar kuyov tarafidan ta'minlab beriladi. Yuqorida aytganlarimizni milliy urf-odatlar sifatida aytganlarimiz muqaddas islom dinimizda belgilab qo'yilgan mezon-torozu'ga ham to'liq mos keladi. 
Alloh taolo ayollarning nafaqalari erkak kishiga vojib ekanligini bir necha oyatlarda zikr qildi.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:" Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin." (Taloq surasi, 7-oyat)
Va yana boshqa oyatda
"Ularni ma'ruf ila yedirib, kiyintirish tug'dirganning zimmasidadir" (Baqara surasi, 6-oyat),
"U(ayol)larga imkoningiz boricha o'zingiz yashab turgan joydan joy bering" (Taloq surasi, 6-oyat)
Yuqorida keltirilgan barcha oyatlarda ayollarga erlari tomonidan barcha zaruriy narsalarni ta'minlab berish mas'uliyati borligini xabari berilmoqda. 
Sunnatda ham bu mas'uliyat haqida ko'p hadislar vorid bo'lgan. 
Imom Muslim, Abu Dovud va Molikning vidolashuv haji hadisida Jobir r.a.dan rivoyat qiladilar:
"Rosululloh s.a.v.:
"Ular (ayollar) uchun sizning zimmangizda ma'ruf yo'l bilan rizqlari va kiyimlari majburiyati bor", dedilar"
Va yana bir hadisda 
Hakim ibn Muoviya Qushayriy r.a.dan rivoyat qilinadi: 
"Ey Allohning Rosuli, bizda xotinlarimizning nima haqqi bor?" dedim. U zot:
"Qachon taomlansang, uni ham taomlantirgin. Qachon kiyim kiysang - yoki topganingda - uni ham kiyintirgin. Yuziga urmagin. Qattiq so'kmagin va uydan boshqa joyda hijron qilmagin", dedilar".
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
"Hind bint Utba: "Ey Allohning Rosuli, Abu Sufyon hasis odam, menga va bolamga yetarli narsa bermaydi. Unga bildirmagan holda undan olganimdagi (yetishi mumkin)", dedi. Shunda u zot: O'zingga va bolangga yetarlisini insof bilan olaver", dedilar".
Yuqoridagi oyat va hadislarni dalil qilib, ulamolar erkak kishiga ayolining nafaqasi vojib deydilar.
Lekin hech kimga sir emaski,  ko'p holatlarda kelinning ota-onasiga kuyov tomon tarafdan qilinishi vojib bo'lgan narsalar yuklab qo'yilmoqda. Bu esa, kelin tomon moddiy qiyinchilikka tushib qolishiga sababchi bo'lmoqda. 
Va yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda "kelin tomonning kuyov tomonga beradigan sarpolari shari'atga zid emas, kuyov tomon bemalol bularni qabul qilishi mumkin" ma'nosida "soxta shayxlar" tomonidan aytilgan "fatvo" tarqalmoqda. Bu esa yuqoridagi oyat va hadislarga ziddir. Bizning vazifamiz oyat va hadislardan o'zimizni manfaatimizni ko'zlab, hukm olish emas, balki, Alloh va Uning Rosuli buyurgan amrlarga so'zsiz amal qilishdir.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus

islom ta'lim muassasasi o'qituvchisi F.Ibrohimova

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 168
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 283
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 274
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry