06.09.2025
55

Va tezda Robbing senga ato qilur va rozi bo‘lursan

#rabiul_avval
#mavlid

🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

📖  “Va tezda Robbing senga ato qilur va rozi bo‘lursan”,

Zuho surasi, 5-oyat.

🟠Ato ibn Abbosdan rivoyat qiladi, u dedi: “U🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari uchun (Alloh taolo izn beradigan) shafoatlaridir. Hatto rozi bo‘lgunlariga qadar”. Bu Ali va Hasanning so‘zlaridir.

Hadisda keladi, 🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma, ummatim, ummatim” dedilar va yig‘ladilar. Shunda ☝️ Alloh taolo: “Ey Jabroil, Muhammadning oldiga borgin va aytginki, “albatta Biz ummating xususida seni tezda rozi qilamiz va ular haqida seni aslo xafa qilmaymiz”, dedi. (ibn Hibbon rivoyati).

Ya’ni, oxirat diyorida Alloh taolo u zotni ummati xususida rozi qiladi. Bulardan, u zot uchun hozirlab qo‘ygan karomatlar va jumladan, Kavsar daryosi (hovuzi) kabilardir. Sollallohu alayhi vasallam. (Ibn Kasir va Qurtubiy tafsirlaridan).

🔖Izoh: “Va tezda Robbing senga ato qilur va rozi bo‘lursan”. 
“Haqiqatan, Alloh taolo u zotga ko‘p ne’matlarni ato qildikim, boshqa bandalarga bunchalik marhamat bo‘lgan emas. Shu jumladan, eng go‘zal xulq, doimiy himoya, avvalgiyu oxirgi gunohlarining kechirilishi, shariatlarining umuminsoniyligi, shafoat-haqqi va hokazo”, (“Tafsiri Hilol”dan).

 🟠 Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 🌙 Nabiy sollallohu alayhi vasallam Alloh azza va jallaning so‘zidagi Ibrohim alayhissalom duolarini tilovat qildilar: «Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir)». Va yana Allohning Kitobidagi Iso alayhissalom so‘zlarini ham tilovat qildilar: «Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O‘zing qudrat, hikmat egasidirsan». 
 Keyin 🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ummatim, ummatim», deb yig‘ladilar. ☝️ Alloh azza va jalla: «Ey Jabroil, Muhammadning oldiga borib so‘ra-chi, nima uni yig‘latmoqda?» dedi. 
  Vaholanki, Alloh O‘zi bilib turib so‘rashni buyurmoqda! Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bilib turib aytgan narsaning xabarini berdilar. Shunda☝️  Alloh taolo: «Ey Jabroil, Muhammad (alayhissalom) huzuriga borib, «Biz ummating xususida rozi qilib, seni xafa qilmaymiz», deb ayting», dedi.    Imom Muslim rivoyati.

#XK_infografika #infografika  #kun_hikmati #rabbiul_avval #mavlid

Ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘ling!

🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal!

Telegram (https://t.me/xadichauz) 🕊| Instagram (https://www.instagram.com/xadichauzofficial/)📱
Facebook (https://www.facebook.com/Xadicha.uz)📱| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCHjfzg_O8G4_0PrEWDuW3-A) 📺

Другие новости

Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida davra suhbati
06.12.2025 7
Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida davra suhbati🗣Adliya vazirligi tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari va 200 dan ortiq NNT vakillari qatnashdi. Suhbat davomida 2021–2025-yillar...
Подробнее
“Nurul-yaqiyn” kitobining yangi nashri hadya qilindi
05.12.2025 9
✅“Nurul-yaqiyn” kitobining yangi nashri hadya qilindi🗣Ta’lim muassasasida Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi, siyrat fani ustozi Abdul Azim domla Ziyouddin tomonidan shayx Muhammad Xuzariyning “Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” kitobining yangi nashri...
Подробнее
“Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” asari taqdimoti
04.12.2025 7
#taqdimot✅ Ta’lim muassasasida Toshkent Islom instituti katta o‘qituvchisi, siyrat fani ustozi Abdul Azim Ziyouddin tomonidan akademik tarzda tarjima qilingan shayx Muhammad Xuzariyning “Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” asari taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry