01.12.2025
11

SOG’INCH

SOG’INCH

Ketyapman bir ko’prik bo’ylab piyoda,
Avvali beshik-u, oxiri tuproq.
Noma’lum bu yo’lim uzun yo qisqa,
Nimam bor dunyoda gunohdan ko’proq?!

Bandai ojizman, lek hayol cheksiz,
Asri Saodatni qilaman havas.
Ahvolim o’zimga ayondir essiz,
Loyiqlik mavzusi vijdondan ketmas.

Yursam men Madina ko’chalarida,
Eshitsam azonni, takbirni takror.
Shul zamin yeriga qo’yib boshimni,
Sajda qilsam edi bo‘lsa-da bir bor.

Ko’p emas, atiga besh soniyaga,
Mayli-da, uzoqdan, yo’qdir e’tiroz.
Habibim ko’rsaydim so’nmas nur ila,
Shu baxt bir umrga yetar edi rost.

Hadicha onamning qo’llarin o’psam,
Qaniydi quchsalar Fotima onam,
Oisha Humayro qilsalar duo
Yozmoqlik asnosi, ko’zlarimda nam.

Tinglasam qorilar qiroatini,
Yurakka borardi "Kavsar"mi, "Ixlos".
Nasihat qilsalar bitta Rosulim,
Ikki so’z kifoya etardi xolos.

Ramazon oyining bir ro’zasini,
Bog’dagi xurmo-la ochishdir orzum.
O’n to’rt asr o’tib ketganda endi,
Yettinchi asrdan joy bormi bir zum?!

Yetaklar hayollar, istaydi ko’ngil,
Ammo bu taqdirdir, bitilgan azal.
Musulmon tug’ildim, aytingchi menga:
Hayotda nima bor Islomdan afzal?!

Lek, so’nmas umidim, bordir bir iloj,
Duodir hamrohim jami ishimda,
Uyquga ketsam-u, o’zgarsa olam
Saodat asrida yursam tushimda...

Muallif: 1-kurs talabasi
Abdug’afforova Muhsina

Другие новости

Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida davra suhbati
06.12.2025 7
Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida davra suhbati🗣Adliya vazirligi tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari va 200 dan ortiq NNT vakillari qatnashdi. Suhbat davomida 2021–2025-yillar...
Подробнее
“Nurul-yaqiyn” kitobining yangi nashri hadya qilindi
05.12.2025 8
✅“Nurul-yaqiyn” kitobining yangi nashri hadya qilindi🗣Ta’lim muassasasida Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi, siyrat fani ustozi Abdul Azim domla Ziyouddin tomonidan shayx Muhammad Xuzariyning “Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” kitobining yangi nashri...
Подробнее
“Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” asari taqdimoti
04.12.2025 7
#taqdimot✅ Ta’lim muassasasida Toshkent Islom instituti katta o‘qituvchisi, siyrat fani ustozi Abdul Azim Ziyouddin tomonidan akademik tarzda tarjima qilingan shayx Muhammad Xuzariyning “Nurul-yaqiyn fi siyrati sayyidil-mursaliyn” asari taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry