Usmon roziyallohu anhu islomiy xayriya ishlarning imomidir
Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning saxovatli va xayrixoh sahobalaridan bo’lgan Usmon ibn Affon roziyallohu anhu o’zlarining mol-u mulklari bilan islomiy davlatning bunyod etilishida juda katta hissa qo’shdilar.
Shuningdek u zot beva va miskinlarni himoya qilish va qarz to’lashdagi say’- harakatlari bilan mashhur bo’lib, rasululloh sollollohu alayhi vasallam ko’rsatmalarini amalga oshirishda sahobalar o’rtasidagi o’zaro raqobatda o’zib ketganlar. Ul zotning siyratini o’rgangan kishi u ulug’ sahobaning xayrli ishlarida eng go’zal namuna bo’lganlarini sezadi. Infoq va ixlosda rasululloh sollollohu alayhi vasallam tomonlaridan Usmon roziyallohu anhu uchun xossatan qabul qilingan ko’plab insoniy fazilatlarni his qiladi.
Biz ushbu maqola orqali roshid xalifaning siyratlaridagi xayrli ishlarining ba’zi jihatlariga to’xtalib o’tish bilan u zotga xayrli ishlar qilishda, uslubimizda taqlid qilib, Alloh taolodan Jannat va xushxabar berilganlardan bo’lishimizni so’rab qolamiz.
Usmon ibn Affon, ibn Abul Oss, ibn Umayya, ibn Abdushshams, ibn Abdumanof, ibn Qusaoy, ibn Kilob bo’lib, nasablari Rasululloh sollollohu alayhi vasallam bilan Abdumanofda birlashadi. U zot amir- ul mo’miniyn, abu Abdulloh va abu Umar mashhur va sahih qavllarga ko’ra “Fil” hodisasidan olti yil keyin Toifda tavallud topganlar. Rasulimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam u zotni qizlari Ruqayya roziyallohu anhoga nikohlar ekan, o’zlari bilan qarindoshlik rishtalarini yanada yaqin bog’lashdek baxtni tortiq etgan edilar. Ammo, Ruqayya onamiz Badr kunida vafot etib, juda mahzun qildilar. Shu sabbali Usmon roziyallo anhu Badr jangiga borolmagan edilar. Shunday bo’lsa-da, Rasululloh sollollohu alayhi vasallam u zotga ham Badr o’lhalaridan ulush ajratdilar. Bu ishlari bilan ularni ham Badr janggida qatnashgan sahobalar qatorida hisoblagan bo’lsalar ajab emas.
Ruqayya onamizning vafotlaridan juda, g’amgin, mahzun holda yurgan Usmon roziyallohu anhuga yana bir qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni nikohlab berdilar. Shu sabbali “ Ikki nur egasi” deb laqablandilar. Mutavotir yo’l bilan keladiki, Rasululloh sollollohu alayhi vasallam u zotni “ Jannat xushxabarini berib, “Jannat ahli” dan deb va’da berganlar.
Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Har bir nabiyning hamrohi bor, mening Jannatdagi hamrohim Usmondir”,- deganlar . termiziy rivoyati.
U zotning hayotlarida eng katta xayriya ishlardagi ehsonlaridan hisoblangan “ ruma qudug’i”, “ Nabaviy masjidining kengayishi”, “ Usro qo’shinini jihozlash”, “ Qahatchilik yili”, “ har juma qul ozod qilishlari”, “ qarzdan kechishlari” kabilarni keltirib ular haqida ma’lumotlarni berib o’tar ekanmiz, Ul zotning naqadar oliyhimmat bo’lganlarining guvohi bo’ldik.
Muhojirlar Rasulullohga sallallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraning suvini oʻzgarganidan shikoyat qilishdi. Suvi ichishga yaraydigan faqat bitta quduq bor edi. U ham boʻlsa Rovma degan yahudiyniki boʻlib, suv oladiganlarga narxini qimmat qilib qoʻydi. Yahudiy bir mesh suvni bir mudd (xurmo, arpaning oʻlchov birligi)ga sotayotgan edi.
Bu holni ko’rgan Rasululloh alayhissalom:
- Kim Rovmaning qudugʻini sotib olib, chelagini musulmonlarning chelagi bilan birga qilsa, Jannatda unga yaxshi bo’ladi,” - dedilar. Nasoiy sahihi.
Hazrati Usmon Paygʻambarning alayhisalom bu soʻzlarini eshitib, darhol quduqni sotib olish niyatida yahudiy oldiga savdolashgani bordi. Va quduqni 25 dirhamga sotib oldi. Va uni boyga ham, kambag’alga ham, yo’lovchilarga ham tekin qilib qo’ydilar. ( Fathul Boriy 408/5)
Usmon roziyallohu Masjid-u Navaviyning kengayishiga rasululloh sollollohu alayhi vasallam sahobalarini qiziqtirar ekan: “ kim falonchining oilasiudan yerini sotib olib masjidni kenggaytirsa Jannatda unga bundan ham yaxshisi nasib qialdi”, deganlarini eshitgan Usmon roziyallohu anhu o’z pullaridan yigirma besh ming yoki yigirma ming dirhamga sotib oldilar. ( sahihi sunan Nasafiy 766-/2)
Shunday qilib, masjid –u nabaviyning ilk bor kengayishida u zotning qo’llari bilan bo’lish baxtiga Alloh taolo nasib etdi.
Odatda biror urushga chiqadigan bo’lsalar, ochiq aytmas edilar. Boshqa tomonga bormoqchi ekanliklarini aytib turib, keyin maqsad qilingan tarafga yurar edilar. Faqat Tabuk urushida bunday qilmadilar. Shunday mashaqqatli va shiddatli bir paytda dushmanning ko’pligi sababli odamlar o’ziga yarasha tayyorgarlik ko’rsinlar deb, Rum bilan urush qilish niyatida ekanliklarini ochiq aytdilar. So’ngra jiddiylik bilan safarga otlandilar va odamlarga kerakli narsalarni olib shoshilishga amr qildilar. Boy kishilarni xayr- ehson etishga, ulovi yo’q kishilarga ulov olib berishga qiziqtirdilar. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu bunday xayr- ehson qiluvchilarning peshqadami bo’ldilar. U kishi hech kim qilmagan katta miqdordagi xayr- ehsonni qildilar. U kishining bu saxiyliklarini taqdirlab, Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallam Allohim Usmondan rozi bo’lgin, men undan roziman dedilar.
Abdurrahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadi:
“ Nabiy sollollohu alayhi vasallam “Qiyinchilik” (urushi) askarini tayyorlayotganlarida Usmon ming dinorni yenggiga solib keltirib, qo’yinlariga to’kdilar. Nabiy sollolohu alayhi vasallamning qo’ynilaridagini u yoq- bu yoqqa ag’darib turib, ikkim marta:
“ Bugundan so’ng Usmonga nima qilsa ham, zarar qilmaydi”,- deganlarini ko’rdim”.
Boshqa bir rivayatda esa:
Abdurrahmon ibn Habbob roziyallohu anhu aytadi:
“ Nabiy sollollohu alayhi vasallam “Qiyinchilik” lashkariga targ’ib qilganlarida hozir bo’ldim. O’shanda Usmon o’rnidan turib,”
“Ey Allohning Rasuli! Allohning yo’lida yuzta tuyani egar- jabdug’I bilan zimmamga olaman”, dedi. So’ngra U zot yana lashkarga targ’ib qildilar. Bas, Usmon ibn affon o’rinidan turib:
“Ey Allohning rasuli! Allohning yo’lida ikki yuzta tuyani egar- jabdug’i bilan zimmamga olaman”, dedi.
So’ngra u zot yana lashkarga targ’ib qildilar. Bas, Usmon ibn affon o’rnidan turib:
“Ey Allohning rasuli! Allohning yo’lida uch yuzta tuyani egar- jabdug’I bilan zimmamga olaman”, dedi. Men rasululloh sollollohu alayhi vasallamning minbardan tushayotib:
“Bundan so’ng Ismon nima qilsa ham, zarar bo’lmas. Bundan so’ng Usmon nima qilsa ham zarar bo’lmas”, deganlarini ko’rdim”.
Ikisini Termiziy rivoyat qilgan.
Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar:“Abu Bakrning vaqtida odamlar qahatchilikka uchradilar. Xalifa ularga: “InshaAlloh, ertaga kechqurungacha Allohning kushoyishi kelib qolar”, dedi.
Ertasiga tong chog’I Usmonning karvoni yetrib keldi.
Tojirlar darhol uning oldiga yetib keldilar. U ridosining peshlarini yelkasiga tashlab olgan holda chiqdi. Tojirlar karvonda kelgan molni ulgurji savdo qilib, ularga sotishini so’rashdi. “ Qancha foyda berasizlar?” dedi Usmon.
“ O’ntaga o’n ikkita.”, dedilar.
“Bundan ko’p beradigan bor”, dedi Usmon.
“O’ntaga o’n beshta” dedilar.
“Bundan ko’p beradigan bor”, dedi Usmon.
“Senga bundan ko’p beradigan kim edi? Madinaning tojirlari biz bo’lsak!” dedilar.
“ U Allohdir. U Zot menga har dirhamga o’n barobar ziyoda berishni va’da qildi. Sizlar Undan ko’p bera olasizlarmi?” dedi.
Tojirlar qaytib ketdilar. U esa: “Allohim! Bularning hammasini Madinaning kambag’allariga ehson qildim. Narx ham yo’q. Hisob ham yo’q!” deb nido qildi”.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu ana shunday nodir xislatlar sohibi bo’lgan bir zot edilar. U kishi faqirlarga amirlarning taomini bersalar ham, o’zlari zaytun yog’ini sirkaga aralashtirib, quruq non bilan yeb o’tirar edilar.
4- kurs talabasi: Shamsiddinova Sarviniso tarjimasi