26.05.2023
156

Din himoyasidagi fidoyi ayol


Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. 
Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:  
"Ey Ammor oilasi, shodlaninglar, sizlarga va’da qilingan narsa Jannatdir" (Imom Tabaroniy rivoyati). 
Ma’lumki, "Ammor oilasi" deyilganda Islomdagi avvalgi shahidlar ko‘z oldimizga keladi. Yosir va Sumayya roziyallohu anhumo Ammor ibn Yosir roziyallohu anhuning ota-onasi bo‘lib, dinini mahkam tutgani uchun mushriklar tomonidan o‘ldirilgan. 
Sumayya onamiz o‘z iymoni ila ushbu ummatning fir’avni bo‘lmish Abu Jahlga qarshi tura oldilar. O‘zlari, erlari Yosir va o‘g‘illari Ammor roziyallohu anhum qo‘l-oyoqlari bog'lanib, qizigan tuproqqa badanlari bilan yotqizib qo'yilgan edilar. 
Lekin ular bu azoblashlarga qaramay, Abu Jahl istagan narsani qilmadilar, ya’ni dinidan voz kechmadilar. 
Ota-bola - Yosir va Ammor roziyallohu anhumo sukut saqlab turar edilar. 
Sumayya roziyallohu anho esa Abu Jahlga sukut va ingrash bilan qarshi chiqmadi, balki ochiqcha qarshilik qilib,  iymonlarida sobit turdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Sizlarga va’da qilingan narsa-jannat" degan so‘zlaridan so‘ng Jannat yo'lidagi azob u zotga yengil ko‘rindi. 
Abu Jahl o‘zining zaifa ayolga kuchi yetmayotganini ko‘rib burni yerga ishqaldi. U Sumayya onamizning avrat joylariga nayza sanchib o‘ldirdi...  
Sumayya onamiz Alloh taoloning so‘zini yuqori qilish yo‘lidagi ramz bo‘lib qoldilar. 
Mujohid rahimahulloh aytadi: "Makkada birinchi bo‘lib Islomni zohir qilganlar 7 kishi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr, Bilol, Habbob, Suxayb, Ammor va 
Sumayya (roziyallohu anhum)". 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni qavmlari himoya qildi. Boshqalarga temir qizdirib bosildi, jazirama quyoshda qoldilar. 
Sumayya roziyallohu anho nafaqat o‘zlari, balki turmush o‘rtoqlari va o‘g‘illari ham Jannat mujdasini olgan edilar. 
Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: 
إن الجنة لتشتاق إلى ثلاثة : علي ، وعمار ، وسلمان 
"Jannat uch kishiga mushtoq: Ali, Ammor va Salmonga" (Imom Termiziy rivoyati).
Alloh buyukdir! 
Tasavvur qiling: Jannat Ammor roziyallohu anhuga mushtoq bo'lib turibdi!!! 
Ammor roziyallohu anhu bu xushxabardan keyin odamlar orasida qanday qilib oyoqlarni Yerga qo'yib yurgan ekan-a?! 
Islomga kirishidan oldin qul bo‘lgan inson hozirda nafaqat yerda, balki osmonlarda - farishtalar orasida ham taniqli, Jannat unga mushtoq bo‘lib turgan zotga aylandi. 
Uhud kuni Abu Jahl o‘ldirilganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ammor roziyallohu anhuga: "Alloh onangning qotilini o‘ldirdi (halok qildi)", dedilar. 
Sumayya onamizga bundan ortiq sharaf bo'lmasa kerak! 
Alloh taolo Sumayya roziyallohu anhoni rahmatiga olsin, u zotdan, oilalaridan rozi bo‘lsin.

Mas‘ul o‘qituvchi: J.Gaipova
Muallif: Muzaffarxonova Robiya 
Manba: "Buyuk sahobiya ayollar" kitobi asosida tayyorlandi

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 99
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 187
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
"Shamoili Muhammadiya" asarining ijtimoiy hayotdagi o'rni haqida
19.05.2023 186
Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiya" kitoblari islom olamida eng ko’p tarqalgan kitoblardan biri hisoblanadi. Ushbu kitob Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shamoillari borasida yozilgan eng ulug‘ va foydali manba hisoblanadi. Imom at-Termiziy...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry