13.09.2023
179

FARAZDAQ


Har bir xalqning o’z adabiyoti va  uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq kabi bir qancha ilmlardagi ma‘lum qoidalarni asoslashda ulamolar Qur’oni Karim oyatlari, hadisi shariflar bilan birgalikda, johiliyat davri va Islomdan keyin yashab ijod qilgan mutaqaddim shoirlarning she’rlaridan iqtiboslar keltirib, ulardan dalillanadilar. Arab adabiy san’atining rivojiga sezilarli hissa qo’shib, xalqning qalblarini egallagan, ularning sevimli qahramonlaridan biriga aylangan Islomning avvalgi davrlarida yashab ijod qilgan shoirlardan biri bu – Farazdaqdir.
Shoirning to‘liq ismi - Al-Farazdaq ibn G‘olib ibn Sa’sa al-Mujoshiy al-Tamimiy al-Basriy – hijriy 20-yilda Umaviy xalifa qo‘l ostidagi Kozima shahri yaqinidagi Bani Tamim sahrosida dunyoga kelgan.
Farazdaq arablarning sharafli, buyuk shoirlaridan biri sanalib, Xulafoi roshidinlar, ya’ni Umar ibn Xattob zamonida  unib o‘sgan. Uning ismi Humom ibn G‘olib, kunyasi Abu Faros, laqabi esa Farazdaq bo‘lib, shu laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Uning arab tilidagi o‘rni beqiyos sanalib, xatto unga: “Agar Farazdaqning she’rlari bo‘lmaganda arab tilining uchdan biri ketardi va agar uning she’rlari bo‘lmaganda xalq xabarlarining yarmi o‘tib ketgan bo‘lardi”, deya ta’rif beradilar. U o‘z davrida xalifalardan ko‘pchiligi Ali ibn Abu Tolib, Muoviya ibn Abu Sufyon va uning o‘g‘li Yazid, Abdul Malik ibn Marvon va uning o‘g‘illari Valid, Sulaymon, Yazid, Hishomlar bilan ko‘rishgan. Shuningdek, Umar ibn Abdul Aziz bilan ham yuzlashgan. Uning ota-bobolari  sharafli oiladan va nasl-nasabi baland bo‘lgan. Shoirning o‘zi ham xalifalarning nazdida sharafli sanalgan. Shuning uchun shoir xalifalarning huzurida faqat o‘tirgan holatda she’r aytgan.
Shoir umri yuzga yaqinlashganda, Basrada hijriy 110-yilda vafot etgan. Undan bizgacha bir qancha devonlar yetib kelgan. Islomda mutaqaddim bo‘lgan ulamolar avvalgi asrlardayoq Farazdaqning she’riyatiga ehtirom ko‘rsatib, ular shoirning asarlarini deyarli mukammal holatda tasnif qilib ketganlar:
– Hijriy 209-yilda vafot etgan Abu Ubayda Muammar ibn al-Mutanna al-Basriyning “Jarir va Farazdaqning ziddiyatlari” kitobi;
– Hijriy 216-yilda vafot etgan Abdulmalik ibn Qarib al-Asmoiyning “Jarir va Farazdaqning ziddiyatlari” kitobi;
– Muhammad ibn Habibning hijriy 231-yilda vafot etgan Muhammad ibn Ziyod ibn al-Arabiydan rivoyat qilgan “Axbar al-Farazdaq” kitobi;
– Hijriy 225-yilda vafot etgan Abul Hasan Al-Madaniyning “Farazdaqning nikoh kitobi” asari;
– Hijriy 275-yilda vafot etgan Abu Said as-Sukkariyning “Farazdaq devoni”  kitobi;
– Hijriy 291-yilda vafot etgan Talab an-Nahaviyning “Jarir va Farazdaq ziddiyatlari” kitobi;
Abu Mansur Saolibiy “Kanzul Kuttab” tazkirasida Farazdaqning quyidagi she’rini zikr qilgan:
اجملي يا اُمَّ عمٍر   زادكِ اللهُ جمالا
لا تبيعيني برخصٍ   انَّ في مثلي يغالى

Ziylatlan, ey Ummu Amr
Alloh chiroyingni ziyoda qilsin.
Meni arzimas narsaga sotmagin,
Mening  kabilar qimmat sanalur.
Arablarning bir qancha peshqadam ulamolari uning ijodi borasida bir qancha iqtiboslar keltirganlar:
Yunus ibn Habib: “Agar Farazdaq bo‘lmaganda arab tilining uchdan biri ketardi, agar Farazdaq bo‘lmaganida xalq xabarlarining uchdan biri yo‘qolgan bo‘lardi”.
Abu Ubayda: “Farazdaq to‘qson yil umr ko‘rdi, uning yetmish besh yili shoirlar bilan bellashish, zodagonlarni kinoya qilish, ularni yerga urish edi va undan faqatgina Jarirgina  omon qoldi”.
Abul Faraj Al-Isfahoniy: “Farazdaq , Jarir va Axtol Islom shoirlarining peshqadamlaridan sanaladi. Farazdaqning she’riyatdagi o‘rni shu qadar balandki, hech kim unga biror so‘z bilan yoki uning martabasiga biror vasf bilan ishora qilolmaydi. Chunki xos va om uning ismini taniydi, uning peshqadamligini xabarlar orqali biladi”.

 

“Xadichai Kubro ayol-qizlar madrasasi”  o’qituvchisi: Mahamatxonova.M 
 

Другие новости

IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 284
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 272
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
"Shamoili Muhammadiya" asarining ijtimoiy hayotdagi o'rni haqida
19.05.2023 286
Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiya" kitoblari islom olamida eng ko’p tarqalgan kitoblardan biri hisoblanadi. Ushbu kitob Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shamoillari borasida yozilgan eng ulug‘ va foydali manba hisoblanadi. Imom at-Termiziy...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry