01.04.2022
298

Alloh taolo makondan o'rin olishdan oliydir (behojatdir)

Alloh taolo bandalarini O'zigagina ibodat etishga va U zotga biror sherik keltirmaslikka buyurgan. Qur'oni Karimda O'zining go'zal ismlari va komil sifatlari borligini bayon qilib, mana shu ismlar va sifatlarni yaxshi bilib olishga undagan. Har bir mo'min musulmon uchun- Alloh taolo Zotida ham, sifatlari va ismlarida ham O'zi yaratgan maxluqotlariga aslo o'xshamasligiga, va maxluqotlarning sifatlari bilan sifatlanmasligiga jazm ila iymon keltirmoqligi vojib bo'ladi. Alloh taoloning barcha sifatlari zotida qoim bo'lgan azaliy va abadiy sifatlaridir. Alloh taolo mavjuddir va bor bolishligida biror narsaga muhtoj emas, chunki barcha narsalar Alloh taoloning yaratishi bilan bor bo'ladi, barcha narsa U zotga muhtoj boladi. Qanday qilib barcha narsalarning Yaratuvchisi, Vujudga keltiruvchisi bo'lgan Zot boshqa birovga muhtoj bo'lsin!!! 

 Kimda kim Alloh taoloning sifatlarini maxluqotlarining sifatlariga o'xshatsa, U zotga «muhtojlik» nisbatini berib qo'ygan bo'ladi. Muhtojlik esa Alloh taolo uchun muholdir. Alloh taoloning Zotiga noloyiq bo'lgan bunday botil gaplarni aytishlik U zotning ism va sifatlarini to'g'ri anglab yetmaslikdan kelib chiqadi. 

E'tibor beradigan bo'lsak, sahobai kiromlar davrida Alloh taoloning sifatlari Kitob va Sunnatda kelganidan ortiqcha baxs qilinmagan, bu borada faqat aqlning o'zi bilan munozara qilinmagan. Keyinchalik Islom ummati va musulmonlar soni ortishi, va turli aqida va urf odat egalari bo' lgan insonlarning musulmon bo'lishi ortidan Alloh taoloning sifatlari to'g'risida noto'g'ri tushunchalar paydo bo'la boshlagan. Bu noto'g'ri e'tiqoddagi insonlar keyinchalik karromiya, mo'tazila, mushabbixa va najjoriya kabi firqalarga asos solishgan. Bu firqalar e'tiqodda adashib zalolatga botishgan. Ularning ana shunday botil da'volaridan biri «Alloh taologa makon nisbatini berish bo'lgan». Ularning bu noto'g'ri qarashlariga Ahli Sunna val jamoa ulamolari raddilar berishgan. 

Karromiya va Mushabbiha firqalari: «Alloh taolo Arshda»-  deyishgan.

Najjoriya firqasi: «Alloh taolo barcha makonda» -deyishgan .

Ahli sunna val jamoa: «Alloh taolo biror makondan o'rin olishdan holidir» - deyishgan. 

         Qur'oni Karim oyatlari va hadisi shariflar chuqur tahlil qilinganda ushbu  firqalarning fikrlari botil ekanligi namoyon bo'ladi. Ushbu nobakor toifalarning botil qarashlariga  ko'plab ulamolarimiz o'z asarlarida raddiyalar berganlar. 

Sirojiddin O'shiy hazratlari o'zlarining «Bad'ul amoliy» asarlarida shunday deydilar:

نسمي الله شيئا لا كالأشيأء 

و ذاتا عن جهات الست خالي

Ya'ni: Alloh taoloni boshqa «shay»lar kabi bo'lmagan «shay» deb ataymiz, va olti tarafdan holi bo'lgan Zot deymiz. Alloh Taolo biror narsaga o'xshamaydi va U Zot olti jihatdan- yuqori, past, old, orqa, o'ng va chap tomonlardan o'rin olishdan va ushbu jihatlar U Zotga nisbat berilishidan oliydir. 

Mashhur vatandoshimiz Umar Nasafiy ra «Aqoidun Nasafiyda» bu haqida quyidagicha yozgan: «U zot biror makondan o'rin olmaydi». Ya' ni biror makondan o'rin olish boshqa makonga nisbatan uzoqda bo'lish hisoblanadi. Bir – biridan uzoq yoki yaqin masofada bo'lishlik jismlarning xususiyatlaridir. O'ng, chap, tepa past oldi orqa tomonlarning birortasi Alloh taoloni o'z ichiga qamrab ololmaydi.  Chunki borliqdagi barcha narsalarni, juhatlarni ham Alloh taolo yo'qdan bor qilgan. Yo'qdan bor bo'lgan narsa, o'zini  yaratgan Zotni o'z ichiga ololmaydi. Alloh taolo bunday nuqsonlar bilan sifatlanishdan pokdir. 

Shuningdek Imom Taxoviy  «Aqidatut  Taxoviy  kitobida  shunday deydilar: «Boshqa maxluqotlarni qamrab olganidek  olti jihat Alloh taoloni qamrab olmagan». Chunki Alloh taolo O'zini biror narsaga o'xshashlikdan nafiy qilgan. 

Shuro surasining 11-oyatida: « Uning mislidek biror narsa yo'q» deb marhamat qiladi. Mana shu oyat Alloh taoloning biror narsaga o'xshamasligiga dalil bo'ladi. Alloh taoloni biror makonda deyishlikda U zotni maxluqotlariga o'xshatib qo'yishlik bordir. Bir makondan  o'rin olishlik o'sha makonga muhtoj degan narsani keltirib chiqaradi. Jihatlar va makonlar bu olamning bir bo'lagidir, Alloh taolo bu olamdan ham uning juzlaridan ham behojatdir. Zikr qilingan olti jihat hodis bo'lib, u hodis bo'lgan olamning sifatlaridandir. Alloh taolo esa qadimdir. U zot biror o'rin yoki biror makon va jihatlar bo'lmaganda ham bor edi. 

Ahli sunna val jamoa va mazkur adashgan firqalar orasidagi farq «Alloh taolo makondan holi deb e'tiqod qilish lozimligida bo'ldi. 

Shunga ko'ra, agar mazkur firqalarning gaplari ta'vil qilib bo'lmaydigan darajada ochiq oydin aytilsa, masalan «Alloh osmonda joylashgan» yoki «Arsh ustida o'rnashgan»deyilsa, Alloh taologa nuqsonni nisbat berish deb qaraladi. Alloh taologa nuqsonni nisbat berishlikni esa ulamolar kufr sanashgan. 

Ulamolarimiz nazdida eng to'g'ri yo'l shuki, Kitob va Sunnatda kelgan bizning amalimizga aloqasi bo'lmagan narsalarda uning kayfiyatiga kirishmaslik va uning asliga iymon keltirishlik lozim bo'ladi. 

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus 

islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi Sh.Uraimova

 

 

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 170
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 184
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry