05.01.2024
65

SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI

#Raddiya 
#soxta_tariqatlar

Islom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na dunyodan va na oxiratdan ta'ma borligi g'oyasining mohiyati buzilib, turli marosimbozlik, pirparastlik, «murid ovlash(qo'shtirmoq ichidagi «murid ovi), turli diniy marosimlarda oʻzlarini alohida shaxs ekanliklarini namoyon qilish va shu bilan obro', boylik oʻrttirish maqsad bo'lib qolgan.Bu toifalar tasavvufning komil inson yetishtirish g'oyasini e'tibordan chetda qoldirganlar.Shu sababli tasavvufshunos olimlar tomonidan bunday toifalarni mumtoz tasavvuf namoyandalaridan farqlay bilish, ularni boshqa turli oqimlardan ajratib koʻrsatish maqsadida «tariqatchilar» atamasi iste'molga kiritildi. Ularning asl maqsadlari ochib berildi va din ulamolarining tanqidiga uchradi.
Soxta tariqatchilik tarafdorlari dunyoviy ilmlarni inson hayotida shart emas, ayniqsa, qiz bolalarning ta'lim olishlariga to'sqinlik qilish kabi hukmlar chiqaradilar. Asrimizning boshlarida respublikamizning turli mintaqalarida faoliyat yuritgan tariqatchilar orasida bir qancha  noan'anaviy amallar kuzatilgan.Masalan:
-pirga qo'l berganning oldingi gunohlari kechiriladi qazo boʻlgan (oʻqilmagan) namozlari zimmasidan soqi boʻladi, deb bilish;

-o'z tariqatidagilardan boshqa kishilarning to`yma rakalariga bormaslik;

-pirning qoʻli tekkan suvni tabarruk deb bilib iste'mol qilish,

Mazkur guruhlarning bunday noan'anaviy amallari islom dini ta'limotiga va an'analariga mutlaqo ziddir. Shuning uchun ham hozirda oʻzlarini ta riqatchilar deb da'vo qilayotganlar avvalo an'anaviy tariqat asoslarini qo'pol tarzda buzayotganliklari, qolaversa, shariat koʻrsatmalariga ham amal qilmayot ganliklari nam namoyon bo'lmoqda. Tasavvuf deganda, oila, tirikchilik, mas'uliyatni unu- tib, tarkidunyo qilish tushunilmaydi.Baʼzi kishilar tariqatga kirganlarini pesh qilib, tashqi qiyofa va marosimlarga katta ahamiyat beradilar, ammo oilalari, farzandlari oldidagi majburiyatlarini unutib qo'yadilar. Ular oʻzlaricha Allohga tavakkal qilib, oilasining ta'minotidan voz kechmoqdalar, pir xizmatini oila oldidagi vojib mas'uliyatdan ustun qo'ymoqdalar.

Shu yo'l bilan, tasavvufning asl mohiyatini anglamagan va haqiqatidan bexabar qolganlar haqiqiy tariqat ahliga ham, tasavvuf nomiga ham dog' tushirmoqdalar.Bu kabi tariqatchilar tomonidan shariat talablarining notoʻgʻri talqin qilinishi, an'anaviy islom tamoyillariga zid boʻlgan qoidalar ishlab chiqilishi odamlar o'rtasida noroziliklarga sabab boʻlmoqda.
Bundan tashqari ayrim tariqatchilar so'fiy tabobati, so'fiy gimnastikasi, so'fiy jang san'ati kabi markazlarni ochib, shu orqali odamlarning e'tiborini jalb qilish usullaridan ham foydalanishmoqda. Bunday tariqatchilar tomonidan islom asoslarining buzib talqin qilinishi, turli ta'limotlar va amaliyotlarining tasavvufga oid, deb targ'ib etilishi, islom diniga aloqasi boʻlmagan turli yot g'oyalarning shakllanishiga sabab bo'moqda.
     Tasavvuf esa bunday noto'g'ri fikrlarga qarshi bo'lgan, kishilar orasida tenglik, birodarlik, ijtimoiy adolat, jamiyatga manfaatli mehnat faoliyati bilan mashg'ul bo'lishni targ'ib etgan. Masalan, Bahouddin Naqshbandning «Dil ba Yoru dast ba kor» hikmati asrlar osha o'zining mazmunini yo'qotmagan.Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta'limotga aylanib, islom o'lkalariga keng yoyilishi kishilar hayotida muhim voqelikka aylangan.Mumtoz tasavvufga xos go'zal axloq, yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirish, komil inson, nafs tarbiyasi, vatanparvarlik kabi gʻoyalar xalqimizning asrlar davomida takomiliga yetib borgan ma'naviy boyligini tashkil etadi. Hozirgi sharoitda ham tasavvufning ana shunday xususiyatlarini ko'rsatib berish kishilarni turli asossiz g'oyalar va maslaklarga adashib kirib qoli- shining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Tayyorladi: Absattorova Sabina
Ma'sul ustoz: Gulrux Mansur

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 59
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 69
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Alloh taolo osmondami?
31.12.2023 76
Alloh subhonahu va taolo yaratilgan narsalardan birortasiga o‘xshamaydi! Yaratilishi mumkin bo‘lgan narsalar Alloh taologa o‘xshamaydi! Alloh taoloning zoti o‘xshamaganidan keyin, uning sifatlari ham yaratilgan yaralmishlarning birorta sifatlariga o‘xshamaydi! Mana shu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry