Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi. Lekin insonlarda ushbu masala to'g'risida ham bir necha xato tushunchalar bor;Ba'zi insonlar bu aqidani avval boshidanoq inkor qiladilar. Chunki ular bunday e'tiqod qilish tadbir qilishni bekorga chiqaradi va bu esa tanazzulga yuz tutish va behimmat bo'lishni asosidir deb o'ylaydilar. Lekin bunday o'ylashninh o'zi xatodir. Shunga ko'ra kimki tadbirni botil va behuda ish deb o'ylasa, bu uning noto'g'ri tushinishi bo'lib, bunday noto'g'ri tushunishga ushbu aqida mas'ul emas.Zero, shar'iy ko'rsatmalarning birortasida ham tadbir qo'llashni botil deyilmagan.Balki ko'plab naqliy hujjatlarda say harakatlar qilish va intilish lozimligi, yashash uchun kasbu kor qilish, safarga chiqishda zarur narsalarni olish,zararlarni va dushman hiylalarini daf qilish uchun tadbirlar qo'llash kerak ekanligi ochiq bayon qilingan. «Nabiy sollallohu alayhi va sallam bir kishining zarariga hukm chiqardilar. Shunda haligi kishi «Hasbiyallohu va ni'mal vakiyl» ,dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam : ( Alloh zaiflik qilgan kimsani malomat qiladi. Senga ehtiyotkorlik lozim. Agar senga biror ish g'olib kelsa: «Hasbiyallohu va ni'mal vakiyl» degin dedilar.
Tayyorladi: Hasanova Obida
Mas'ul ustoz: Axmedova Muattar