04.04.2022
284

Insonlar o’z qilmishlarining qurboni bo’ladilar yoxud isrofning oqibatlari

 

      “ Isrof” so’zi arab tilida “ chegaradan chiqish” va “ bir narsani qasddan unutish” degan ma’noni anglatadi.  Bu so’zni moddiy yoki ma’naviy maqsadda ishlatish mumkin.  Qur’oni Karimda ham Alloh taolo isrofning ushbu turlari, ulardan chetlanish, isrofgarlikning oqibatlari haqida ko’plab oyatlar nozil qilib, bandalarini ularning oqibatlaridan ibrat olishga buyuradi.  Islom dini–mo’tadillik dinidir. Shuningdek, musulmonlarga barcha narsani meyorida qo’llash tavsiya etiladi. Biror narsani sarflashda juda oshirib ham yuborilmaydi va aksincha, juda yo’q darajaga ham tushirib yuborilmaydi. Isrofning oxiratdagi oqibati alamli jazo va shiddatli azob bo’ladi.                                                                                                                  Alloh taolo Voqea surasida shunday marhamat qiladi:

وَأَصْحَابُ الشِّمَالِ مَا أَصْحَابُ الشِّمَالِ فِي سَمُومٍ وَحَمِيمٍ 

“Va chap taraf sohiblari… Chap taraf sohiblari nedir?! Samum va qaynoq suvdadirlar”.

Olovli shamol – samum kishining badanini tashqaridan teshib o’tuvchi shamoldir.

Qaynoq suv - hamim do’zaxiylarning badanini ichidan teshadi. Chap taraf egalari mana shular ichida doimiy azobda bo’ladilar.

وَظِلٍّ مِنْ يَحْمُومٍ لَا بَارِدٍ وَلَا كَرِيمٍ

“Qop-qora tutun soyasidadirlar… Na salqin emas va na foydali”.

Avvalgi oyatlarda ta’kidlanganidek, jannatiylar “yoyilgan soya” da rohatlanadilar. Jahannam ahli esa do’zaxning salqini yo’q, foyda bermas qop-qora tutuni soyasida, azoblariga azob qo’shilib, jazolanar ekanlar. Ularning bu ulkan azobga duchor bo’lishlarining sababi nima?

إِنَّهُمْ كَانُوا قَبْلَ ذَلِكَ مُتْرَفِينَ

“Albatta, ular bundan oldin maishatparast edilar”.

Ya’ni ular dunyo lazzatining ortidan ergashib, iymonni, diyonatni unutgan, maishatparast, isrof qiluvchi toifadan bo’lgan edilar.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu dedilar: “Taom va ichimlikda qorin bandasi bo’lmanglar. Albatta, bu jasadni buzuvchidir, kasalni keltiruvchidir, namozdan qoldiruvchidir. Sizlar bu ikki narsada tejamkor bo’linglar. Tejamkorlik jasad uchun foydalidir, isrofdan uzoqdir”.

Fazilatli shayx hazratlari o’zlarining “Isrof” nomli kitoblarida uning quyidagi zararlarini ham sanab o’tganlar:

 -Isrof Allohning g’azabini jalb qiladi;

- Isrof iymonning mukamalligiga xilofdir;

- Isrof buzg’unchilikda shaytonga o’xshashdir;

- Isrof mol-u mulkni zoye qilib faqirlikka yuz tutishdir;

- Isrof foydasiz zoye bo’lgan narsaga hasrat va nadomatdir;

- Isrof jamiyatga boshboshdoqlik, jiddiylikdan va jiddu jahddan uzoqlik keltiradi;

- Isrof jamiyatni boshqalarga boqimanda bo’lishiga va o’z vazifasini bajarishidan ojiz qolishiga olib keladi;

- Isrof shaytonga itoat, Rahmonga ma’siyatdir;

- Isrof jannatdan uzoqlashtirib jahannamga yaqinlashtiradi;

- Isrofchi shaytonning birodaridir;

- Isrof johiliyatga va uning qabih odatlariga qaytishdir;

- Isrof jirkanch faxrlanishdir;

- Isrof molu mulkka talofat yetkazish va uni zoye qilishdir;

- Isrof o’z egasini kambag’allikka olib boradi;

- Isrof o’z egasini xalq oldida xor qiladi;

- Isrofchi hiqdu hasadga giriftor bo’ladi;

- Isrof havoyi nafsga ergashishdir;

- Isrof haqdan uzoqlikdir;

      Isrofgarchilikning oxiri nadomat bilan tugaydi, halokat bilan yakunlanadi. Isrofgar qanchalik boy bo‘lmasin, oqibatda baribir kambag‘alga aylanadi. Shamini kunduzi yondirgan odamning tuni qorong‘u bo‘ladi. Pulini, molini, boshqa ne’matlarni xor qilgan kishi og‘ir kunda o‘zi ham xor bo‘ladi. 

    Jadid ulamolardan bo’lmish Mahmudxo’ja Behbudiy o’zining “Bizni kemirguvchi illatlar” nomli maqolasida ham isrof haqida quyidagilarni aytadi: ” Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoinki, sil va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh, bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz — turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgon va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalataturgon to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman...Samarqandda bir mahalla borki, aksar xalqi faqru zaruratdan, to‘g‘risi, aql noqisligidan havlilarini pulg‘a qiziqib yahudiylarg‘a sotgan uchun mahallag‘a oz musulmon qoldi. Mahalla maktabi yo‘q bo‘ldi. Masjidi-da yaqinda yo‘qolur. Mana, bizni aqlsizligimizni oxiri va isroflarimizni xotimasi dinimizg‘a futur kelmoqig‘a sabab bo‘lur. Din uchun, masjid va maktab uchun aqcha, sarvat, davlat, somon kerakdur. To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va-din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur.”

     Bundan ko’rinadiki, xalqimizga tobora singib ketayotgan bu illat, o’sha vaqtlarda ham dolzarb mavzulardan bo’lgan ekan. Ta’kidlash joizki, tarixga nazar tashlansa, balo-yu ofatga uchrab halok bo’lgan qavmlar o’z qilmishlarining ya’ni, haddan oshishlari, isroflarining qurboni bo’lganlarini ko’rish mumkin. Shunday ekan, bu holatlar yana takrorlanmasidan, ofatlar  ommatan kelib, xo’l-u quruq baravar yonmasidan avval, nafaqat dunyoyimiz, balki oxiratimiz uchun, ayniqsa biz—diniy  soha vakillari bu borada ko’proq tashviqot ishlarini olib borishimiz bo’ynimizdagi burchimiz hisoblanar ekan. 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus

 islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Xo’jayor Amina

Другие новости

Missionerlik xatarli illat
20.06.2022 306
Missionerlik (lotinchada “missio”, “yuborish”, “vazifa topshirish”) muayyan din, konfessiya yoki sekta vakillarining o’z dini ta’limotini targ’ib qilish va tarqatishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. “Missionerlik” belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va...
Подробнее
Buxoro – Islom madaniyati poyaxti
16.01.2022 410
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman.Sh.MirziyoyevO’zbekistonning islom olami va uni boyitish yo’lida amalga oshirgan turli izlanishlari va xizmatlari bois ona yurtimiz shaharlari ikkinchi bor...
Подробнее
Shariat nima?
16.01.2022 287
“Shariat” Islom dini hukmlari to‘plami, Alloh taoloning buyruqlari, qaytariqlari majmuidir.Avval o‘tgan payg‘ambarlar da’vat qilgan din – Islomning asosi bir xil bo‘lsa-da, ularning shariati, etkazgan hukmlari turlicha edi. Shuning uchun bir...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry