20.06.2022
306

Missionerlik xatarli illat

 

 Missionerlik (lotinchada “missio”, “yuborish”, “vazifa topshirish”) muayyan din, konfessiya yoki sekta vakillarining o’z dini ta’limotini targ’ib qilish va tarqatishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. “Missionerlik” belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. Missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’noni anglatadi, o’zi e’tiqod qiluvchi diniy ta’limotni o’zga din vakillari ichida tarqatish bilan shug’ullanuvchi shaxs.  Missionerlik deyarli barcha dinlarda uchraydi. Lekin asosan Xristian dinida keng tarqalgan. Misol qilib Iyegova shohidlarini, protestantlarni, baptistlarni keltirsak bo’ladi. Bugungi kunda u yoki bu dinni bayroq qilib dunyoviy tartibotga qarshi yo`naltirilgan radikal harakatlarga qarshi kurash olib borish ko`p qirrali benihoya ziddiyatli fenomen ekanligini inobatga olish zarur. Zero, jahondagi yetakchi davlatlar missionerlik harakatlarini yo`naltirish orqali iqtisodiy yordam berish bahonasida aksariyat holatlarda o`zlarining siyosiy shartlarini bajarishga majbur qilish holatlari kuzatilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan zaif davlatlarga “beg`araz” yordam ko`rsatish orqali o`z siyosiy ta`sir doirasiga olish holatlari tobora oydinlashmoqda. Xususan, diniy vositalar orqali o`zga davlatlarning ichki ishlarga aralashish bilan bir qatorda, kuchli davlatlarning kuchsiz davlatlarga nisbatan siyosiy bosimini tajovuzkorlik harakatlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, jahondagi yetakchi davlatlarning dunyo zaxiralarini egallash va nazorat qilishda mafkuraviy hujum quroli sifatida missionerlikdan foydalanayotganligi kuzatilmoqda. Bugungi kunda missionerlik natijasida ayrim mamlakatlardagi davlat suvereniteti, konstitutsion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash va ta`minlash holatlari namoyon bo`lmoqda.                                                                                     Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida inson qalbi va ongini zabt etishga bo`lgan harakatlar tobora kuchaymoqda. Zero, global miqyosda g`oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo`layotgan missionerlikning kuchayishi dunyo jamoatchiligi ongi, ruhiyati va ma`naviyatiga jiddiy ta`sir o`tkazmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Barchamizga yaxshi ma`lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o`zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda”,-deya ta`kidlagani bejiz emas. Zero, bugungi kunda missionerlik zamirida taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarning davlat suvereniteti, konstitutsion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash, mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi kuzatish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda ma’qullangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 5-moddasiga ko’ra, mamlakatimiz hududida missionerlik va prozelitizm ta’qiqlangan.                                                                  Bugungi tahlikali vaziyatga baho berar ekanmiz, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning ko‘lami kengayib, geosiyosiy raqobatning oshib borayotgani, g‘oyaviy-mafkuraviy ekspansiyaning faollashayotganini ko‘ramiz. Mana shunday murakkab sharoitda mamlakat xavfsizligi va jamiyat barqarorligiga, uning manfaatlariga, millat kelajagiga rahna soladigan har qanday kuchga qarshi kurashish vazifamiz. Xalqimizning aql-zakovati, bukilmas irodasi va salohiyatiga, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib mafkuraviy tarbiya vositasida ogoh, sezgir va hushyor bo‘lish muqaddas burchimizdir          

Xadichai Kubro ayol qizlar o’rta mahsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Sherniyazova Manzura                    

 

 

 

 

Другие новости

Insonlar o’z qilmishlarining qurboni bo’ladilar yoxud isrofning oqibatlari
04.04.2022 284
“ Isrof” so’zi arab tilida “ chegaradan chiqish” va “ bir narsani qasddan unutish” degan ma’noni anglatadi. Bu so’zni moddiy yoki ma’naviy maqsadda ishlatish mumkin. Qur’oni Karimda ham Alloh taolo...
Подробнее
Buxoro – Islom madaniyati poyaxti
16.01.2022 410
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman.Sh.MirziyoyevO’zbekistonning islom olami va uni boyitish yo’lida amalga oshirgan turli izlanishlari va xizmatlari bois ona yurtimiz shaharlari ikkinchi bor...
Подробнее
Shariat nima?
16.01.2022 287
“Shariat” Islom dini hukmlari to‘plami, Alloh taoloning buyruqlari, qaytariqlari majmuidir.Avval o‘tgan payg‘ambarlar da’vat qilgan din – Islomning asosi bir xil bo‘lsa-da, ularning shariati, etkazgan hukmlari turlicha edi. Shuning uchun bir...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry