16.01.2022
346

Shariat nima?

“Shariat” Islom dini hukmlari to‘plami, Alloh taoloning buyruqlari, qaytariqlari majmuidir.

Avval o‘tgan payg‘ambarlar da’vat qilgan din – Islomning asosi bir xil bo‘lsa-da, ularning shariati, etkazgan hukmlari turlicha edi. Shuning uchun bir payg‘ambar olib kelgan shariat hukmlariga keyin kelgan payg‘ambargacha amal qilingan. Muhammad sollallohu alayhi va sallam oxirgi payg‘ambar bo‘lganlari uchun o‘zlaridan oldingi barcha shariat hukmlari bekor qilingan, butun insoniyat faqat shariati muhammadiyaga amal qilishga buyurilgan.

Islom shariati qiyomatgacha davom etadi.

Bu shariat insonlarning baxtli bo‘lishlarini ta’minlaydi. Unda inson hayotining har bir sohasida, har bir bosqichida uchraydigan kattayu kichik masalalar batafsil bayon etilgan. Islom shariati juda keng qamrovlidir. Unda echimi topilmaydigan masalaning o‘zi yo‘q. Zamonlar o‘tib, ilm-fan rivojlanib, hayot tarzi tubdan o‘zgarishi bilan yangi masalalar paydo bo‘lsa-da, Islom ulamolari ma’lum qonun-qoidalarni ishga solib, barcha savollarga qoniqarli javob qaytarishadi.

Insonlar manfaatini ta’minlash, ularni himoya qilish shariatning asosiy maqsadidir. Lekin bu erdagi manfaatdan inson xohish-istagiga mos manfaat emas, shariat qonunlariga to‘g‘ri keladigan haqiqiy manfaati tushuniladi.

Demak, shariat, shar’iy hukmlar deganda, butun olamlar Parvardigori Alloh taolo buyurgan, qaytargan yoki bandalar qilishlariga rozi bo‘lgan ko‘rsatmalar nazarda tutiladi.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta

 maxsus islom ta’lim muassasasi

xodimi M.Saidjalolova

Другие новости

Missionerlik xatarli illat
20.06.2022 361
Missionerlik (lotinchada “missio”, “yuborish”, “vazifa topshirish”) muayyan din, konfessiya yoki sekta vakillarining o’z dini ta’limotini targ’ib qilish va tarqatishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. “Missionerlik” belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va...
Подробнее
Insonlar o’z qilmishlarining qurboni bo’ladilar yoxud isrofning oqibatlari
04.04.2022 331
“ Isrof” so’zi arab tilida “ chegaradan chiqish” va “ bir narsani qasddan unutish” degan ma’noni anglatadi. Bu so’zni moddiy yoki ma’naviy maqsadda ishlatish mumkin. Qur’oni Karimda ham Alloh taolo...
Подробнее
Buxoro – Islom madaniyati poyaxti
16.01.2022 481
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman.Sh.MirziyoyevO’zbekistonning islom olami va uni boyitish yo’lida amalga oshirgan turli izlanishlari va xizmatlari bois ona yurtimiz shaharlari ikkinchi bor...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry