15.04.2022
480

Mo’jiza nima?

Alloh taolo insoniyatga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, ularga haqiqiy hidoyat yo‘lini bayon qilish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Payg‘ambarlarga esa ularni ikrom qilish, ularga ergashgan mo’minlarning iymonlarini yanada ziyoda qilish hamda haqiqatda payg’ambar ekanliklarini isbotlash uchun turli mo‘jizalar bergan. Quyida mana shu mo‘jizalar haqida -  uning ta’rifi, payg’ambarlarga berilgan mo’jizalar  haqida  to‘xtalib o‘tamiz. 

“Mo‘zija” so’zi lug‘atda “ojiz qoldiruvchi” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni boshqa bandalar bu ishni qilishdan ojiz qoladilar.

Istilohda esa Alloh taolo O‘z payg‘ambarlariga ularning payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlash uchun bergan, odatdan tashqari, boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ish “mo‘jiza” deyiladi.

Shayx Az-Zarqoniy o’zining “Manahilul irfon” kitobida mo‘jizani quyidagicha ta’riflaydi:

"المعجزة هي أمر خارق للعادة خارج عن حدود الاأسباب المعروفة يخلقها الله تعالى على يد مدعيا لنبوة عند دعواه اياها شاهدا على صدقه"

Ya’ni: “Mo‘jiza - odatdan tashqari, ma‘lum sabablar chegarasidan chiqqan ish bo‘lib, Alloh taolo uni payg‘ambarlikni da‘vo qiluvchining qo’lida unga (nubuvvatga) chaqirish vaqtida uning (payg‘ambarning) rostgo‘yligiga guvohlik beruvchi sifatida yaratadi.”

Odatda biror payg‘ambar yuborilsa, kofirlar uni inkor qilishar, agar rostgo‘y bo‘lsalar, ularning payg‘ambarliklarini isbotlovchi, tasdiqlovchi mo‘jiza keltirishini talab qilishar edi. Alloh taolo Payg‘ambarlarning haqligini tasdiqlash, kofirlarni ojiz qoldirish, mo‘minlarning iymonini yanada mustahkamlash uchun ularga mo‘jizalar bergan. Agar Qur’oni karimga murojaat qilsak mo’jizaga ko’plab misollarni ko’rishimiz mumkin. Misol uchun :

-Solih alayhissalomning mo‘jiza o‘laroq oddiy bir toshdan chiqarilgan tuyasi;

“Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir” ( A‘rof, 73)

-Ibrohim alayhissalomning olovda omon qolishi;

“Biz aytdik: “Ey olov! Ibrohimga salqin va omonlik bo‘l!”(Anbiyo, 69)

-Iso alayhissalomning beshikda, go‘dak bo‘la turib gapirganlari, loydan qush yasab, unga puflaganida unga jon kirib, haqiqiy qushga aylangani, tuzalmas kasallarni davolaganlari, o‘liklarni chiqarganliklari va boshqalar; 

 “Alloh: “Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan ne’matimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qo‘llaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni o‘rgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush boʻlganini, Mening iznim ila tugʻma koʻrni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila oʻliklarni chiqarganingni esla…” deganini yod et!”( Moida, 110)

-Dovud alayhissalomga qushlar va tog’lar bo’ysundirilishi va temirning yumshoq qilinishi;

“Batahqiq, Biz Dovudga Oʻzimizda fazl berdik. “Ey togʻlar va qushlar, u bilan birga (tasbih) aytinglar ”, (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.” (Saba, 10)

-Sulaymon alayhissalomga shamol va  jinlarning bo’ysundirilishi, hayvonlarning tilini tushunishi;

“Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yoʻl edi. Unga mis bulogʻini oqizib qo‘ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi” ( Saba, 12-13 )

Bu misollarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Endi esa Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga berilgan mo’jizalar haqida to’xtalib o’tamiz. U Zotda berilgan mo’jizalarning eng kattasi Qur’oni Karimdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

         “Anbiyolar ichida birorta nabiy yo‘qki, unga odamlar iymon keltirganlari mislicha (mo‘jizalar) ato etilmagan bo‘lsa. Menga berilgani esa Alloh menga vahiy qilgan vahiydir. Umid qilamanki, men qiyomat kuni ularning ichida tobesi eng ko‘pi bo‘laman”.

Bundan tashqari U zotning yana ko’plab mo’jizalari bo’lib, ulardan oyning yorilishi, Isro hodisasi kabilari mashhur hamda  Qur’on oyatlari bilan sobit bo’lgan. Bulardan tashqari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga juda ko‘plab mo‘jizalar ato qilingan. Bu mo‘jizalar haqida siyrat kitoblarida yetarlicha ma‘lumotlar keltirilgan. Bu mavzuga oid ko‘plab kitoblar yozilgan. Biz bu mo‘jizalarni eslab o‘tish bilangina cheklanamiz:

         -U zotning panjalari orasidan suv chiqishi;

         - U zotning barakalari ila oz suvning ko‘payishi;

         - Oz taomning qavmga yetib, ortib qoladigan darajada barakali bo‘lishi;

         - U zotning huzurlarida taomning tasbeh aytishi;

         - Xurmo shoxining u zotga zorlanishi;

         - Daraxtning u zotga bo‘ysunishi va boshqalar...

Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirishimiz mumkin. Shayx Usmonxon Alimov o‘zining “ Rosululloh (salollohu alayhi va sallam) mo‘jizalari” nomli kitobida bunday mo‘jizalarning 372 tasini keltirganlar hamda bu mo‘jizalarni oyat va hadislar bilan quvvatlaganlar.

         Biz bandalar dalillar bilan sobit bo’lgan barcha mo’jizalarga iymon keltirishimiz vojibdir. Bu masalaning aqida ilmiga kirishiga asosan aqlga tayangan holda bundan ishlarning vujudga kelishiga ishonmay , noto‘g‘ri e’tiqodga borgan turli toifalar sabab bo‘lgan. Oramizda haligacha biror mo‘jiza yoki g‘ayriodatiy biror karomat haqida eshitganida bu haqida biror ilmi mavjud emasligi yoki boshqa sabablar tufayli uning mavjud bo‘lishiga ishonmay, shubha ila qarovchilar topiladi. Alloh taolo esa har narsaga qodir. Xohlagan Payg‘ambariga mo‘jiza beradi, xohlagan bandasini  karomatlar ila ne‘matlantirib qo‘yadi. Bundan tashqari bu haqida Alloh taoloning O’zi Qur’oni Karimda  xabar bergan. Boshqa oyatlar qatori bu mavzuga aloqador oyatlarga ham iymon keltirishimiz vojibdir.  

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 

3-kurs talabasi Saydillayeva Jannatoy

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 170
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 184
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry