Vasila qilish haqidagi ra'ylar
Imom Muhammad Said Ramazon Butiy hazratlari sohta salafiylarning bu tog'risidagi iddaolari haqida shunday deydilar: "Bugungi kunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga ko'rnamaklik qilishlikdan iborat yangidan-yangi gʻalati uydirmalarni to'qib chiqarayotgan anavilarga hayron qolaman. Ular oʻzlari to'qib chiqarayotgan uydirmalarida "Rosulullohni vasiyla qilish shirk" - deydilar. Ularga ergashib yana biri "Rosulullohning sunnatiga ergashish shirk, tavhid - birgina vahiyning oʻziga iymon keltirishdan iborat, u ham boʻlsa Qurʼondir, agar Qur'on vahiysiga sunnat vahiysini sherik qilsang, bu xatarli shirklarning turlaridan biri boʻladi" - deydilar. Biz bu soʻzlarni yozgan odamlarning oʻzlariga oqib berdik. Men ishonamanki ushbu uydirmalarini toʻqiyotganlar bu rangni koʻrnamaklik va iymonsizlikdan olganlar, ularni bunga undagi narsa ana shudir. Agar Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni vasila qilish shirk bolsa, u kishining sunnatlariga ergashish ham shirk bo'lib qoladi, vaholangki voqelikda Rulloh sollallohi alayhi vasallamning sunnatlariga ergashish Alloh taolodan buyurilgan buyruq asosida kelgan. Alloh taolo aytadi: "Kim paygʻambariga itoat qilsa Allohga itoat qilgan boʻladi" (Niso surasi 80-oyat). Umuman olganda vasiyla ham shunday, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni vasila qilishlik ham Alloh taolo tomonidan kelgan buyruq asosida bo'lgan, agar U ruxsat bermaganida va balki Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni vasila qilishimizni bizga buyurmaganida Uning Oʻzi u kishi bizga g'amxo'rlik qilishi uchun u kishini vasila qilmagan boʻlar edi va balki u kishini qiyomat kunida ulug' shafoat egasi ham qilmagan boʻlar edi. Sahiyhaynda kelganidek, odamlarning hammasi boshpana soʻrab paygʻambarlar oldilariga borganlarida ularni paygʻambarlar navbatma-navbat qaytarib, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan boshqa boshpana topa olmagan kunlarida u zotni shafoatchi qilmagan boʻlar edi.
Agar Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga iymon keltirgan bolsangiz bu iymoni oziqlantiradigan sarmoya u zotga boʻlgan muhabbatdir. Ammo Allohning tog'ri yolidan adashish oʻqlari tekkan kimsalardan boʻlgan va Alloh taolo Rosulini bizlarga rahmat vositachisi qilganini bilishdan bosh tortgan kishi oʻzining qalbidagi Rosulullohga boʻlgan muhabbat ildizlarini quritib bolgandir.
Yana shuni aytish kerakki vasiyla qilish salafi solihlar yaʼni sahobalar tobeʼinlar va undan keyingi larning davrlarida ham bolgan. Ular ham vasiyla qilganlar. Bu Mustafo sollallohi alayhi vasallamning sahih hadislarida ham kelgan. Unda shunday deyiladi: "Kimki uyidan masjidga namozga chiqsa va "Allohim men sendan soʻraguvchilarning va yurib borguvchilarning haqqi so'rayman, men gerdayib ham, takabburlik uchun ham, riyo va xo'ja ko'rsin uchun ham chiqqanim yoʻq. Men gʻazabingdan qoʻrqib va roziligingni istab chiqdim, men Sendan do'zaxdan qutqarishingni va gunohimni magʻfirat qilishingni soʻrayman. Zero gunohlarni Sendan oʻzga hech kim kecha olmaydi" - desa Alloh taolo unga yetmish ming farishtani muakkal qilib qo'yadi va ular by kishi uchun istig'for aytadi".
Paygʻambarimiz - "men Sendan soʻraguvchilar haqqi soʻrayman - desa" dedilar, mana shuning oʻzi vasiyla sanaladi.
U zot vafot etganlaridan keyin sayyidimiz Umar roziyallohu anhu davrlarida qurgʻoqchilik boʻlib oʻsha yilni "Kul yili" deb atashdi. Bilol ibn Xoris dan rivoyat qilinadi: " U (Bilol) bir qoʻyni so'ydi, shunda qo'yning tuklarining shiddati-issiqligi uni qoʻrqitib yubordi. Shunda u qo'yni shundayligicha tashladi-da, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari tomonga bordi va Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga salom berib: "Ey Allohning rosuli Robbingizdan ummatingizga yomgʻir yogʻdirishini sorang" - dedi. U Allohdan yomʼgir yog'dirishini soʻrashni Mustafo sollallohi alayhi vasallamdan talab qildi. Keyin u shu kecha u zotni tushida koʻrdi. Tushida u zot unga "albatta serob qilinasizlar, Umarga borib ayt - vaqtni g'animat bilsin" - dedilar.
Ertasi kuni tongda hazrati Umarning oldilariga borib ushbu soʻzlarni aytdi. Hazrati Umar odamlarga xutba o'qib "Bu odam shunday shunday qilibdi keyin tushida Rosulullohni koribdi. U zot unga " Umarga ayt - vaqtni gʻanimat bilib, shunday-shunday qilsin" - debdilar" - deb boʻlgan voqeani aytib berdilar. Shunda adamlar - Rosululloh nimani maqsad qilgan edilar? - deb sorashdi. Shunda u " U zot sen istisqo namoziga chiqib tavba qilishingni nazarda tutgan edilar" - dedi. Umar roziyallohu anhu chiqib istisqo namozini oʻqidilar va "Ey Allohim! Albatta biz Senga paygʻambarimiz ila tavassul qilar edik, Sen bizni serob qilar eding, endi biz Senga u kishining amakilari Abbosni vasiyla qilyapmiz, bizni serob qilgin" dedilar.
Bu yerda ochiq koʻrinib turgan narsa shuki oʻsha inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari oldiga borib u kishidan robbisidan serob qilishini soʻrab duo qilishlarini talab qildi, mana shuning o'zi ham tavassul hisoblanadi. Sayyidimiz Umar roziyallohu anhu ham shu ishni qildilar. Kimdir "Ular tiriklar bilan vasiyla qilganlar" - deyishi ham mumkin, lekin bu - u kishi yomgʻirdan qochib tarnov ostiga keldi yaʼni manfaati koʻproq joyga bordi - deganidir.
Agar Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni tirikliklaridagina vasiyla qilish mumkin, vafotlaridan keyin vasiyla qilishlik to'g'ri bo'lmaydi - deydigan boʻlsak, bu gap huddiki, u zot vafot etganlaridan keyin u kishining hayotlari bizdan tamomila uzildi, biz bilan bog'lanishlari tamomila tugadi - degandek bo'lib qoladi. Bu esa to'g'ri emas.
Alloh taolo o'z kalomida: "Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni oʻliklar demanglar balki ular tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar" - degan. Endi oʻylab koʻring qaysi birlarining darajalari Alloh huzurida yuqoriroq, shahidlarning darajasimi yoki rasululloh sollallohi alayhi vasallamning darajalarimi?! Albatta Rosululloh sollallohu alayhi va sallam hamma shahidlardan ko'ra, hamma ummatdan, hamma inson zotidan koʻra azizroq va sharafliroqdirlar. Va bu qiyomatgacha shundaydir!
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus
islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Nasimxonova Kamola