23.04.2022
265

Latiyf maxluqotlar

 

Butun mavjudotning yagona yaratuvchisi bo’lgan, bizga ko’rinar – ko’rinmas mavjudotlarni yo’qdan bor qilgan Alloh taologa hamd va sanolar bo’lsin. U Zotni tanishda bizga tom ma’noda ustoz bo’lgan, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam salovat-u durudlar bo’lsin.

Iymon ruknlaridan biri hisoblanib, e’tiqod qilishimiz zarur bo’lgan narsalardan biri  bu - farishtalar olami. Farishtalar shunday bir jonzotlarki, ular latif, nuroniy, turli xil chiroyli suratlar bilan shakllanishga qodir bo’lgan zotlardir. Ular yemaydilar, ichmaydilar, nasl qoldirmaydilar, erkaklik va ayollik bilan sifatlanmaydilar. Farishtalarda toat va osiylik o’rtasida tanlash ixtiyori mavjud emas. Balki, ularning tabiatida har doim Allohning toatida bo’lish yuklatilgan. Ulardan hech qachon osiylik sodir bo’lmaydi. Alloh taolo ularni sifatlarida shunday deb aytadi: “Ey, iymon keltirganlar! O’zlaringizni va ahli ayollaringizni yoqilg’isi odamlar va toshdan bo’lgan olovdan saqlaninglar. Unda qo’pol, qattiqqo’l farishtalar bo’lib, ular Allohning amriga itoatsizlik qilishmaydi, faqat buyurilganini bajarishadi”.( Tahrim 6). 

Farishtalarning umumiy vazifalari bor bo’lib, u vazifalar ularni barchasini o’z ichiga oladi. Ular: Alloh taologa ibodat qilish, Uni poklash, Uni ulug’lashdir. Alloh taolo aytadi: “Osmonlardagi va yerdagi hamma narsa Unikidir. Uning huzuridagilar uning ibodatidan orlanishmaydi ham, mag’rurlanishmaydi ham. Ular kecha- yu kunduz charchamay tasbeh aytishadi.  (Anbiyo 19, 20). 

Farishtalarning ba’zilarida esa, ularga xos bo’lgan, juz’iy vazifalar mavjud.  

1. Alloh va Rasullar o’rtasida vositachilik qilish. Bu vazifa Payg’ambarlarga risolatlarni, shar’iyatlarni olib tushishni, Rasullarni qo’llab quvvatlash, ularga yordam berish va ularni yolg’onga chiqaruvchilarga azobni tushirishni o’z ichiga oladi. Bu vazifa Jabroil alayhissalomning vazifasidir. 

2. Bulutlarni haydash va yomg’irlarni yog’dirish. Bu Miykoil alayhissalomning vazifasidir.  

3. Qiyomat kuni Surni puflash. Bu Isrofil alayhissalomning vazifasidir.  U bunday deb Qur’onda ochiq nomlanmagan. Balki, uning  vazifasi (surga puflash) zikr qilingan. Alloh taolo: “Sur chalinganida osmonlaru- yerda kim bo’lsa, behush yiqildi. Alloh xohlaganlargina bundan mustasno. So’ngra u yana bir bor chalinganida ular banogoh turib, qarab turishadi”.(Zumar 68)  

4. Bandalarning amallarini yozish. Bu muhofaza qiluvchi farishtalarni vazifasidir. 

5. Bandalarning jonlarini olish. Bu o’lim farishtasining vazifasidir. Uning nomi Azroil ekanligi aniq sobit bo’lmagan.  

6. Arshni ko’tarib turish. Alloh taolo aytganidek, “ Farishtalar chor atrofda turishadi, o’sha kuni Parvardigor Arshni ulardan sakkiztasi ko’tarib turadi”. (Haqqo 17). 

7. Mo’minlarga istig’for aytish. Bu Arshni ko’taruvchi va uni atrofida turuvchi farishtalarning boshqa bir vazifalaridir. Alloh taolo aytadi: “ Arshni ko’tarib turadiganlar va uning atrofidagilar Parvardigorlariga maqtov bilan tasbex aytishadi, Unga iymon keltirishadi, iymon keltirganlarga mag’firat so’rashadi: “ Parvardigoro, rahmating va ilming bilan hamma narsani qamragansan. Tavba qilib, yo’linga ergashganlarni mag’firat qilgin va ularni do’zax azobidan saqlagin”, (G’ofir 7) 

8. Odam bolalarini yomonliklardan va musibatlardan saqlash. Ya’ni, insonda shunday bir farishtalar borki, ular Allohning buyrug’i bilan insonni yomonliklardan saqlash uchun uning ortidan yuradilar. 

9. Jannat ishlarini boshqarish. Bu Rizvon alayhissalom va uning yordamchilarining vazifasidir.  

10. Do’zax ishlarini boshqarish. Bu Molik alayhissalom va uning yordamchilarining vazifasidir. 

11. Homilalarga vakil qilingan farishta. Uning zikri Nabiy alayhissalomning quyidagi so’zida vorid bo’lgan: “ Sizlarning biringizning paydo bo’lishi  40 kun onasini qornida jamlanadi. So’ngra yana xuddi shuncha paytda alaqa (lahta qon) holatida bo’ladi. So’ngra yana xuddi shuncha paytda muzg’a (parcha go’sht) holatida bo’ladi. So’ngra unga bir farishta yuboriladi. U farishta unga ruh puflaydi va 4 ta kalimani yozishga buyuriladi: u bandaning rizqini, ajalini, amalini, baxtli yoki baxtsiz bo’lishini yozishga buyuriladi”. 

12. Qabrda savol beruvchi farishtalar. Ularning zikri ham Nabiy alayhissalomdan vorid bo’lgan: “Bir banda qabrga qo’yilsa va u bandadan yaqinlari uzoqlashsa, u banda farishtalarning oyoq tovushlarini eshitadi va uning yoniga ikki farishta keladi. Keyin uning yoniga o’tirib, u ikki farishta aytadi: “ Bu kishi ya’ni Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida nima deysan? U aytadi: “ Guvohlik beramanki, U zot Allohning bandasi va Rosulidir”. Shu payt: “Olovdan bo’lgan o’rningga qara. Alloh seni o’rningni jannatdan bo’lgan o’ringga almashtirdi” deyiladi. Nabiy alayhissalom: u ikkisini hamma ko’radi. Ammo kofir va munofiqlar: “ Men uni bilmayman, insonlar nima desalar men ham shuni aytaman” deydi. Unga: “Bilmagansan, o’qimagansan”, deyiladi. So’ngra, temirdan bo’lgan bolg’a bilan ikki qulog’i orasiga qattiq uriladi. U qattiq qichqiradi va uning ovozini yonidagi hamma eshitadi, faqatgina, insonlar va jinlar eshitmaydilar”.

Farishtalarning soni.  

Farishtalar juda ko’p maxluqotlar bo’lib, ularning sonini bilishga bizning aqlimiz yetmaydi. Meroj qissasida keladiki, Nabiy alayhissalom osmonda Baytul Ma’murni ko’rdilar. Bu haqida Jabroil alayhissalomdan so’radilar. Jabroil alayhissalom U zot alayhissalomga aytdilar: “ Bu Baytul Ma’murdir, unda 70 ming farishta har kuni namoz o’qiydi. Agar shu 70 ming farishta undan chiqsalar, unga qaytmaydilar” dedilar. Shunda Nabiy alayhissalom: “ Osmon g’ichirladi va g’ichirlashga haqli edi. Osmonda faqatgina farishta Allohga sajda qilish uchun peshonasini qo’yadigan, 4 barmoqchalik joy bor edi xolos” dedilar.  

Demak, har bir mukallaf bandaga Alloh taoloning bir nechta xurmat qilingan, Uning toatidan bo’sh qolmaydigan, unga tasbeh, sano aytadigan, bizlarni atrofimizni o’rab, hifz qilib turgan va bizga ko’rinmaydigan farishta bandalari bor ekanligiga iymon keltirish va ularning zikri Qur’oni Karimda va sunnatlarda ochiq- oydin keltirilganligiga iymon keltirish vojib bo’ladi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 

3-kurs talabasi Olimjonova Ziroat 

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 63
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 68
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 74
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry