26.04.2022
295

Sunnatga amal qilish Islom shariatining asosidir


Sunnat so’zi arab tilida “siyrat”, “tariqat”, “yo’l” degan ma’noni anglatadi.  “Falonchining  sunnati” deyilganda o’sha odamning tutgan yo’li nazarda tutiladi.
Istilohda  Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan sodir bo’lgan har bir qavl ya’ni so’z, fe’l, va taqrirga sunnat deyiladi. 
Qavliy sunnatga Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi  hadisni keltirishimiz mumkin. 
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Sizdan birortangiz, toki men unga ota-onasidan, bolasidan va odamlarning hammasidan mahbubroq bo’lmagunimcha, mo’min bo’la olmaydi”, dedilar. 
Buxoriy, Muslim va Nasoiy rivoyat qilgan.
Fe’liy sunnat – bu   Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qilgan amallardir. Masalan namoz va hajni ado etishlari va shu kabi boshqa fe’llari. Ushbu hadisi sharif sunnatning fe’liy turiga misol bo’ladi:
Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
“Nabiy sallallohu alayhi vasallam qachon xaloga kirsalar, uzuklarini yechib qo’yar edilar”.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ochiq iqror bo’lgan yoki huzurlarida sodir bo’lganda indamagan, o’z davrida qilinganini bilganlarida uni maqtagan yoki u ishga rozi bo’lgan ishlar, narsalar taqririy sunnat deyiladi. Bunga misol qilib quyidagi hadisni keltirish mumkin:
Abu Sa’id raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Ikki kishi safarga chiqishdi. Namoz vaqti bo’ldi.  Ularning suvi yo’q edi. Pok  tuproq bilan tayammum qilib namoz o’qishdi.  So’ngra vaqt chiqmay turib suv topishdi. Ulardan biri tahorat va namozni qaytardi. Boshqasi qaytarmadi. So’ngra Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning  oldilariga kelib, u zotga bo’lgan narsani zikr qilishdi. U zot qaytarmagan shaxsga: “Sunnatni topibsan. Namozing kifoya qiladi”, dedilar. Tahorat qilib namozini qayta o’qiganga esa: “Senga ikki marta ajr beriladi”, dedilar”. 
Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilgan.  
Dunyodagi hech bir shaxsning hayoti Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotlarichalik aniq, batafsil o’rganilmagan. U zotning har bir aytgan so’zlari, amallari, tarjimai hollari, xalqiy sifatlarini o’rganib amal qilish, har bir shar’iy ishda hadisga murojaat qilish Alloh taologa ibodat qilish, amrlariga itoat qilish bilan barobardir. Chunki  Qur’oni Karim Allohning Payg’ambariga yuborgan lafzi ham ma’nosi ham O’zidan bo’lgan ojiz qoldiruvchi kalomi bo’lsa, hadisi sharif ma’nosi Allohdan, lafzi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan bo’lgan vahiyidir. Rasululloh sallallohu alayi vasallam o’z havoyi nafslaridan gapirmaganlar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:  
“Kim Rasulga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo’lur. Kim yuz o’girsa seni ularga qo’riqchi qilib yuborganimiz yo’q” (Niso surasi, 80-oyat) 
Alloh taolo habibi Muhammad sallallohu alayhi vasallamga itoat qilishlikni O’ziga itoat qilish bilan tenglashtirdi. Demak u zotning sunnatlarini inkor qilishlik yoki tark qilishlik kufr darajasigacha borib yetishi mumkin ekan. 
Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: “Sizlarga ikki narsani qoldirdim. Agar ularni mahkam tutsangiz hech adashmaysiz. Bular Allohning Kitobi va mening Sunnatimdir.” 
Huddi shu ma’nodagi juda ko’p hadislarda Payg’ambarimiz salallohu alayhi vasallam avval Qur’onni, uning ketidan Sunnatni ta’kidlab aytishlaridan Sunnat shariat uchun Qur’ondan keyingi ikkinchi masdar ekanligi tushuniladi. Islomiy ilmlarning har biri Sunnatni Qur’ondan keyingi asos qilib oladi. Masalan fiqh ilmida Sunnatning amalga tegishli bo’lganlari olinadi. Bu ilmda banda bajarishi lozim bo’lgan farz va  vojibdan keyin Sunnat turadi.  Shu sababli sunnatga amal qilishlikka qattiq targ’ib qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ba’zi sunnatlarini doimiy qilganlar va ba’zi hollarda uzrsiz tark qilganlar. Shuning sababidan bu sunnat farz  darajasiga chiqmagan bo’ladi. Uning darajasi vojib yoki sunnati muakkada ya’ni ta’kidlangan sunnat bo’ladi. Vojibni yoki sunnati muakkadani tark qilishlik amallarga nuqson yetkazadi.  
 Usulul fiqh ulamolari esa shar’iy hukmlarga aloqasi bor bo’lgan sunnatlarni olib, fiqhiy qonun-qoidalar asosini ishlab chiqqanlar. Hadislardan hukm olishga ko’ra sunnatni turlarga ajratganlar. Shunga ko’ra hadis orqali sobit bo’lgan hukmlar amal qilish jihatidan vojib, qalbni hotirjam qiluvchi va zonniy ya’ni e’tiqod qilish darajasiga yetmagan turlarga bo’linadi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari keng qamrovli bo’lib, musulmon kishi duch kelishi mumkin bo’lgan hamma savolga javob bo’la oladi.  Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotlari butun insoniyatga ibrat, namunadir. Saodatga erishmoqchi bo’lgan inson u zotga ergashsin. Allohga yetishmoqchi bo’lgan inson u zotning tutgan yo’llarini mahkam ushlasin. Allohning muhabbatiga erishmoqchi bo’lgan inson Allohning habibini yaxshi ko’rsin. Alloh taolo Kitobida aytganidek: 
“Agar Allohni sevsangiz, menga ergashing. Alloh sizni sevadir va sizlarning gunohlaringizni mag’firat qiladir”, deb ayt. Alloh mag’firatlidir, rahmlidir”  (Oli Imron surasi 31-oyat).


Xadichai Kubro ayol-qizlar
islom ta’lim muassasasi
4-kurs talabasi Tojiboyeva Gulnora.
 

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 179
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 284
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 272
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry