28.04.2022
202

Islom aqidasida sahobalarga bo’lgan muhabbat


«Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiladir. Alloh mag‘firatli, rahmli Zotdir», deb marhamat qilgan Alloh taologa o‘z maqomiga mos hamdu sanolar boʻlsin.
  Payg‘ambar alayhissalomning sahobalarini yaxshi ko‘rishlik haqida Imom Taxoviy rohimahulloh aytadilarki: Biz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini yaxshi ko‘ramiz va yaxshi ko‘rishlikda haddan oshmaymiz va ularning birortasidan voz kechmaymiz.
  Sharh: “Ularni yaxshi ko’rishlikka keladigan bo'lsak, Alloh taolo sahobalardan rozi bo‘ldi ular ham Alloh taolodan rozi bo‘ldilar. Alloh taolo ularni Tavrotda Injilda va Furqonda maqtadi va buni Fath surasida nozil qildi: ,,Muhammad Allohning rasulidir, U bilan birga bo‘lganlar kofirlarga shiddatli , o‘zaro rahmdildirlar ularning misollari Tavrotda Injilda va Qur'onda kelgandir" . Ular Allohning haq kalimasini, dinni zohir qilib ko’rsatishlik uchun bor jidd-u jahdlarini sarfladilar, o‘z yurtlaridan Rasulullohga bo‘lgan muhabbatlari sababli hijrat qildilar, U zotga yordam berib, ularning oldida ular bilan birga kurashdilar. Shunday ekan, sahobalarni yaxshi ko‘rishlik bizga vojib bo‘ladi. Abdulloh ibn Muvaffal Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: «Alloh, Alloh, mendan keyin sahobalarim haqida yomon g‘arazda bo‘lmanglar, bas, kim ularni yaxshi ko‘rsa, men ham ularni muhabbatim bilan sevaman, kim ularni yomon ko‘rsa, men ham ularni g‘azabim bilan yomon ko‘raman, kim ularga aziyat yetkazsa, shubhasiz, menga ozor beribdi, kim menga ozor bersa, Allohga ozor beribdi va kim Allohga ozor bersa, Alloh uni tezda ushlaydi», dedilar. Biz ularni yaxshi ko’rishlikda hech birlarida haddan oshmaymiz. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va Usmon roziyallohu anhularni yaxshi ko‘rishlikda tafovut qilmaymiz va barchalarini birdek yaxshi ko‘ramiz. Bir narsada haddan oshishlik fasodni, aksi esa adovatni keltirib chiqaradi. Masalan, rofiziylar (O’rta asrlarda sunniy islom ilohiyotida izchil yo‘ldan chetga chiqqan oqimlar, xususan, shialar (Abu Bakr roziyallohu anhu va Umar roziyallohu anhuning huquqini rad etganlari uchun) “rofiziylar” deb atalgan. Keyinchalik Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuni e’zozlashda haddan oshdilar va hatto uni, ya’ni Ali roziyallohu anhuni Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam va muhojiru ansoriylardan ham ustun qo‘ydilar). Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rishlikda haddan oshdilar. Buni natijasida halifalik Ali roziyallohu anhuga tegishli deb Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon roziyallohu anhumolarni yomon ko'rib qolishdi. Shu bilan birga ular Ali roziyallohu anhuda ilohlikni ya‘ni nubuvvatni da‘vo qiladilar. Ular: “Jabroil alayhissalom vahiyni olib kelishlikda adashgan, aslida Alloh taolo vahiyni Ali roziyallohu anhuga yuborgan edi”,  deyishadi va bu rofiziy ahllaridan tug‘yonga ketgan kishilarning e‘tiqodi hisoblanadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuga aytdilar: "Sizni borangizda ikki toifa kishi halok bo‘ladi dedilar. Biri o‘ta haddan tashqari g‘azab qiluvchi, ikkinchisi esa haddan tashqari yaxshi ko‘ruvchi", dedilar. Haqiqatan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek rofiziylar yaxshi ko‘rishlikda, xavorijlar esa yomon ko‘rishlikda haddan oshib halok bo‘ldilar. Sahobalardan voz kechishlik to‘g‘ri yo‘ldan og’ishlikdir. Bu esa ochiq oydin zalolatdir. Sahobalar to‘g‘ri yo‘lda va  to‘g‘ri dinda bo’lib, ular bilan hidoyatga erishiladi. Chunki Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: " Mening sahobalarim yulduzlar kabidir. Ularning qaysi biriga ergashsangiz to’g’ri yo’lni topasiz", deganlar.
  Imom Taxoviy rohimahulloh: Sahobalarga kim g‘azab qilsa biz ham ularga g‘azab qilamiz. Chunki sahobalarni yomon ko‘rishlik  albatta sahobalarning dinini yomon ko‘rishlikdan kelib chiqadi. Alloh taolo o’z kalomida:"Va sizga Islomni din deb, rozi bo'ldim", (Moida surasi 3-oyat) deydi. Yomon ko‘rishlik e‘tiqod, munofiqlik va fasodning natijasi uchun dalildir. Shunday ekan bizga sahobalarga g‘azab qilgan kishiga g‘azab qilishimiz va ularni nohaq narsa bilan zikr qilgan kishini yomon ko‘rishimiz vojib bo‘ladi. Biz ularning orasida kelib chiqqan narsaga aralashmaymiz va ularning holatlarini ijtihodga yo’yamiz.
  Imom Taxoviy rohimahulloh: Ular haqida faqatgina yaxshi gaplarni gapiramiz. Chunki sahobalar dinning asllaridir, ular borasida yomon gaplarni gapiruvchilar din borasida yomon gaplarni gapiruvchilardur... Ularni yaxshi ko’rish din, iymon va ehsondir.Ulardan nafratlanish kufr, nifoq va tug’yondir. Demak, bularning bari shariatning zaruratlaridan ekanligi ko‘rinib turadi.
  Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini yaxshi ko‘ramiz, lekin ularning muhabbatida haddan oshib, ularning ma’sumligi yoki ilohligiga e’tiqod qilmaymiz – Alloh O’zi saqlasin. – Shiyalarning ayrim toifalari ko‘pchilik sahobalarga va nosiba mazhabidagilar ba’zilariga qilganidek, biz ularning birortalaridan voz kechmaymiz. Sahobalardan nafratlangan, ularni yaxshi bo‘lmagan narsa bilan zikr qilganlarga nafrat izhor qilamiz. Sahobalarni faqat yaxshilik, odob va ulug‘lash bilangina yodga olamiz. Ularni yaxshi ko‘rish din, iymon va ehsondir. Kim ularni yaxshi ko‘rmasa, uning dini ham, iymoni ham, ehsoni ham yo‘qdir. Ulardan nafratlanish kufr, nifoq va tug‘yondir. Bu bilan Imom Taxoviy rohimahulloh rofiza va nosiba mazhablariga raddiya qilmoqdalar. Va bunga dalil qilib ushbu oyatni keltiradilar.
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ ۚ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاءُ بَيْنَهُمْ ۖ تَرَاهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا ۖ سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِمْ مِنْ أَثَرِ السُّجُودِ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِي التَّوْرَاةِ ۚ وَمَثَلُهُمْ فِي الْإِنْجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْأَهُ فَآزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوَىٰ عَلَىٰ سُوقِهِ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ ۗ وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُمْ مَغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا
,,Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga bo‘lganlar kofirlarga shiddatli, o‘zaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab ruku’ va sajda qilgan hollarini ko‘rasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana o’sha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, huddi, urug’ini yorib chiqib, quvvatlanib, yo’g’onlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga o’xshar. Kofirlarning g’azabini qo’zitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlarga mag’firat va ulug’ ajrni va’da qildi ”. (Fath surasi 29-oyat).
Xulosa o’rnida shuni aytamizki, musulmonlar barcha sahobalar avliyolarning peshqadami, muttaqiylarning saralari, mo‘minlarning eng go‘zal namunasi hamda Payg‘ambarlardan keyin insoniyatning eng afzali ekanliklariga ittifoq qilishgan. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bashoratlari ila voqe’likda ham Islom ummatining afzali bo‘lgan salafi solihlarimizni, xususan, ularning gultoji bo‘lmish sahobai kiromlarni barcha davr va makon musulmonlari e’zozlamog’imiz lozim. Ularning muborak hayotlarini yaxshilab o‘rganib, o‘rnak olmog’imiz  kerak.
 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Azizova Shaxnoza

 

 

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 44
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 47
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 50
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry