07.05.2022
166

Allohning ismi va sifatlari haqidagi qarashlar

 

Dunyoda baxtli hayot kechirish va oxiratda jannatga yetishish har bir musulmonning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun inson Yaratuvchisini bilishi va uning buyruqlarini ado etishi lozim.  Qadimdan bu ilm aqida kitoblari orqali o`rganilib kelgan. Lekin qadimgi aqoid kitoblarida Alloh Taoloning borligi, ismlari, sifatlari haqida dalil keltirilmas edi. Hozirgi davrga kelib har bir yozilayotgan  narsaga hujjat keltirish zarur bo`lib qoldi. Buning sababi, turli xil fikrlovchi noto`g`ri firqalarning ko`payib ketganligi, mutashobex oyatlarni o`zlaricha tushunib olganlari, ularning noto`g`ri qarashlari hali ilmi yetarlicha bo`lmagan insonlarni yo`ldan adashtirayotganidir.

   Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri- Alloh Taologa noloyiq bo`lgan sifatlar bilan sifatlovchilarning qarashlaridir. Imom Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Xammod aytgan: “Kim Allohni u Zotning mahluqotlariga o`xshatsa,kofir bo`libdi. Kim Allohning o`zi vasf qilgan narsani inkor qilsa,kofir bo`libdi. Alloh va u Zotning Rasuli u Zotni vasf qilgan narsada o`xshatish yo`q.  Kim Allohdan nuqsonlarni qaytarsa,batahqiq, hidoyat yo`liga yurgan bo`ladi.” 

  Qur`oni Karimda Fatx surasi 10-oyatda : “ Allohning qo`li ularning qo`llari ustidadir”, oyatining zohiriy ma`nosidan Allohga tana a`zosini nisbat berish kelib chiqadi. Va bu mutashobex oyatlar  Alloh Taoloning sifatlari bayon qilingan muhkam oyatlarga zid bo`lib qoladi.

   Hozirgi kunda salafiylikni da`vo qiluvchi soxta salafiylar esa bu kabi mutashobex oyatlardan xuddi inson kabi Allohning ham qo`li bor,yuzi bor, joni bor deya da`vo qilib, Allohga havola qilish kerak bo`lgan masalalarda chuqur ketmoqdalar. Bu bilan  mujassima, mushabbixa kabi soxta aqidalar kelib chiqmoqda.

  Imomi A`zam rohimahulloh “Fiqhul Akbar” asarida: “u Zotning qo`li,yuzi va nafsi bordir. Alloh Taolo Qur`onda zikr qilgan. Yuz, qo`l, nafs u Zotning sifatlaridir, kayfiyati yo`qdir. U Zotning qo`li-qudrati yoki ne`matidir,deyilmaydi,chunki bunda sifatni inkor qilish bor. Bu qadariy va mo`taziliylarni gapidir. Lekin  u Zotning qo`li- kayfiyatsiz sifatidir.” 

  Ularning bu kabi noto`g`ri qarashlariga buyuk muhaddis va faqih Imom Abu Ja`far Taxoviy rohimahulloh o`zlarining “Aqiydatut - Taxoviya” asarlarida : “Kim Alloh Taoloni insonlarga xos biron ma`no bilan sifatlasa,shaksiz kofir bo`ladi. Buni anglagan inson ibratlanadi va kofirlarning so`ziga o`xshash gap-so`zlardan tiyiladi hamda Allohning sifatlari insonlarniki kabi emasligini biladi”,deya ogohlantirish bergan. 

    Imom Ahmad rohimahulloh: “Sifatlarning xabari qanday kelgan bo`lsa, shundayligicha biror narsaga o`xshatmay, inkor qilmay gapiriladi. Oyat va xabarlarni o`qiymiz va ulardagi narsaga aniq ishonamiz. Ulardan nima iroda qilinganini Alloh Taoloning ilmiga topshiramiz”. 

   Sahobalar,tobeinlar, salaf va xalaf ulamolari qanchalik ehtiyotkor bo`lgan bo`lsa siz va bizlar ham Alloh Taologa jism, makon va boshqa sifatlarni nisbat berib qo`yishlikdan hazir bo`lmog`imiz ,bu ilmlarda chuqur ketmaganimiz afzal.

                                                                   Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta

 maxsus islom ta`lim muassasasi 

3- kurs talabasi Sobirova Gulzoda

Другие новости

AYOLLAR QABRISTONGA BORSA BO‘LADIMI?
29.07.2023 32
Dinimizda qabr ziyoratiga ruxsat berilgan, balki targ‘ib ham qilingan. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam:"كنت نهيتكم عن زيارة القبور، فزوروها؛ فإنها تزهد في الدنيا، وتذكر الآخرة"ya’ni: “Sizlarni qabr ziyoratidan qaytargan edim....
Подробнее
Tasavvuf... Asl haqiqat (Soxta tariqatlarga raddiya)
12.07.2023 32
Tasavvuf yo‘nalishida ham asl tasavvufni tushunmasdan, buzib talqin qiladigan toifalar uchrab turadi. Ularning faoliyatiga e'tiroz bo‘layotgan eng asosiy masalalarning biri tariqatga kirgan kishiga ilmning shart emasligi va hatto ilmni tark...
Подробнее
Imom Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limoti
13.05.2023 59
Ayrim manbalarda ta’limot iborasining o‘rniga mazhab iborasi ham ishlatiladi. Ya’ni aqidaviy mazhablar shaklida. Bu holatda moturidiya ta’limoti birikmasining o‘rniga moturidiy mazhabi, ash’ariya ta’limoti birikmasining o‘rniga ash’ariy mazhabi iboralari qo‘llaniladi. Islom...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry