18.05.2022
416

Islom poklik dini

Islom poklik dini

Islom din poklik ustiga qurilgan. Islom dini, avvalo, insonni ruxiy-ma’naviy xamda jismoniy jihatdan poklikka chakiradi.  Dunyoda  hech bir din islom dinichalik poklikni va ozodalikni bu qadar yuksak darajaga ko‘tarmagan. CHunki poklik bo‘lmasa, bandaning ibodati ham qabul bo‘lmaydi. Islomda barcha ibodatlarning qabul bo‘lishi uchun avvalo, bandaning qalbi, niyati pok bo‘lishi shart qilinadi. Qolaversa, ibodatlarning qabul bo‘lishi uchun insonning butun tanasi, kiyim-boshi va hatto ibodat joyi ham pok, turli katta-kichik najosat va nopokliklardan xoli bo‘lishi kerak. Dinimizda insonlarning hamma sohada toza, pokiza bo‘lishlariga alohida e’tibor berilgan. Sababi, pokiza odamdan yomonlik  chiqmaydi, poklik yaxshi insonlikning ko‘zgusidir. Agar inson ozodalikka rioya qilib yursa, bu boradagi odoblarimizga amal qilsa, go‘zallik va salomatlikning eng oliy darajasiga erishadi. Allox taolo pok bandalarini yaxshi ko‘rishini bir necha o‘rinlarda eslatib o‘tadi. «Unda poklanishni xush ko‘radigan kishilar bor. Allox esa poklanuvchilarni sevadi» (Tavba, 108). Ushbu oyatda Allox taolo poklik va pok kishilarni maqtamokda. Pok kishilarni yaxshi ko‘rishini zikr kilmokda, bu esa, poklikka kanchalik katta e’tibor berishimiz kerakligini ko‘rsatib turibdi. Poklik va ozodalik darajasi na qadar ulug‘ligini qo‘yidagi hadisi sharifdan ham bilib olishimiz mumkin.  Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan, u esa otasidan rivoyat qiladi«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Albatta Alloh muloyimdir, muloyimlikni sevadi, pokizadir, pokizalikni sevadi, karamlidir, karamlilikni sevadi, o‘ta saxiydir, o‘ta saxiylikni sevadi» (Termiziy, Bazzor va Abu YA’lo rivoyati). Boshka bir xadisda esa: ya’ni: «Poklik kishini imonga chakiradi. Imon esa, uz egasi bilan jannatda birgadir» (Tabaroniy rivoyati), deyilgan. 

Bundan tashqari jamoat joylarida, o‘quv dargohlarida, keng jamoatchilik foydalanadigan metro, avtobus, yo‘nalishdagi avto ulovlarda ham tozalikka rioya qilishimiz lozim. Ularga pista po‘choqlari va ma’ishiy chiqindilarini tashlab iflos qilmasligimiz darkor. Har vaqt va har joyda tozalik va poklik odoblariga rioya qilishni aslo unutmaylik, zero poklik imondandir deb bejizga aytilmagan.

 3-kurs talabasi To‘raqulova Laziza

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 179
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 285
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 272
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry