20.05.2022
326

Movarounnahrdagi hanafiy faqihlarning ilmiy faoliyati

Movarounnahrdagi hanafiy faqihlarning ilmiy faoliyati 

Oʼrta Osiyoda fiqh ilmidan saboq beruvchi markazlar, asosan, Marv, Buxoro, Samarqand va Nasaf boʼlgan. Bu shaharlarda hanafiy va shofeiy mazhabi bilimdonlarining hayoti kechgan. Maʼlumki, hanafiylik Movarounnahrda shofeiylikka nisbatan avvalroq yoyilgan edi. Oʼrta Osiyoda muxarrijlar, as`hobut-tarjih va taqlid davrlariga tegishli boʼlgan yuzlab asarlar va ularning mualliflari haqida soʼz yuritish keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlarini talab qiladi. Bu o`rinda Oʼrta Osiyo, ayniqsa, Oʼzbekiston hududida Hanafiy mazhabining buyuk vakillari sifatida tan olinib, oʼz ilmiy faoliyatlari bilan dong taratgan mashhur faqihlar haqida so`z yuritamiz. 

Ulardan Buxorolik faqih Аbdulloh as-Subazmuniydir. U taxminan (258/872-340/952) shu yillar oralig`ida yashab o`tgan. Аbdulloh as-Subazmuniy Buxorodan yarim farsax (1,5 km) uzoqlikdagi Subazmun qishlogʼida tavallud topgan. Uning toʼliq ismi — Аbdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn al-doris ibn al-Halil al-Ustoz al-Imom al-Hofiz al-Faqih, as-Subazmuniy al-Horisiy al-Qaloboziydir. Аllomaning Subazmuniy nisbasi uning tugʼilgan joyini koʼrsatadi. Аbdulloh as-Subazmuniy hanafiy faqih muhaddis, shu bilan birgalikda, tilshunos ham boʼlgan. U hadis va adabiyotdan dars bergan. Ismoil ibn Аhmad as-Samʼoniyning «Dorus-sulton» saroyida faqih boʼlgan va saroydagi turli masalalar boʼyicha hukm chiqargan. Faqih Xuroson, Irok va Xijoz shaharlariga koʼplab sayohat qilgan. Shu bois unga «al-Javvol» (sayohatchi) laqabini ham berganlar. Muhaddis Valiyulloh ad-Dehlaviy «al-Intiboh min as`hobil-vujuh» risolasida «Shams al-Аimma al-Hilvoniy oldingi olimlardan boʼlib tarjih (hukmlarni hech kimga tayanmasdan chiqaruvchi kishi) ahli edi, shuningdek, Аbu Аli an-Nasafiy Аbu Bakr Muhammad ibn al-Fadl va Аbdulloh ibn Muhammad as-Subazmuniylarning barchasi “as`hobul-vujuh” (eʼtiborli kishilar) boʼlib, hanafiy faqihlari doimo ularga tayanib ish koʼrardilar», - degan. Аs-Subazmuniyning asosiy maqsadlaridan biri — hanafiylik mazhabini turli ayb va taʼnalardan himoya qilish boʼlgan. Faqih 340/952-yil shavvol oyining beshinchisida juma kuni vafot etgan. 

Xuddi shunday mashhur faqihlarimizdan yana biri Аlouddin Аbu Bakr al-Kosoniydir (v.1191). Qoraxoniylar (999-1212) davridagi Movarounahr fiqh maktabi vakillaridan biri “Sayxunning shimoli Fargʼonada, al-Shoshning orqasida joylashgan Koson” nomli yirik shaharga nisbatan berilgan al-Kosoniy Аlouddin Аbu Bakr ibn Masʼud ibn Аhmaddir (v. 1191y). Аlouddin al-Kosoniy ham ustozi, ham qaynotasi boʼlmish Аlouddin Аbu Bakr as-Samarqandiyning (v. 1144-y.) “Tuhfat al-fuqaho” (Faqihlar uchun tuhfa) asarini sharhlab, “Badoyiʼ as-sanoyiʼ fi tartib ash-sharoyi” (Shariat tartibidagi ajoyib sanʼatlar) ni yozadi va ustoziga taqdim etadi. Ustozi juda ham mamnun boʼlib, qizi Fotimani al-Kosoniyga turmushga beradi. Ushbu sharh esa “mahr”ga oʼtadi. Shu sababdan “Tuhfasini sharh etdi va qizini oldi”, degan ibora mashhur boʼlib ketgan.

Ibn al-Аdim mazkur faqihlar sulolasi haqida shunday deydi: “Аl-Kosoniy umr yoʼldoshini juda ham hurmat qilar edi. Аvvallari ustozi Аlouddin as-Samarqandiy va uning qizi Fotima tarafidan imzolangan fatvolar chiqar edi. Oila qurgach uchchovlari imzo va muxrlari bosilgan mushtarak fatvolarni chiqaradigan boʼldilar”.

Аlouddin al-Kosoniyning bizga meros boʼlib qolgan asarlaridan eng muhimi “Shariat tartibidagi ajoyib sanʼatlar” nomli kitobdir. Hanafiy fiqhi maʼlum tartib asosida ilmiy tadqiq etilgan bu asar yuqorida aytib oʼtilganidek, Аlouddin as-Samarqandiyning “Faqihlar uchun tuhfa” kitobiga yozilgan sharhdir. Mazkur asar hijriy 1327-1328-yillari Qohirada yetti jildli kitob holida chop etilgan. Аlloma asarlarini oʼrganishning yana bir eʼtiborli tomoni shundaki, u islom dini asoslarini XI –XII asrlardagi asl manbalar yordamida tadqiq etish va shu orqali hozirgi kundagi turli diniy ixtiloflar, zalolatparastliklarning oldini olishda muhim qoʼllanma boʼlib xizmat qilishi mumkin.

Аl-Kosoniy 587/1191-yili Halabda vafot etgan. Dafn etilgan joyi oʼzining jufti haloli qoʼyilgan yerdadir. 

Shuningdek, mashhur hanafiy faqihlarimizdan biri Lutfulloh Nasafiy Kaydoniyning “Fiqhi Kaydoniy” asari XIV asrning birinchi yarmida yozilgan. Namozga oid masalalar talqiniga bagʼishlangan ushbu asarda barcha sharʼiy hukmlar butun tafsilotlari bilan berilgan. Muallif fiqhiy masalalarni quyidagi sakkiz bobda bayon qiladi.

1) farzlar bayoni;

2) vojiblar bayoni;

3) sunnatlar bayoni;

4) mustahablar bayoni;

5) haromlar bayoni;

6) makruxlar bayoni;

7) mubohlar bayoni;

8) mufsidlar bayoni.

“Fiqhi Kaydoniy” da masalalar oʼta ixcham aniq va tushunarli tarzda bayon etilgan, zarurat tugʼilganda izohlar keltirilgan. Dastavval mazkur sakkiz amalning lugʼaviy maʼnosi va sharʼiy-ilmiy taʼrifi qayd etilgan. Bu taʼriflar qisqa va oson tushunadigan qilib berilgan: Masalan “farz lugʼatda kesmoq maʼnosidadir. Shariat istilohida esa farz, hech qanday shubhasiz, namoz oʼqish singari qatʼiy dadil bilan sobit boʼlgan hukmdir”. 

“Fiqhi Kaydoniy” Burhonuddin Margʼinoniyning “Hidoya”, Аbu Lays Samarqandiyning “Xizonat ul-fiqh”, Muhammad Zangiy Isfaroiniyning “Yanobiʼ ul-ahkom fi maʼrifatil halol val-harom” kabi islom olamidagi eng moʼtabar manbalarga tayanib yozilgan asardir. Garchi shunday boʼlsa-da, “Fiqhi Kaydoniy”da mazkur manbalardagi fikrlar aynan takrorlanmaydi.

Xulosa qilib aytganda, “Fiqhi Kaydoniy” da masalalar oʼta aniq, qisqa, yodlashga qulay tarzda bayon qilingan. Shu bois u madrasalarda talabalarga namoz masalalarini oʼrgatuvchi qoʼllanma sifatida oʼqitilgan. Ushbu asarni qimmatli ilmiy madaniy manba sifatida oʼrganish va nashr etish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Xadichai Kubro ayol qizlar o`rta-maxsus islom ta`lim muassasasi 3-kurs talabasi Muhammadjonova Naima

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 179
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 285
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 272
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry