21.05.2022
146

IYMONNING RUKNLARI HAQIDAGI QARASHLAR

IYMONNING RUKNLARI HAQIDAGI QARASHLAR

Har bir musulmon bandaga iymon haqida qisqa bo`lsa ham to`g`ri ma`lumotga ega bo`lish vojib bo`ladi. Ayniqsa, hozirgi turli xil bid`atchi oqimlar paydo bo`lgan davrda iymonini mahkam tutish eng qiyin masaladir.  

   Ahli sunna val- jamoa ulamolari nazdida iymonning ma`nosi 2xil:

  1. Tasdiqlash
  2. Omonlik berish

Iste`lohda esa : “ Nabiy sollallohu alayhi vasallam Alloh Taolo huzuridan keltirgan barcha narsalarni qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo`lish iymon deb ataladi”.

   Iymon masalalarida uning ruknlari borasidagi qarashlar xilma – xildir. Imom Abu Ja`far Taxoviy rohimahulloh “Aqiydatut -Taxoviya” asarida: “ Iymon -til bilan iqror bo`lish va qalb ila tasdiq qilishdir”,deb keltirgan. Iymonning tasdig`ida mazhablar yuzaga keladi.

  1. Imom Molik, Shofe`iy,Ahmad va boshqa Madina ahli, ahli zohirlar jamoasi: “ iymon qalb ila tasdiq qilish,til bilan iqror bo`lish,a`zolar bilan amal qilishdir”deganlar.
  2. Bizning ashoblarimizdan ko`pchiligi Imom Taxoviyning fikrlariga qo`shilganlar.
  3. Abu Hanifa rohmatullohi alayhi: “ til bilan iqror bo`lish ortiqcha rukn,asliy emas. Asliy rukn- qalb bilan tasdiqdir. Iqror esa uzrli bo`lmaganlar uchun shartdir”deganlar.
  4. Karromiylar: “ iymon faqat til bilan iqror bo`lishdir”,deyishadi. Ularning nazdida munofiq ham komil iymonli odam hisoblanadi.
  5. Qadariylar: “ iymon qalb ma`rifatidir, agar bo`ysunmasa va taslim bo`lmasa ham bo`laveradi”deganlar.
  6. Mo`taziliylar: “amal qilish iymon haqiqatining ruknidir, amal qilmaganlar iymondan chiqib ketadi”,deganlar.

     Imom Abu Mansur Moturidiy rohmatullohi alayhi: “ iymon faqatgina tasdiqning o`zidir” deganlar. 

     Kimki “Iymon ruknlari” to`g`risida savollarga duch kelib qolsa, iymon qaysi darajasi nazarda tutilganiga e`tibor berishi lozim. Shunga ko`ra:

  1. Agar komil iymon so`ralsa, qalb bilan tasdiq,til bilan iqror, arkonlarga amal qilish uning ruknlaridir, deyishi lozim. Lekin ahli sunna nazdida amal qilmasa ham dindan chiqmaydi, deyiladi. Mo`taziliylarga ko`ra dindan chiqadi.
  2. Agar iymon haqiqati haqida so`ralsa, asliy va qo`shimcha ruknlari bor, asliy rukn- tasdiqlash, qo`shimcha rukn- iqrordir,deyishi lozim.  Iymon borasida, biror gunohi kabira yoki sag`ira qilgan insonning hukmi borasida qaror chiqarishdan saqlanishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Har bir insonning iymoni borasidagi hukmlar Allohgagina ayondir. Alloh Taolo barcha mo`minlarning iymonini mustahkam ,komil qilsin!

Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta

maxsus islom ta`lim muassasasi

3-kurs o`quvchisi Sobirova Gulzoda

Другие новости

AYOLLAR QABRISTONGA BORSA BO‘LADIMI?
29.07.2023 32
Dinimizda qabr ziyoratiga ruxsat berilgan, balki targ‘ib ham qilingan. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam:"كنت نهيتكم عن زيارة القبور، فزوروها؛ فإنها تزهد في الدنيا، وتذكر الآخرة"ya’ni: “Sizlarni qabr ziyoratidan qaytargan edim....
Подробнее
Tasavvuf... Asl haqiqat (Soxta tariqatlarga raddiya)
12.07.2023 32
Tasavvuf yo‘nalishida ham asl tasavvufni tushunmasdan, buzib talqin qiladigan toifalar uchrab turadi. Ularning faoliyatiga e'tiroz bo‘layotgan eng asosiy masalalarning biri tariqatga kirgan kishiga ilmning shart emasligi va hatto ilmni tark...
Подробнее
Imom Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limoti
13.05.2023 59
Ayrim manbalarda ta’limot iborasining o‘rniga mazhab iborasi ham ishlatiladi. Ya’ni aqidaviy mazhablar shaklida. Bu holatda moturidiya ta’limoti birikmasining o‘rniga moturidiy mazhabi, ash’ariya ta’limoti birikmasining o‘rniga ash’ariy mazhabi iboralari qo‘llaniladi. Islom...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry