21.05.2022
187

Bidat tushunchasi

 

“Bid’at” so‘zi lug‘atda bir narsani yangidan paydo qilish ma’nosini anglatadi.

 «Bid’at Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bo‘lmagan narsadir»

Ulamolarimiz bid’atni ikki qismga bo‘lganlar: bid’ati hasana (yaxshi bid’at) va bid’ati sayyia (yomon bid’at).

Bid’ati hasana deb, shariatda asli bo‘lgan amalni shu aslga tayanib, uni shakllantirish uchun joriy qilingan qo‘shimcha amallarga aytiladi. Bunga hazrati Umar raziyallohu anhuning ishlarini misol qilish mumkin. Sunnat amal bo‘lgan taroveh namozini Rasululloh sallallohu alayhi vasallam jamoat bilan o‘qimas edilar. Hazrati Umar esa xalifalik davrlarida mazkur namozni imomga iqtido qilib, jamoat bilan o‘qishni joriy qildilar va: “Qanday yaxshi bid’at bo‘ldi”, dedilar. 

SHunga binoan diniy ilmlar o‘rgatish uchun alohida madrasalar qurish, kitoblar chop etish, masjidlarga gilam solish, Rasululloh sallohu alayhi vasallamni go‘zal siyratlarini targ‘ib qilish uchun mavlid o‘qish singari din asoslariga zid bo‘lmagan amallar bid’ati hasana bo‘ladi. Unga amal qilish joiz va u zalolatga boshlamaydi.

Bid’ati sayyia esa, shar’iy asosga ega bo‘lmagan biror amal yoki e’tiqodni joriy etishdir. Bunday bid’at ayni zalolat bo‘lib, uni shariatimizda rad etilgandir. Quyidagi hadisi sharif ham shunga dalolat qiladi: 

عَنْ عَائِشَة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: " مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ " ( رَوَاهُ البُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ).

Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim bizning bu dinimizda unda bo‘lmagan yangi narsani kiritsa, rad qilinadi”, deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). 

Hofiz ibn Hajar Asqaloniy (r.h.) bunday deydi: “Bu – dinni soxtalashtirib, buzishdan asrovchi hadislar jumlasidan bo‘lib, muhim qoidani o‘z ichiga olgan. YA’ni, dinga zid va dinning dalillari, qoidalariga xilof bo‘lgan har qanday bid’atni rad qilish lozim ekanligini ifodalaydi. Ammo dinga zid bo‘lmagan, shuning bilan birga, uning asoslariga tayangan holda keyinchalik dinni himoyalash uchun joriy qilingan amallar rad etilmaydi”. 

عَنْ جَرِيْرٍ بْنِ عَبْدِ اللهِ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: " مَنْ سَنَّ في الإسلامِ سُنَّةً حَسَنَةً فَلَهُ أجْرُهَا، وَأجْرُ مَنْ عَمِلَ بِهَا بَعْدَهُ مِنْ غَيرِ أنْ يَنْقُصَ مِنْ أُجُورهمْ شَيءٌ، وَمَنْ سَنَّ في الإسْلامِ سُنَّةً سَيِّئَةً كَانَ عَلَيهِ وِزْرُهَا، وَوِزْرُ مَنْ عَمِلَ بِهَا مِنْ بَعْدِهِ، مِنْ غَيرِ أنْ يَنْقُصَ مِنْ أوْزَارِهمْ شَيءٌ " 

(رَوَاهُ مُسْلِمٌ والتِّرْمِذِىُّ وَالنَّسَائِىُّ وَابْنُ مَاجَه) .

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim Islomda go‘zal odat paydo qilsa va undan keyin o‘sha odatga amal qilinsa, unga o‘sha amalning ajri va unga amal qilganlarning ajri bo‘lur. Bunda ularning ajridan biror narsa noqis qilinmas. Kim Islomda bir yomon odat paydo qilsa va undan keyin o‘sha odatga amal qilinsa, unga o‘sha odatning gunohi va keyinchalik unga amal qilganlarning gunohiga bo‘lur. Bunda ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmas”, dedilar” (Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Nasoiy va Imom Ibn Mojalar rivoyat qilishgan).

        Ulamolarimiz bid’ati hasana va bid’ati sayyia o‘rtasini ajratib olish uchun asosiy mezon bu – shariatimizning umumiy qoidalaridir, deganlar. YA’ni, Payg‘ambar alayhissalom davrlarida kuzatilmagan biror bir amal ushbu shariat qoidalariga muvofiq kelsa zalolatga boshlovchi bid’at sanalmaydi. Aksincha, maqtalgan, yaxshi bid’at sanaladi. 

 

SHariatimizga zid bo‘lgan yoxud unga asoslanmagan har qanday amal yoki e’tiqod esa zalolatga boshlovchi bid’at sanaladi. Har bir musulmon aynan ushbu bid’atdan saqlanishi lozim bo‘ladi. Hadisi shariflarda, salafi solihlardan naql qilingan rivoyatlarda qoralangan va musulmonlarni undan qaytarilgan odatlar aynan mana shu bid’ati sayyia ekani muhaqqiq ulamolar tomonidan ta’kidlangan.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus 

islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Duysekova Aisha

 

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 59
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 64
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 67
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry