23.05.2022
432

Ilmning barakasi yohud  eng go'zal mahr

                   Ilmning barakasi yohud  eng go'zal mahr

Hanafiya mazhabidagi eng mufassal, mukammal dalil-hujjati mustahkam, mo'tabar manba hisoblangan ,”Badoe'us sanoe'” asarining muallifi Farg'onaning Koson shahrida tug'ilgan malikul-ulamo Alouddin Abu Bakr ibn Mas'ud ibn Ahmad al-Kosoniyning 10 juzdan iborat asarlari ustozlari Alouddin Samarqandiyning 3 juzli  ,,Tuhfatul- fuqaho'' asariga yozilgan sharhdir.  Ushbu asar mazhabimiz ulamolari tan olgan muxtasar asar bayon etilgan asardir. Aloudddin Kosoniy kitobini itmomiga yetkazgach ustoziga taqdim qiladi. Alouddin ustoz o'qib chiqib, g‘oyat xursand bo‘lganidan, o‘zining Fotima ismli go‘zal qizini shogirdiga nikohlab va ”Mana shu kitobing qizning mahridir”, deb shogirdining bu ulug‘ ishidan mamnunligini bildiradi. Fotima shu qadar go‘zal bo‘lganidan Rum podshohlari ham unga sovchilar qo‘yishgan, ammo hech kimga nasib qilmagan edi. Shuning uchun Islom tarixida ulamolar ichida:  “Shogird Alouddin ustozining kitobini sharh qilib, qiziga uylandi”, degan yarim hazil gap yurar ekan.                                                                                    Fotima nafaqat chiroyda, balki ilmda ham mukammal bo‘lib, u otasining |”Tuhfatul fuqaho” kitobini yod olgan edi. Alouddin Samarqandiy so‘ralgan masalaga javob yozib bo‘lgach, tagiga o‘z imzosini qo'yib keyin qiziga bir tekshirtirib, qizining ham imzosi qo‘yilgandan so‘nggina o‘sha fatvo kuchga kirar edi. Fotimaning ilmi shu darajada bo‘lgan. Ushbu kitob musannifi Alouddin Kosoniy o‘sha qizga uylandi va bir yo‘la fiqhda tengsiz otaning farzandiga va shu sohada peshqadam ayolning umr yo‘ldoshiga aylandi. Shundan so‘ng fatvolar Alouddin Samarqandiy, Alouddin Kosoniy va Samarqandiyning qizi Fotima uchovlarining imzosi bilan o‘tadigan bo‘ldi. Alouddin Kosoniy o‘z kitobini “Badoe’us-sanoe’ fi tartibish-sharoe’”, ya’ni “Shariat qonunlarini tartiblashda go‘zal san’atlar” deb nomlar ekan, bu bilan mazkur kitobni qo‘lga kiritgan kishi ibodat va muomalat masalalari ajib bir san’at darajasida tartib-intizom bilan terib aytilgan, batafsil va mazmunli asarga ega bo‘lishini nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Alouddin Kosoniyning vafoti haqida Ibnul Adiym deydi: “Ziyouddin Muhammad ibn Hamisiy ibn Hanafiyning shunday deganini eshitgan edim: “Men Kosoniyning vafoti paytida hozir bo‘ldim. U zot ”Ibrohim” surasini o‘qiyotgan edi. O’sha suradagi “Ular bu dunyoda ham so‘zda adashmaydi, Oxiratda Allohga javob berishda ham adashmaydi” oyatining “... va fil oxira” degan joyiga kelganda joni uzildi”, degan ekan. Hijriy 587-yil(milodiy 1191) rajab oyining o‘ninchisida, dushanba kuni peshindan keyin yuz bergan bu voqea haqida xabar bergan Ziyouddin Muhammadning shohidlik berishicha, u zotning o‘limi ham oxiratida yaxshilik bo‘lishiga bashorat bo‘ldi.  Alloh u zotni rahmatiga olsin. Alouddin Kosoniy kitob muqaddimasida Alloh taologa go‘zal hamdu sanolar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga cheksiz salovotlar va salomlardan so‘ng aytadi: “Allohni tanib, Uning sifatlarini bilganimdan keyingi ilmlarning eng ulug‘i fiqh ilmidir.  Fiqh ilmi - halol va harom ilmi, qonunlar va hukmlar ilmidir. Fiqh shu mavzularni o‘rgatadigan fandir. Barcha Payg‘ambarlar Alloh taoloning shu buyruqlarini yetkazish uchun yuborilgan. Demak, Payg‘ambarlar - Alloh elchilarining asosiy vazifasi odamlarga fiqhni o‘rgatish bo‘lgan. Shuning uchun Allohni tanib, tan olishdan keyingi eng ulug‘ ilm -fiqh ilmidir”. Alloh taolo: “U O‘zi istagan kishilarga hikmat beradi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, bas, muhaqqaqki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi  (Baqara surasi, 269), – deydi.  Ba’zi tafsirlarda oyatdagi “hikmat” so‘zidan murod fiqh ilmidir, deyilgan.  Ya’ni, hikmat - yaxshilik berildi, deganda kimgaki fiqh ilmi berilsa, ya’ni dinni anglasa, o‘zi qilayotgan amalni bilib qilayotgan bo‘lsa, shu odam Alloh taolo tomonidan juda katta yaxshilik olgan, baxtli odam bo‘ladi, deb tafsir qilinadi.                                                                                                                                       Xulosa o’rnida shuni aytib o’tamanki; Ilm buyuk rosullardan merosdir. Ilmni olayotganda Allohdan ulkan azm-qaror, jiddu-jahd, muhabbat so’rash kerak. Dunyoda biz bilmagan necha minglab olimlar o’tgan,ammo ularning nomlari ham asarlari ham tarix zarvaraqlaridan tushib qolgan. Bu Allohning qabul qilmaganidan ya’ni ixlossiz dunyo manfaati ko’zlab yozilganidan bo’ladi .Avvalo ilmga kirishishda Allohdan ixlos va qabul so’rash kerak. Buyuk olimlar ham darsga kirishishlari bilan ,, اللهم اني اسالك الاخلاص والقابل’’ Allohim sendan ixlos va qabul so’rayman. Biz ham ushbu duo bilan ishimizni boshlasak in shaa Alloh Alloh hayrli, barokatli qiladi.  ’’.النيات بمنزلة الارواح والاعمال في مرتبة الاشباح’’

Niyatlar ruhlar manzilasi. Amallar badanlar martabasi.

                                                         

                                                                                                       Mamasharifova Xadicha 3-kurs talabasi   

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 215
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 330
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 323
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry