28.05.2022
293

Allohning irodasi haqida e'tiqodimiz

Alloh taoloning zotiy sifatlaridan biri “iroda” sifatidir. Iroda lug’atda “xohlash”, “qasd qilish”, ma’nolarini anglatadi. Istelohda esa, “Barcha bo’lishi joiz narsalarni ular uchun mumkin bo’lgan ko’plab narsalardan biriga xoslaydigan Alloh taoloning azaliy sifati – iroda sifati deyiladi”. Ya’ni iroda sifati bo’lishi nojoiz narsalarga ta’luqli bo’lmaydi. 

       Iroda sifatining borligiga Qur’oni Karimda va hadisi shariflarda ko’plab dalillar kelgan. 

      “Albatta Alloh nimani iroda qilsa shuni hukm qilur”. 

      “Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas”.  

      Hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlagan narsa bo’lgan xohlamagani bo’lmagan” deganlar.  Bu va yana ko’plab dalillar U Zotda iroda sifati sobit ekaniga dalolat qiladi. 

     Shunga ko’ra, Ahli sunna val jamoa mazhabida Alloh taoloning iroda sifati haqida shunday e’tiqod qilinadi:

    “Dunyo va oxiratdagi barcha iymon-kufr, toat-masiyat, foyda-zarar, oz-ko’p, katta-kichik, hamma hammasi Alloh taoloning irodasiga ko’ra, hikmatiga muvofiq, qazo va qadari bilan yuzaga kelgan. Alloh iroda qilgan narsani rad qiluvchi yo’qdir”. 

    Imom Tahoviyning “Aqiydatut Tahoviya” asarlarida Alloh taoloning iroda sifati borasida quyidagicha bayt keltiriladi: 

ولا يكون الا ما يريد.   

   “U Zot iroda qilganidan boshqasi bo’lmas”

Ya’ni borliqdagi har bir narsa faqat Alloh taoloning irodasi bilangina yuz beradi. Alloh taoloning quyidagi oyatlari bunga dalildir:                                                                                                                            

       “Istaganini qiluvchidir”.   

       “Albatta Alloh xohlaganini qiladi”.

       “Lekin Alloh iroda qilganini qiladir”. 

       Yuqoridagi Imom Tahoviy keltirgan matnda Qadariya  va 

mo’taziliylarga raddiya bor. Chunki ular: “Alloh taolo hamma odamlardan iymonni iroda etgan-u ammo kofir kufrni iroda qilgan” deyishadi. Ularning bu gaplari fosid va marduddir. Chunki bu Qur’onga, Sunnatga, sog’lom aqlga ziddir. Kofirning kufr keltirishida ham Alloh taoloning irodasi mavjud. Chunki “Iroda” sifati rozi bo’lingan narsani ham, rozi bo’linmagan narsani ham o’z ichiga oladi. Ya’ni isyon qilishimiz ham sidqi dildan itoat qilishimiz ham Alloh taoloning irodasi bilan vujudga keladi. Ammo U Zot isyon qilishimizga rozi bo’lmaydi. Bu borada Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Fiqhul Akbar” asarlarida shunday keltiradilar: 

     “Bandalarning harakat va sukunatdan bo’lgan barcha fe’llari haqiqatda ularning kasbidir. Alloh taolo o’sha barcha fe’llarning yaratuvchisidir. O’sha fe’llarning barchasi Alloh taoloning xohishi, ilmi, qazosi va qadari bilandir. Vojib bo’lgan toatning barchasi Alloh taoloning amri, yaxshi ko’rishi, rizosi, ilmi, xohishi, qazosi va taqdiri bilandir. Ma’siyatlarning barchasi Alloh taoloning ilmi, qazosi, taqdiri va xohishi bilandir. Lekin yaxshi ko’rishi, rizosi va amri bilan emasdir”. Bundan ko’rinib turibdiki, toatlarda ham ma’siyatlarda ham Alloh taoloning irodasi mavjud. Ammo Alloh taolo ma’siyatlarga rozi bo’magan, amr ham qilmagan va yaxshi ham ko’rmaydi.

Bandalarning barcha qilgan fe'llari Alloh taoloning irodasi bilan bo'lar ekan, Alloh taoloning iroda sifatini yaxshi tushungan banda unga yaxshilik yetganda, muvafaqqiyatga erishganda ato etilgan bu ne'matlarning shukrini ado qiladi. Bu Allohning xohishi va fazli bilan ekanligini biladi. Shuningdek banda biror musibatga duchor bo'lsa jazavaga tushmaydi va Robbisining irodasiga taslim bo'ladi.

 

Xadichai Kubro islom ta'lim muassasasi 3-kurs talabasi Muhammadnazirova Husniya

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 59
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 64
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 68
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry