30.05.2022
355

  “Ko‘k gumbazi uzra bezakli qandil…”

      

Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy [1058 - 1111] Tus (Eron)da tug’ilgan islom ilohiyotchisi, faylasuf.

 "Gʻazzoliy" taxallusi haqida turli fikrlar bor. Baʼzi olimlar gʻazzol (ip yigiruvchi) oilasida tugʻilgan, shu sababdan Gʻazzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa Gʻazola (Tus yaqinidagi qishloq)da tugʻilgan, shuning uchun taxallusi Gʻazoliy deb hisoblaydilar. Nishopur (Sharqiy Eron) va Bagʻdodda taʼlim olgan. "Nizomiya" madrasasi (Bagʻdod)da islom huquqshunosligidan dars bergan. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirgan. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. 

U butun umrini haqiqatni topish, odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi. 11 yil zohidlikda hayot kechirib, 1105-yilda Nishopurga qaytib kelib, yana madrasada mudarrislik qilgan. Uning fiqhga doir "Bosit", "Vojiz", "Vosit", aqidaga doir "Qavoid al-Aqoid" (Aqidaning qoidalari), "Ar-risolat al-qudsiya" (Qudsiya risolasi), mutasavviflar uchun "Ihya ulum ad-din" (Diniy ilmlarni tiriltirish), "Mukoshafat ul-qulub" (Qalblar kashfiyoti) asarlari mashhur. Shuningdek, "Tahofut al-falasifa" (Faylasuflarga raddiya), "Kimyo-i saodat" (Saodat kimyosi), "Maqosid al-falasifa" (Faylasuflarning maqsadlari) asarlari olim ijodida muayyan oʻrinni egallaydi. 
      G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Bu asarlarda Farobiy, Ibn Sino, Abu Hayyon at Tavhidiy qarashlarining taʼsirini koʻrish mumkin. Gʻazzoliy oʻz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Uning gʻoyalari islom tafakkuriga va oʻrta asr Yevropa falsafasiga taʼsir koʻrsatdi.

     She’riyatimiz sultoni Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostoni muqaddimasida Abu Homid Gʻazzoliyni “Ko‘k gumbazi uzra bezakli qandil”, – deb ta’riflaydi. U zot yana “Nasoyimul muhabbat” asaridagi bir maqolatda: “Xujjatul Islom Muhammad ibn Muhammad Gʻazzoliy Tusiy, kuniyasi Abu Homid va laqabi Zaynuddindir”, - deya qayd etadi. Ibrohim Bag‘dodiy “Bag’dod tarixi” asarida: “U shunday bir kimsa ediki, bu dunyodagi ko’zlar uningdek notiqni, uningdek zukko va oqilni ko‘rmagan edi”, – deb keltiradi. 

G’azzoliy o‘zining asarlarida o‘sha vaqtda qamrab olinishi mumkin bo‘lgan barcha jabhalarda fikr-mulohazalar yaratdi, inson tafakkurining yangidan-yangi sirli qirralarini kashf etishga musharraf bo‘ldi, bashariyatning yorqin xotirasida abadul-abad o‘chmas nom qoldirdi.

                                                        "Xadichai Kubro" ayol-qizlar 

                                                         o'rta maxsus islom ta'lim

                                                          muassasasi 3-kurs talabasi 

                                                           Akbarova Shahzoda

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 215
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 330
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 323
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry