31.05.2022
198

Mutashobih oyatlarda ta’vil va tafviyz masalasi

Mutashobih oyatlarda ta’vil va tafviyz masalasi

   Ta’vil – kalomni uning zoxiriga to‘g‘ri keladimi – yo‘qmi, tafsir qilish va uning

ma’nosini bayon qilishdir. Bu – ma’ruf istilohdir. Bu ta’vil xuddi tafsirga o‘xshab to‘g‘risi maqtaladi, botili yomonlanadi. Mutaaxxir fakih va mutakallimlar istilohidagi ta’vil:

Lafzni kuchli ehtimoldan kuchsiz ehtimolga o‘sha narsani vojib qiluvchi dalolat yuzasidan burish ta’vildir. U haqda bahs munozara bo‘ladigani ham shudir. U ikki qisimdan – sahih va fosid ta’vildan iboratdir.  

        Sahih ta’vil Qur’on va Sunnat ta’limotlari dalolat qilgan ma’nolarga muofiq bo‘ladi. 

   Fosid ta’vil esa unga xilof bo‘ladi. 

       Tafviyz lug‘atda havola qilish degan ma’noni anglatadi. Istilohda esa, mutashobih oyatlarning ta’vilini faqat Alloh taoloning o‘ziga havola qilishdir.

Dalil:

“U senga kitobni tushirgan zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og‘ish borlar fitna maqsadida va uni ta’vil qilish maqsadida undan mutashobih bo‘lganiga ergashadi. Uning ta’vilini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo‘lganlar esa, unga iymon keltirdik, barchasi Rabbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslaydilar” (Oli Imron surasi 7-oyat). 

      “Mutashobix” so‘zi esa, o‘xshash, birini biridan ajiratish qiyin, bir necha ma’nolarni anglatadigan, degan ma’nolarni bildiradi. Qur’oni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga bo‘linadi. Buning o‘zi alohida btr ilim bo‘lib, Qur’on ilimlari fani bo‘yicha mutaxassis ulamolar buni maxsus o‘rganadilar. Biz o‘rganiyotgan oyati karima xuddi shu mavzuda so‘z yuritmoqda. 

Quroni Qarimda kelgan muhkam – oydin oyatlarning ma’nolari ravshan,  tushinilishi ham oson. “Ular kitobining aslidir”, ya’ni o‘sha muhkam oyatlar Qur’onning aslini tashkil qiladilar. SHubilan birga, Alloh iroda qilgan hukumat uchun Qur’onda mutashobih – bir-biriga o‘xshash ma’nolarni bildiradigan, turilicha ma’noga burish mumkin bo‘lgan oyatlar ham bor. Lekin bular juda ham oz bo‘lib, kishilarning iymonini sinashga xizmat qiladilar.

Mutashobih oyatlarni fosid ta’vil qiluvchi aqidaviy firqalar:

«Mushabbiha»lar Alloh taoloning sifatlarini maxluqotlarning sifatlariga o‘xshatishni o‘zlariga ep ko‘rgan nobakorlardir.

«Mu’attila»lar Alloh taoloning O‘zi yoki U Zotning Payg‘ambari alayhissalom zikr qilgan sifatlarini inkor qilgan nobakorlardir.

«Mujassima»lar Alloh taologa jism nisbatini bergan nobakorlardir. 

        Ahli sunna val jamoaning xalaf ulamolari oyatda zikr qilingan «qo‘l»ni quvvat va karam deb ta’vil qilganlar. «Ko‘z»ni inoyat va rioyat deb ta’vil qilganlar. SHuningdek, hadisi sharifda «Qalblar Rohmanning ikki barmog‘i orasidadir» deb kelgan «ikki barmoqni iroda va qudrat deb ta’vil qilganlar. 

Bir hadisda «Albatta, Alloh Odamni o‘z suratida yaratgandir», deb kelgan. Bunga sirtdan ma’no bergan kishilar Odam Allohning suratida yaratilgan, deb tushuna dilar. Ammo xalaf ulamolari buni «Alloh Odamni o‘ziga xos suratda yaratdi» degan ma’noga moslab ta’vil qilganlar. Bundan esa Alloh Odamni xalq qilgan vaqtda uni o‘ziga xos suratda yaratgan, u davr o‘tishi bilan o‘zgarib qolmagan, degan ma’no kelib chiqadi. 

Xuddi shu hadisning ma’nosini anglatuvchi boshqa bir hadisda kelgan «Albatta, Alloh Odamni Rohmanning suratida yaratgandir» degan ma’noni xalaf ulamolari «Rohmanning sifatida yaratgandir» deb ta’vil qilganlar. Arab tilida «surat» so‘zi «sifat» ma’nosini ham angla- tadi. SHunda «Alloh taolo Odamni yaratganda, uni ilm va idrok kabi O‘zida bor sifatlar bilan qo‘shib yaratgan» degan ma’no kelib chiqadi.

SHu erda xalaf ulamolari Alloh taoloning sifatlari haqida kelgan oyat va hadislarni ta’vil qilishda havoi nafslariga qarab emas, arab tili qoidalariga va eng muhimi, diniy ta’limotlar asosiga qarab ish olib borganlarini ta’kidlashimiz lozim.

YAna bir bor ta’kidlaymizki, salafning mazhabi o‘z vaqtida to‘g‘ri va afzal bo‘lgan. Xalafning mazhabini sharoit taqozosi majbur qilgan. Ikkisining maqsadi ham Alloh taoloni ayblardan va O‘ziga mos bo‘lmagan sifatlardan poklash bo‘lgan.

      Xalaf ulamolari mazhabi bo‘yicha, Alloh taoloning Zotiga bog‘liq matnlarga - oyat va hadislarga nazar solish, ularni ta’vil qilish joizdir. Ta’vil qilganda ularning sirtiga xilof o‘laroq, Allohning ulug‘ligiga, tavhidiga hamda pokligiga muvofiq va maqbul ta’vil qilinadi. Bunda lug‘at, arablarning uslublari ishga solinadi. Zotan, Qur’oni Karim arab tilining oliy uslubida nozil bo‘lgandir.

1. Ikki mazhab egalari ham salaf ham, xalaf ham Alloh subhanahu va taoloni shubhadan, ta’tildan (sifatlarni inkor qilishdan), mutashobihning u Zotga to‘g‘ri kelmaydigan sirtqi ma’nolaridan poklash kerakligiga Ittifoq qiladilar. Ta’vil qilishda ixtilof bor: salaf uni man qiladi, xalaf esa ruxsat beradi.

2. Ikki mazhab ham sahobai kiromlardan naql qilingan. Aliy ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud va Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhum ta’vil qiluvchi sahobalar guruhidandirlar. Sahobalarning davrida ta’vilni man qilish ko‘p tarqalgan.

3. Imom Abu Hanifa va imom Abulhasan Ash’ariy rahmatullohi alayhimoning mutashobih sifatlar borasida tutgan yo‘llari o‘rta bosqich hisoblanadi.

Ushbulardan ko‘rinib turibdiki, boshqa narsalar qatori, bu o‘ta muhim masalada ham musulmonlarning ehtiyojini hisobga olish, ulardan xatarni daf qilish avvalgi o‘ringa qo‘yilgan.

       Salaflar ta’vilni man qilgan bo‘lsalar, o‘sha vaqtda unga ehtiyoj yo‘qligidan va agar bu ish qilinsa, fitna chiqishi e’tiboridan man qilganlar. Xalaflar ta’vilni yo‘lga ko‘ygan bo‘lsalar, ularning zamonida bunga hojat tushgani uchun majbur bo‘lib qilganlar. CHunki zamon o‘zgarishi bilan odamlar orasida turli fikrlar, mazhablar, oqimlar va falsafalar ko‘payib, shunday qilmasa bo‘lmaydigan holga kelib qolgan edi. Bunga imom Ibn Qutayba o‘zining «Ta’vilu mushkilil qur’an» nomli kitobining muqaddimasida yozgan quyidagi gaplar yorqin dalil bo‘la oladi: «Batahqiq, xudosizlar Allohning Kitobiga ta’na etkazdilar. Ular uni o‘yin qilib oldilar va undan mutashobih bo‘lgan narsalarga ergashib, kalta fahmlari, xasta nazarlari va jinni kallalari ila ta’vil qilishga o‘tdilar. Natijada kalomni o‘z o‘rnidan o‘zgartirdilar va o‘z yo‘lidan boshqa tarafga burdilar. So‘ngra u haqida: «Unda qarama-qarshilik bor, akl ko‘tarmaydigan narsalar bor, bexuda narsalar bor. nazmi buzuq, ixtilofi bor», deya hukm chiqardilar. Bu bilan ular qalblarga shubha va ko‘ngillarga shak soldilar. Bas, men Allohning Kitobini bayon qilishni, odamlarni chalkashlikka solgan narsalarga qarshi ochiq hujjatlar va yorqin dalillar keltirishni qasd qildim. Ushbu kitobni Qur’on mushkilotlari ta’vilini jamlovchi qilib yozdim». 

      Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, salaf ham, xalaf ham etuk islomiy fikrdan iboratdir. Ikkovlari ham musul monlarning hojatlarini qondirgan, ularga nasihat qilib, aqiydalarini himoya etgandir.

3-kurs talabasi  Vahobova Madina

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 54
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 59
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 61
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry