09.06.2022
209

Istitoat va uning turlari

 

Banda biror ishni qilar ekan,  Alloh taolo bandaga bu ishni qilish uchun a'zolarni, toqatni, imkoniyatni, qudratni berib qo'yadi. Shuningdek, o'sha ishni qilish mobaynida unga tavfiqni beradigan ham Alloh taolodir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam "Har bir banda o'zi uchun yaratilgan narsaga muyassar qilingandir", deganlar. Ya'ni Alloh taoloning O'zi tavfiq berib bandaga shu ishni qilishini muyassar qiladi. 

     Barcha insonlar ular uchun bitib qo'yilgan narsaga ko'ra amal qiladilar va ular uchun yaratilgan narsaga qarab yuradilar. Yaxshilik ham, yomonlik ham bandalarga taqdir qilingan. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:

   " Har kim o'z holicha amal qiladi. Parvardigoringiz kim to'g'ri yo'ldaligini yaxshi biluvchidir", deb ayting" (Isro surasi 84- oayt).

    Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qalamlar qiyomatgacha bo'ladigan narsalar borasida qurigan" deb aytganlar. 

    Bandalarning amallarga qodirligi, imkoniyatli bo'lishi, toqati istitoat deb ataladi. Istitoatning o'zi ham ikki qismga bo'linadi. 

    Amalni vojib qiladigan istitoat - maxluqotlarni u bilan sifatlab bo'lmaydigan, u bilan amal vojib bo'ladigan tavfiq kabi istitoat -  o'sha amalni qilish asnosida bo'ladi. Buni botiniy istitoat ham deyiladi. U bilan fe'l vujudga keladi. Alloh uni fe'l bilan birga yaratadi. Agar shu fe'l toatdan iborat bo'lsa tavfiq deyiladi. Agar ma'siyat bo'lsa Allohning yordamsiz qoldirishi deyiladi. Maxluqotlar bu bilan sifatlanmaydilar va bundan so'rlamaydilar ham. Chunki bu Alloh taolodandir. Mana shu fe'lni bajarish asnosida bo'ladigan istitoatga misol qilib barmoqning harakati bilan birga uzukni ham harakatlanishini aytsak bo'ladi. Bandalar doimo Allohning tavfiqiga, xohishiga va quvvatlashiga muhtoj bo'ladilar. Bandada fe'llarni yaratilishida hech qanday mustaqillik yo'q. U har lahzada Alloh taologa muhtoj bo'ladi. Mana shu bandalikning Alloh taologa muhtojlikning haqiqatidir. 

      Ammo sihat-salomatlik, kengchilik, imkoniyat, vositalarning yetarli bo'lishiga bog'liq istitoat esa - amaldan oldin bo'ladi. Taklif (shariat buyruqlari) mana shu istitoatga qaratilgandir. Alloh taolo Qur'oni karimda: "Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani yuklamas", deb marhamat qiladi. Mana shu istitoatni zohiriy istitoat ham deyiladi. Ya'ni taklif qilingan xitoblar shunga tobe bo'ladi. Masalan ro'za tutish, zakot berish, haj qilish kabilar.  

Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: " Odamlardan yo'lga qodir bo'lganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir" (Oli Imrin surasi 97- oyat). Alloh taolo hajni istitoati bor kishiga farz qilgan. Agar istitoat ish harakat mobaynidagina bor bo'lsa, haj faqat haj qilgan odamgagina vojib bo'lar, haj amallarini bajarishdan oldin hech kimga haj vojib bo'lmas edi. Haj qilmaganlarni birortasini Alloh jazoga tortmas edi. 

Yana Alloh taolo Qur'oni karimda: "Allohga qo'lingizdan kelganicha taqvo qiling", deb marhamat qiladi. (Tag'obun surasi, 16- oyat). Alloh taolo insonga istitoati, ya'ni imkoni, qudrati yetganicha taqvo qilishni vojib qildi. Agar istitoat ish harakat mobaynida bor bo'lsa Allohga taqvo qilmagan odam taqvo qilishga qodir bo'lmagan, taqvo qilish unga vojib bo'lmagan bo'lar edi. Taqvo qilish faqat taqvo qilgan odamgagina vojib bo'lar, Allohga taqvo qilmagan odam jazoga tortilmas edi. Chunki u " Avval bunga qodir bo'lmaganman", deb bahona qilgan bo'lar edi. Bunning botilligi ko'rinib turibdi. Ushbu oyatlardagi istitoat, ya'ni qodir bo'lish vosita va asboblarning salomat bo'lishi va mukallafning imkoni bo'lishi nazarda tutilgam. 

    Chunki birinchisi botiniysida banda u amalni qila olishini bilmaydi. Kimki ibodatlardan namoz, ro'za, haj kabilarga qodir bo'lsa zohiriy qudratiga binoan unga ushbu ibodatlarni qilish vojib bo'ladi. Shunday ekan agar Alloh taolo bandaga zohiriy istitoatni berib a'zolarini salomat, quvvatli, imkoniyatli qilgan ekan bandalar Robbisining amrlarini bajarishlari lozim. Agar bandada mana shular topilmasa Alloh taolo bu bandada fe'l bilan bo'ladigan istitoatni yaratmaganiga ko'ra bo'ladi. 

Alloh taolo Qur'oni karimda "Ular eshitishga qodir bo'la olmadilar va ko'ra olmadilar ham" ( Hadid surasi 20- oyat). Bu oyatda ish harakat mobaynida bo'ladigan istitoatning - qodirlikning yo'qligi aytilmoqda. Sabab va vositalarning yo'qligi emas. Chunki hu narsalar (quloq va ko'z) ularda (kofirlarda) ham bor edi. Ya'ni eshitganda ibrat qulog'i ila tinglab, foyda olmadilar. Ko'rganda ibrat ko'zi bilan ko'rib, iymonga kelmadilar. 

     Alloh taolo Muso alayhissalom qissasidagi solih banda nomidan aytgan gapi: "Albatta, sen men bilan birga bo'lishga sabr qila olmassan", (Kahf surasi, 67- oyat).Bunda ham sabr qilish mobaynida bo'ladigan qudratning haqiqati yo'qligi aytilmoqda. Asbob va vositalarning yo'qligi emas. Chunki sabr asbobi va vositalari Muso alayhissalomda bor edi. 

     Bundan bilishimiz mumkunki musulmon banda qilgan amaliga suyanib qolmasligi lozim. Menga amr qilingan amalni qildim, albatta uning uchun va'da qilingan narsaga erishaman, degan hayolga bormasligi lozim. Unga barcha a'zolarni va qobiliyatni, qudratni, imkoniyatni va vositalarni bergan Alloh taoloning O'zidir. Unga mana shu ishlarni qilishi uchun tavfiq bergan, uni hidoyatga boshlagan ham Alloh taoloning O'zidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida shunday marhamat qiladilar: " Biror kishi o'z amali bilan hech qachon  jannatga kira olmas", dedilar. " Siz hammi ey Allohning Rosuli", deyishdi. U zot "Men ham. Agar Alloh meni o'z rahmati bilan o'rab olmasa", dedilar. Imom Muslim rivoyati. 

3-kurs talabasi Mahammadnazirova Husniya

               

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 55
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 60
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 62
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry