16.01.2022
328

Ma‘rifatulloh yo‘llari

Alloh taoloning borligiga ishongan odam U Zotni yaxshi tanishi ham kerak. Aqoid ilmi istelohi bilan aytilganda ma’rifat hosil qilish lozim. Bu ma’rifat esa Alloh taoloning go’zal ismlarini va U Zotning sifatlarini bilish ila hosil bo’ladi.

Alloh taolo:

وَ لِلَّهِ الْأَسْمَآءُ الْحُسْنَى~ فَادْعُوهُ بِهَا

“Allohning go’zal ismlari bordir. Bas, unga o’sha (ismlar) ila duo qiling” (a’rof surasi 180- oyat).

Allohning barcha ismlari go’zaldir. Mo’min- musulmon banda Alloh taologa duo qilganda, o’sha go’zal ismlar ila duo qilmog’I lozim. Alloh taolo yana :

هُوَ اللَّهُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ لَهُ الْأَسْمَاء الْحُسْنَى يُسَبِّحُ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴿٢٤﴾

“U Allohdir, Xoliqdir, Bori’dir, Mussovvirdir, Eng go’zal ismlar unikidir. Osmonlar u yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Va Uning O’zi izzatlidir, hikmatlidir”, degan ( Hashr surasi 24- oyat).

Hashr surasining ushbu so’nggi oyatida Alloh taoloning bir necha go’zal ismlari haqida so’z boryapti.

Xoliq- yaratuvchi.

Bori’- yo’qdan bor qiluvchi.

Musovvir maxluqotlarning suratini shakllantiruvchi.

Dunyodagi barcha go’zal ismlar Allohnikidir.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh Ma’qal ibn Yasardan rivoyat qilgan hadisda Nabiyyimiz sollollohu alayhi vasallam: kimki tong chog’ida uch marta “A’uzu billahis- samiu’l aliym minash-shaytonir rojim”, desa va Hashr surasining uch oyatini o’qisa, Alloh taolo salovat aytadigan yetmish ming Farishtani unga vakil qilib qo’yadi. Agar o’sha kuni vafota etsa, shahid ketadi. Kimki kech kirganda o’qisa, xuddi shu martabaga erishadi”, deb marhamat qilganlar

Ushbu hadisi sharifda zikr etilgan Hashr surasining uch oyati yuqoridagi oyati karima va surada undan oldin kelgan ikki oyatdir. Shu o’rinda ana shu ikki oyatning ma’nolari va ularning tafsirini ham bayon qilib o’taylik:

“U Undan o’zga iloh yo’q bo’lgan Allohdir u g’aybni ham, shahodatni ham biluvchidir. U mehribondir, rahmlidir”.

Ushbu oyatdan ma’lum bo’ladiki, e’tiqod va ibodat faqat yagona Allohning O’ziga bo’lmog’i kerak. Barcha qalblar faqat ungagina talpinishi lozim. Allo taolo shunday Zotki, siz bilan biz bilgan va bilmagan barcha narsalarni biladi. Osmonlaru yerda Alloh taolo bilmagan narsa yo’q, demak, ungagina ishonish va ibodat qilish kerak.

U Undan o’zga iloh yo’q bo’lgan Allohdir, Malikdir, Quddusdir, Salomdir, Mu’mindir, Muhaymindir, Azizdir, Jabbordir, Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir”.

Avvalgi oyat kabi bu oyati karima ham Alloh vahdoniyatining isboti ila boshlangan va uning bir nechta ismlarini eslatmoqda, jumladan:

Malik – haqiqiy egadir, Undan o’zga ega yo’q. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo’ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoja bo’lmaydi. Shuning uchun insonlar o’zaliga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona Yaratganga, haqiqiy Egaga qul bo’lishlari lozim.

Quddus – barcha ayblardan holi, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Alloh taoloning O’zigagina xosdir.

Salom- nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik- xotirjamlik va rohat beruvchi Zot. Alloh taolo”Salom” sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. Mo’min- iymon va omonlikni beruvchi.

Muhaymin – hamma narsani qamrab oluvchi, ya’ni Alloh taolo bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib turadi, Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

Aziz – barchaning ustidan g’olib.

Jabbor – oliy qadar, ulug’. Uning oldida o’zgalar o’zini xor tutadi.

Mutakabbir – kibriyosi va ulug’ligi mubolag’ali Zotdir.

Ushbu barkamollik sifatlariga ega bo’lgan aybsiz Zot mushriklarning Unga shirk keltirishidan ham pokdir.

Alloh taboraka taolo Toha surasida:

اللَّهُ لآ إِلاهه إِلَّا هّوَ لَهُ الْأَسْمَآءُ الْحُسْنَى~

“Alloh- Undan o’zga iloh yo’q. eng go’zal ismlar unikidir”, degan(8-oyat).

Ya’ni Alloh taolo O’zining borligida, molikligida, ilmida va hamma narsani O’z tasarrufida tutishida yagonadir. Uning ismlari faqat go’zaldir. Go’zal ismlarning barchasi Unga xosdir.

Alloh taolo Isro surasida: “Sen: “Allohga duo qilinglar yoki Rohmanga duo qilinglar – qay biriga duo qilsangiz ham, baribir. Go’zal ismlar unikidir”, deb ayt”, degan( 110- oyat).

Rivoyatlarda kelishicha, bir kuni mushriklar Nabiyimiz sollollohu alayhi vasallamning: “Yo Alloh! Yo Rohman!” deb duo qilayotganlarini eshitib qolib, darhol:

“Muhammad yakka xudolikka chaqirar edi, o’zi bo’lsa ikkita xudoga duo qilmoqda”, deb gap tarqatishipti. Ularning bu johilona tushunchasi va tasarrufi javobiga ushbu oyat nozil bo’lgan ekan. Bu oyatda mazkur noto’g’ri tushuncha va tasavvur to’g’irlanmoqda.

“Allohga duo qilinglar yoki Rahmonga duo qilinglar- qay biriga duo qilsangiz ham baribir”.

“ Alloh”, “Rohman” ismlari ikki xil bo’lgani bilan, Zot bir. Ism ko’paysa, zot ham ko’payib qolmaydi.

“ Go’zal ismlar Unikidir”, deb ayt”.

Dunyodagi eng go’zal ismlar Allohnikidir. Shundan to’qson to’qqiztasi Nabiyimiz sollollohu alayhi vasallamning bir hadislarida kelgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollollohu alayhi vasallam: “Allohning to’qson to’qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa, Jannatga kiradi. Alloh toqdir va toqni yaxshi ko’radi”, dedilar”.

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta

 maxsus islom ta’lim muassasasi 

4- kurs talabasi Shamsiddinova Sarviniso

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 170
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 184
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry