Fuzayl ibn Iyoz
Fuzayl ibn Iyoz
U sobitqadamlar muqaddami, nadomat chekuvchilar muazzimi, taqvo kamoli va tafakkur sohibi, dunyodan yuz o’girgan qutbi zamon, yaxshilar va zamondoshlari tariqatida ixtiyor, riyozot va karomat ichida ulug’ martabalik, tavoze’ va kamtarlik bobida misli yo’q kishi edi.To’liq ismlari Fuzayl ibn Iyoz ibn Bishr ibn Mas’ud abu Ali at Tamimiy al Yarbu al Xurosoniy.Fuzayl ibn Iyoz hijriy 107-yilda, milodiy 723-yilda tug’ilgan.Kunyasi Abu Ali.Ali ismli o’g’li va ikki qizi bo’lgan.Tug’ilgan joylari haqida bir necha qarashlar mavjud.Ba’zilar Samarqandda,boshqalar Marv yoki Balxda tug’ilgan deydi.Tamimiy deb nisbatlanishi u kishini arab qabilalaridan bo’lgan Bani Tamimga aloqador ekanligini anglatsa,Al Xurosoniy deb nisbatlanishi u kishini Xurosonlik bo’lganligini anglatadi. Fuzayl ibn Iyoz Makka va Kufada yashagan ulug’ avliyolardan bo’lib, Imomi A’zam Abu Hanifa rohimahullohning shogirdi, hanafiy mazhabi olimlaridan taqvodor zotlardan biridir. U Imom Shofiey rohimahullohga ham ustozlik qilgan.
Fuzayl ibn Iyoz Alloh taolo u zotni O’zining haq diniga hidoyat qilishidan avval qaroqchilarning boshlig’i edi.Suriya va Xurosan atroflarida odamlarni yo’lini to’sib, karvonlarni talardi.Bir kuni bir karvonni taladilar. Karvondagi bir odam hamyondagi tillasini berkitish uchun qochib chetga chiqdi. Uzoqdan bir chodirga ko’zi tushdi. Borib qarasa, chodir ichida bir zohid tasbeh aytib o’tirgan edi. Uni ko’rib xursand bo’lib ketdi. Borib u hamyonni unga topshirdi va dedi: “ Qaroqchilar bizni taladilar, bu hamyonni sizga omonat topshiraman”,dedi. Fuzayl dediki: “ Hamyonni bu burchakka qo’y! U kishi hamyonni aytgan joyga qo’ydi va ketdi. Ko’rdiki, qaroqchilar karvonni talab, odamlarni qo’lini bog’lab, ularni tashlab ketgan edi . U kishi ularni qo’llarini yechdi va omonatini olgani ortiga qaytdi. Ko’rdiki, tillasini topshirgan zohid qaroqchilarning boshlig’i ekan. Kelganiga pushaymon bo’ldi va: “ O’z qo’lim bilan hamyonni qaroqchilar boshlig’iga keltirib bergan ekanman, - deb tillodan umidini uzib, a’zolari larzaga keldi.Fuzayl nazari unga tushib, baland ovoz bilan dedi: “ Kel, tashlab ketgan omonatingni olgin!Hayron bo’lib turgan edi. Sevinib, yugirib borib qo’ygan yeridan tillasini olib chiqdi.Qaroqchilar dedilar: “ Biz karvondan tanga topmadik, qo’lga kiritgan bor tillamiz shu bo’lsa,nega uni berib yuborayapsan?Fuzayl dedi: “ Bu bechora meni ko’p yaxshi kishi deb, sizlardan qochib kelib, hamyonini menga omonat topshirdi. Omonatga xiyonat yo’q, In shaa Alloh buning barokatidan bizga ham tavba nasib qilgay!
Kunlardan bir kuni bir kishi : “ Sizlardan ulug’ingiz kim? “ deb so’radi.
Qaroqchilar: “ Suv qirg’og’ida, bir daraxt ostida namoz o’qib o’tiribdi” dedi.
U kishi: “ Hozir namoz vaqti emas!” dedi.
Qaroqchilar : “ Nafl namoz o’qiyapti” deya javob berdilar.
U kishi: “ U sizlar bilan taom yemaydimi? “ deb so’radi.
Qaroqchilar: “ U nafl ro’za tutgan ” dedilar.
Ajablangan kishi, qaroqchilar boshlig’i Fuzaylning oldiga keldi. U Fuzaylni xushu’ va xuzu’ bilan namoz o’qiyotganini ko’rdi. Fuzayl namoz o’qib bo’lgach yaqinroq kelib: “ Ro’za va namoz, qaroqchilik va talonchilik bir-biriga mos emas “ dedilar.
Fuzayl:” Qur’onni bilasizlarmi? Alloh Qur’onda : “ Yana boshqalar ham borki, gunohlarini tan olurlar. Yaxshi ishni boshqasi – yomoniga aralashtirib yuborganlar”, deya marhamat qilgan, “ dedi.
Bir kuni Fuzayl bir yerda o’tirgan edi, shunda uning yodiga ushbu oyat keldi: “ Vaqt keldikim, g’aflat uyqusidan ko’nglingizni uyg’otgaysiz”.
Fuzayl dedi: “ Hayol qildimki bu oyat bir o’q ediki, yuragimga urdilar. Yo bu oyat mening sha’nimda nozil bo’lgan.
O’zimga aytdim : “ Ey Fuzayl, qachongacha buzulgaysan va musulmonlarga ozor bergaysan. Endi vaqt bo’ldi, bizga qaytgin!
Darxol yuragiga o’t tushdi va boshini sajdaga qo’yib, ixlos bilan tavba qildi.
Fuzayl hamisha yig’lar edi.Odamlar orasida yurib,ulardan rozi-rizolik so’rar edi.Bovard shahrida u rozilik so’ramagan bironta yahudiy qolmagan edi. Yahudiylar uni ustidan kulib,mazah qilib “ey Fuzayl,agar mana shu tepalikni yo’q qilsang,biz sendan rozi bo’lamiz,deyishdi.Allohdan qo’rqinch sabab Fuzayl erta-yu kech tuproq tashirdi.Ammo Fuzaylni bir o’zi tepalikni yo’q qilishdan ojiz bo’ldi.Shunda Alloh bo’ron yubordi.Tepalik tep-tekis bo’ldi.Ertalab yahudiylar kelib,hayratga tushdilar.Va yana shart qo’yishga o’tdilar.”Ey Fuzayl,biz mana bu bo’yra ostiga bir hovuch tilla qo’yganmiz.Uni bizga olib ber,shunda sendan rozi bo’lamiz,deyishdi.Fuzayl bo’yra tagidan bir hovuch tillani olib berdi.Yahudiylar uni ko’rib, shunday deyishdi:”Ey Fuzayl, biz sendan rozi bo’ldik.Biz”Tavrot”da kimni tavbasi qabul bo’lsa,qo’lini tuproqqa ursa oltin bo’lur”,degan gapni ko’rganmiz.Biz bo’yra tagiga qum ko’mib,senga tilla ko’mganmiz deb yolg’on aytgan edik.Sen qo’lingni bo’yra ostiga tiqib,qumni tilla qilib olding.Sening dining ham,tavbang ham haqdir,deyishdi.Va barchalari musulmon bo’lishdi.
Bir kuni Fuzaylni to’rt yasharli o’gli undan meni sevasizmi?deb so’radi.
Fuzayl aytdi:Sevaman!
O’g’li dedi:Bor ko’ngilga ikki seviklik qanday sig’adi?
Fuzayl buni o’g’lining so’zi emas,Haqdan kelgan so’z ekanini tushundi.
Fuzayl aytadi: Har qachon bandaning ko’ngli nihoyatda qo’rqsa,tiliga hech so’z keltirmas,shahvat o’tini so’ndirib,dunyo sevgisini qalbidan chiqarur.Har kimki Allohdan qo’rqsa,barcha narsa undan qo’rqadi.Kimki Allohdan qo’rqmasa,hech narsa undan qo’rqmaydi.Va banda Allohdan qanday qo’rqsa,unga dunyo va ohiratda shunday manfaat bo’ladi.
Fuzayl aytadi:” Qo’rqqan qo’rqqanni ko’radi”.
Fuzayl yana shunday deydi: Agar sendan so’rashsaki:
-Allohni sevarmisan?
Unga javob bermagin.Chunki,agar sevmayman desang,kofir bo’lasan.Va agar sevarman desang va unga loyiq amal qilmasang,yolg’onchi bo’lasan.
“Obidul haromayn “ –ikki haramni obidi nomi bilan mashhur bo’lgan Fuzayl ibn Iyoz avval qaroqchi edi. “ Iymon keltirganlar uchun Allohni zikriga va nozil bo’lgan Haqqa ayni chog’da,oldin kitob berilgan, so’ng muddat o’tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko’plari fosiq bo’lganlarga o’xshamaslik vaqti kelmadimi?! (Hadid surasi 16- oyat) Fuzayl ibn Iyoz ushbu oyatni eshitdi va “ Ha, ey Robbim vaqti keldi” dedi. Alloh u kishini iymonini uyg’otdi va qaroqchilik bilan qaytib hech qachon shug’ullanmadi. Fuzayl ibn Iyoz haqni eshitishi bilanoq darhol unga itoat etib, tavba qildi. Va” bu tavbamni isboti,baytingga qo’shni bo’lishim bo’lsin”, deya, Makkai munavvaraga yo’l oldi. Nihoyatda yetuk zohid bo’lib yetishgan Fuzayl ibn Iyoz hijriy 187- yilda,milodiy 803-yilda vafot etdi.
Xadichai kubro ta’lim muassasasi
talabasi Alimova O