22.06.2022
480

Alloh taolloning borligi va birligiga dalolat qiluvchi olamning umumiy formulasi

 

  Alloh taolo butun koinatni yaratishda mo’jizaviy matematik kombinatsiyadan foydalangan. Yurak urishi, logoritmik DNK spiralining 
uzunligi, ayniqsa koinot tuzilishida, o’simliklarning barglarini naqshlari, 
qor parchalarining kristali, tuzilishi va ko’plab gollaktikalarning spiral 
tuzilmalari hammasida yaratuvchi 1.618 raqami nisbatidan foydalangan. 
Ushbu ko’rsatgich Misr piramidalarining qurilishidan tortib, mashhur 
me’moriy inshoatlarning qurishda ishlatilgan. Nemis astronomi Kepler bu 
nisbatni bebaho boylik deb atagan. Bu nisbat inson tuzilishida atom darajasida mavjudligini Stivin Markel isbotladi. Inson tanasi ajoyib, mukammal hisob 
bilan yaratilgan. 

b/a=1.618           olti nisbat

  Bu matematik proporsiya butun olamning yaratuvchisi yagona Alloh ekanligini yana bir bor isbotlaydi. 

Fibonachchi ketma-ketligi haqida. 

Oltin kesim nima? Bu oltin qoidani insoniyat qanday payqab qoldi? Kim uni kashf etgan? Nahotki biz ko’rib turgan narsalarning tashqi ko’rinishini qandaydir bir  umumiy narsa birlashtirib tursa? 

 Ushbu o’lchov qoidasining kelib chiqishi inson zotining aqliy salohiyatining natijasi emas. Ushbu oltin qoida matematik sonlar ketma-ketligi bilan bog’liq bo’lgan shunday munosabatki, bizni o’rab turgan bu olamdagi har bir yaratilmishda bu qoidani ko’rish mumkin. Ushbu qoidadan to’g’ri foydalangan holda ishlab chiqilgan tasvir ko’zga o’zgacha estetik zavq bag’ishlaydi. 

Sonlar ketma-ketligini  Fibonachchi nomi bilan mashhur bo’lgan italyan matematigi Lionardo Pizanskiy ilk bor kashf qilgan va fanga kiritgan. Shu sababli bu sonlar ketma-ketligi Fibonachchi ketma-ketligi deyiladi. Ketma-ketlikdagi sonlar juda sodda bo’lib, har bir son o’zidan keying ikkitasining yig’indisiga, ya’ni qo’shilganiga teng. 

Bu quyidagicha bo’ladi:

0+1=1+2=3+5=8+13=21+34=55+89=144 

Payqagan bo’lsangiz 0+1=1 ga 1+1=2 ga 2+3=5ga 5+8=11 va hakozo shu tartibda ketadi.

Shuningdek bu ajoyib ketma-ketlikda bir ajoyib qonuniyat bor. 

5:3=1,666

8:5=1,6

13:5=1,625

21:13=1,615

5 raqamidan boshlab istalgan sonni o’zidan oldingisiga bo’lsak, taqriban 1,6 raqami natijasi kelib chiqadi. 13 raqamidan boshlab raqamlarning natijasi taqriban 1, 618 chiqadi. 

233:144~1,618

377:233~1,618

610:377~1,618

987:610~1,618

1597:987~1,618

2584:1597~1,618

Aynan ana shu son 1,618 oltin raqam deb nom olgan. Yanada batafsilroq aytadigan bo’lsak, 1:1,618 nisbat. Bu raqamning chizmasini chizsak, diagrammasi kelib chiqadi. Bu esa ba’zilarga ma’lum bo’lgan oltin spiral bo’ladi. Aynan ana shu spiral bilan bog’liq shakllar dumyodagi deyarli har bir yaratilmishda uchraydi. Dengiz chig’anoqlari, shilliq qurt chig’anog’i, to’fonlar, gallaktikalar, o’simik va hayvonot olami va hakozolar. Insonnig yuz tuzilishi, butun tanasi ham aynan oltin taqsimot bilan uzviy bog’liq. Vep dizaynerlar ham aynan shu raqamlardan foydalanib yuqori natijalarga erishish mumkin. Shuningdek logotiplar yasashda ham Tvitter, Pepsi, Apple kabi mashhur kompaniyalar o’z logotiplarini yasashda aynan ushbu taqsimotdan foydalanganlar. 

Bundan dunyo o’z-o’zidan, tasodifan paydo bo’lmagan, balki, aniq o’lchov bilan Buyuk Yaratuvchi tomonidan yaratilganligiga yana bir bor amin bo’lamiz. Alloh subhanahu va taoloning qanchalik hikmatli va buyuk Yaratuvchi Zot ekanini qalbimizda yana bir bor qalbimizda qayd qilib qo’yishimiz zarur bo’ladi. 

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Eng go’zal yaratuvchi ya,ni yo’qdan bor qiluvchi bo’lmish Alloh buyukdir, barakotlidir.” (Mo’minun surasi 14-oyat.)

“U barcha narsani yaratib, xalq qilib qo’ygan Zotdir.” (A’la surasi 2-oyat)

Hadisi sharifda Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam ko’zguga qarasalar : “Allohim yaratilishimni go’zal qilib qo’yganingdek, xulqimni ham go’zal qilgin”, der edilar. 

Dunyodagi har bir yaratilgan mavjudot borki, o’z Yaratuvchisi haqida ma’lumot berib turadi. Buni faqat aql egalarigina tafakkur qilib anglaydilar va Alloh taoloning buyuk qudrati oldida bosh egadilar. 

Xadichai Kubro ayol-qizlar

Islom ta’lim muassasasi

4-kurs talabasi

Imomova Aziza.

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 170
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 184
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry