22.06.2022
325

Olamning Alloh taoloning birligiga dalil ekanligi

Qadimgi aqoid kitoblarida Alloh taoloning borligiga dalil keltirish odat bo’lmagan. Chunki bunga hojat bo’lmagan va ulamolarimiz insonlarning Allohning borligiga hech shubha qilmasliklariga ishonganlar. Bugungi kunimizga kelib bir qancha sabablar tufayli Allohning borligini rad qiluvchi toifalar ko’paygani uchun aqoid kitoblari dastlab Allohning borligiga dalil keltirish bilan boshlanadi.  

Alloh taoloning borligini isbot qilish aqoidning bosh masalasidir. Chunki aqoidning  boshqa masalalari aynan Alloh taoloning borligiga iymondan kelib chiqadi. Alloh taoloning borligiga dalil keltirish Allohning borligini inkor qiluvchi insonga qaratilgan bo’lgani uchun o’sha insonga  Qur’ondan dalil keltirishning hojati yo’q. Chunki Allohni  tan olmagan inson Qur’onni ham tan olmaydi.  Shuning uchun Allohning borligiga aqliy va ilmiy dalil keltirish kerak bo’ladi. 

 Buyuk Alloh tabarok va taolo atrofimizdagi olamlarni, hayvonot, nabodot, dengizlar olami, samo yo’li, son-sanog’i yo’q yulduzlar va
gallaktikalar moddiy  va ruhiy dunyolarning sohibi bo’lgan va birgina “Bo’l” deyishi bilan shuncha borliqni yo’qdan bor qilgan ulug’ zotdir.

         Bu olamlar shunchalar ko’p va shunchalar kengki, bizning ojizona
aqlimiz, ularni idrok qilolmaydi va barchasini qamrab ololmaydi. Zero, shu xilma-xillik ya’ni, turli olamlarning va jonzotlarning borligi shu behisob mavjudlik
 Buyuk yaratuvchining  mavjudligiga dalil emasmi?!

Alloh taoloning borligiga aqliy dalillarning birinchisi yo’qdan bor qilish dalili.

Agar o’ylab ko’rilsa, inson o’zini o’zi yarata olmaydi. Nafaqat o’zini, balki   narsani – biror tukni ham yo’qdan bor qila olmaydi. Inson farzandini ham o’zi yaratgan emas. Yarata olmaydi ham. Aqli bor bo’lgan inson buni tan oladi.

Ikkinchi dalil – inoyat dalili. 

Inson bir go’zal uyni ko’rsa va u go’zal, chiroyli tartibda qilingan bo’lsa, uni barpo qilgan odam o’ta didli, tadbirli kishi qilgan bo’lsa kerak, deb o’ylaydi. Tadbirli kishi uyni tartibini kuzatib turmasa uning go’zalligi yo’qoladi. Endi inson borliqqa nazar solsin. Undagi mutanosiblikni, aql lol qoladigan darajadagi tartibni ko’rib, uning yaratuvchisi, bor qiluvchisi borligini tafakkur qiladi.

Uchinchi dalil – harakat dalili.

Dunyodagi  barcha narsalar harakatdadir. Yer, quyosh, oy, yulduzlar harakat qiladi.

  Ular  aniq o’lchov bilan harakatdadir. Bunday aniq o’lchovni Yaratgan Zotdan boshqa hech kim qila olmaydi.                                                                                                                                                                                                                                                     Alloh taolo inson zotini yaratganida farishtalar olamidanda 
mukarram etdi va insonga sajda ettirdi. Farishtalar bilmaydigan o’zining 
go’zal ilm sifatlarini o’rgatdi. Bu bilan buyuk yaratuvchi insonni tafakkur, 
aql yuritish xislati va fazilati bilan rizqlantirdi. Shuningdek biz olamlar yaratilishidagi ma’lumotlarni manbai sifatida Qur’on Karimga yuzlanamiz.
Undagi naqliy dalillarni aql bilan tasdiq etamiz. Mana shu harakatlar 
Olamning Allohning borligiga dalil sifatida xizmat qilib, uning tavhidi bu 
yagona Zot ekanligining isbotidir. 

Biz yashayotgan mana shu olam Buyuk yaratuvchining qudrati qanchalar buyuk ekanligiga  dalolat qilar ekan, bizning Uning qudrati oldida hech kim emasligimiz namoyon bo’ladi. Shunday ekan Buyuk Yaratuvchiga bandalik qilishimiz, Unga doim  hojatmand ekanligimizni tan olishimiz bizning oily vazifamiz bo’lib qoladi.

Xadichai  Kubro ayol-qizlar

Islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi

Imomova  Aziza.

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 170
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 184
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry