23.06.2022
407

Rosululloh sollallohu alayhi  va sallam jannatda ko’rgan ayol

Sahobiya ayollarimiz har qanday zamonda, har qanday vaqtda, har qanday sharoit, holatlarda ham biz muslimalar uchun ibrat, namuna maktabi bo’lib kelishgan. Xazraj qabilasining Najjor urug‘idan bo‘lib, asl ismlari Rumayso bo’lgan Ummu Sulaym roziyallohu anho mana shunday sahobiya ayollarimizdan biri bo’lganlar. Ummu Sulaym roziyallohu anhoni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan o‘rtalarida dindosh birodarlikdan tashqari qondoshlik ham bor . Najjor urug‘i Payg‘ambarimizning otalari Abdullohga tog‘a bo‘lar edi. 

Janglarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlarida jang qilib shahid bo‘lgan etmish qorining biri Harom ibn Milhonning singlisi. Uboda ibn Somitning ayoli Kibris fathida shahidlik topgan Ummu Harom binti Milhonga egachi hamda mashhur sahobiy Anas ibn Molikning roziyallohu anhu volidai mukarramasi hisoblanadilar. 

Ummu Sulaym roziyallohu anho Molik ibn Nazr bilan turmush qurgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning da’vatlari etganida Madinaliklar orasida birinchilardan bo‘lib Islomni qabul etdilar. Rosululloh sallallohu alayhi vasallam: “Jannatga kirdim. Qadam tovushini eshitdim. Qarasam oldimdada Rumayho turibdi”, dedganlar. 

Shundan keyin oddiy bir muslima sifatida yaxshiliklar tilab, eri Molikni islomga chaqirdi. Ammo Molik ibn Nazrning johilligi tutdi, xotinidan qattiq g‘azablandi. Oilasini tashlab, Shomga ketdi va ko‘p o‘tmay o‘sha erda halok bo‘ldi. 

Shunda Ummu Sulaym roziyallohu anho: 

«O‘g‘lim Anas ulg‘ayib, majlislarda o‘tiradigan bo‘lmagunicha turmushga chiqmayman», deb so‘z berdi. 

Yillar o‘tdi. Anas ulg‘aydi. U onasining haqqiga: «Ey Alloh! Onam tarbiyamni chiroyli qildi. Ajrini O‘zing ziyoda etgin», deb duolar qildi. 

Ummu Sulaym roziyallohu anho o‘g‘li Anasning tarbiyasi uchun ko‘p qayg‘urdi. Islom dini ta’limotlarini murg‘ak qalbiga quyib bordi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida esa, o‘g‘lini u Zot sollallohu alayhi vasallamga batamom topshirdi. Anas roziyallohu anhu uchun Payg‘ambar sollallohu  alayhi vasallam xonadonlari madrasa, Sarvari Olamning o‘zlari muallim bo‘ldilar. 

Bir kuni u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Xodimingiz Anasning haqqiga Allohga duo qiling", deb o‘tindi. 

Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam: 

"Parvardigoro, Anasning moliga, bolalariga va yana O‘zing ato etgan boshqa narsalariga baraka ber", deb duo qildilar. Shu duo ijobatidan Anas roziyallohu anhu uzoq va barakali umr kechirdi, yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz va nevaralar ko‘rdi. 

Anas ulg‘aygach, Ummu Sulaym roziyallohu anhoga Abu Talha ismli boybadavlat, ammo Islomga kirmagan kishi sovchi yubordi.

Ummu Sulaym roziyallohu anhoning kelinlik uchun olinadigan boyliklarni o‘zga bir insonning iymoni deya "qurbon berishi" Abu Talha roziyallohu anhuning vujudiga titroq soldi. Bunday taklifni rad etishga javob topolmadi. Alloh taolo davlatli va hech kimga so‘z bermagan bir johil bandani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jannatda ko‘rdim, deb bashorat bergan ayol sababidan hidoyatga boshladi. 

Shunday qilib, Abu Talha roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlarida musulmon bo‘ldi. Keyin Ummu Sulaym roziyallohu anhoning gaplarini aytdi. U zot Ummu Sulaym roziyallohu anho bilan Abu Talha roziyallohu anhuni o‘sha shartga muvofiq nikohlab qo‘ydilar. Odatda ayollar o‘zlari uchun tayyorlanadigan seplarga, mahriga beriladigan oltin-u kumush taqinchoqlarga jiddiy e’tibor berishadi. Ammo bizning qahramonimiz Ummu Sulaym roziyallohu anho bu borada ayol zotiga qiyomatga qadar bir xayrli ibrat qoldirdi. 

Sobit Banoniy bu haqda: "Ummu Sulaym olgan mahrdan kattaroq mahr olingani ma’lum emas", degan edi. 

Ummu Sulaym roziyallohu anho Abu Talha roziyallohu anhu bilan saodatli hayot kechirdi. Alloh taolo ularni shirintoy bir o‘g‘il bilan siyladi. Abu Talha roziyallohu anhu o‘g‘liga shu qadar mehr qo‘ydiki, uni hech kimga ishonmas, hayotini suyukli farzandisiz tasavvur etolmas edi. 

Alloh taolo mahr bobida Ummu Sulaym roziyallohu anho sababidan bir ibrat qoldirgani kabi muslima onalar uchun uning hayotida yana bir namuna bo‘lishini iroda qildi. 

To‘satdan uning go‘dak o‘g‘li kasallikka chalindi. Bu hol Abu Talha roziyallohu anhuning fikru xayolini mashg‘ul etdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib-kelib turar, kelgan zahoti o‘g‘lining ahvolini so‘rar edi. Ana shunday kunlarning birida o‘lim bu ma’sum go‘dakni ularning bag‘ridan uzib oldi. Abu Talha roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yonlarida edi. Sho‘rlik ona ne qilsin? Ko‘zining oqu qorasini, jigar porasini yo‘qotdi! Hammamiz bilamizki, onalar bunday holatda o‘zlarini yo‘qotadilar, dodfaryod qiladilar, yoqalarini yirtadilar. 

Ummu Sulaym roziyallohu anho bu o‘rinda ham Momo Havo qizlari ichida mumtoz ekanini ko‘rsatdi. Avval bolani yuvdi, kafanladi, xushbo‘y narsalar sepdi, ustiga kiyim yopib qo‘ydi. So‘ng Anas roziyalohu anhuga bolaning vafoti haqida hech narsa demaslikni tayinlab, Abu Talha roziyallohu anhuni chaqirib kelish uchun yubordi. 

Abu Talha roziyallohu anhu kelishi bilan o‘g‘lining ahvolini so‘radi. Ummu Sulaym roziyallohu anho: 

"Uxladi Xudodan so‘raymanki, shoyad shu uyqusi rohatli bo‘lsa", deb javob qildi. 

Abu Talha roziyallohu anhu xotinining bu javobidan: "Bola sog‘ayib qolibdi", deb gumon qildi. O‘sha kuni u ro‘za tuggan edi. Iftorlik qildi.Tun kirdi. Shunda ham Ummu Sulaym roziyallohu anho qalbidagi mahzunlikni bildirmadi. Xushbo‘ylanib, ziynatlanib, erining yonida bo‘ldi. Tunni birga o‘tkazishdi. 

Tong otdi. Eri masjidga otlanar ekan, Ummu Sulaym roziyallohu anho sekin gap boshladi: 

,,Abu Talha roziyallohu anhu agar bir kishidan omonat berilsa, so‘ng egasi u narsani so‘rasa, olganlar uni qaytarmaslikka haqlari bormi?”deb so‘radi. 

—Yo‘q, omonat egasiga qaytariladi. Bermaymiz deyishlariga haqlari yo‘q. Shunda Ummu Sulaym rodiyallohu anho maqsadga ko‘chdi: 

Alloh bizga omonatga o‘g‘il bergan edi. Endi o‘sha omonatini qaytarib oldi.  Abu Talha rodiyallohu anhu: 

"Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" (Biz Allohnikimiz va biz unga qaytajakmiz), dedi. Boshqa hech so‘z ayta olmadi, chiqib, Rasulullohning huzurlariga bordi. Namoz o‘qidi. So‘ng kecha shom arafasida o‘g‘li vafot etganini, bundan bexabar tunni xotini bilan o‘tkazganini bayon qildi. Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunda: 

,,Bu kechangizni Alloh barakotli qilsin, — deb duo qildilar. 

Alloh Rasulining duolariga osmon eshiklari ochildi. Suyukli farzandlarini yo‘qotgan bu oilaga Alloh taolo Abdulloh ibn Abu Talha roziyallohu anhuni berdi. Abdulloh roziyallohu anhuni esa to‘qqizta farzand bilan siyladi. Hammalari hofizi Qur’on bo‘lishdi. Ayniqsa, to‘ng‘ichi Is’hoq ibn Abdulloh roziyallohu anhu yirik faqih darajasiga ko‘tarildi. 

 

 

Xadicha Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi

4-bosqich talabasi Abduhamitova Gavharoy

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 215
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 330
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 323
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry