02.03.2023
248

Sahobiya ayollar

Sahobiya ayollar 

Ayollarning yaxshisi, e'tiborlisi erlariga itoatda bo’luvchi mo’mina ayollardir. Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: 
"Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo’g’ligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o’z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. (Niso surasi, 34-oyat).  
Tarixda ana shunday mo’mina, siddiqa, zohida, olima, obida ayollar juda ko’p o’tganki, ulardan har birining tarixi, ibratli hayoti bir kitobga mavzu bo’lguday. Bular insoniyatga Is'hoq, Ismoil, Muso, Iso (alayhimussalom) payg’ambarlarni  
tug’ib, tarbiyalab bergan Sora, Hojar,  Maryam kabi ulug’ volidalar, baxtiyor onalar, zolim Fir'avnning mo’mina xotini Osiyo, birinchi va eng taqvodor so’fiya Robi'a al-Adaviyya, Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo, hazrati Alining qizlari Zaynab, olima va fozila ayol Nafisa binti Hasan kabilarning qissalaridir.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat etilgan hadisda shunday marhamat qilinadi:  
" Payg’ambarimiz bir kuni yerga to’rtta chiziq chizdilar va "Bu nima, bilasizlarmi?", deb so’radilar. Sahobalar:"Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq", deb javob berishdi. Payg’ambarimiz " Bular jannatning eng afzal ayollari - Hadicha binti Huvaylid, Fotima binti Muhammad, Maryam binti Imron, Fir'avnning xotini Osiyo binti Mazohimdir", deb javob berdilar. (Imom Ahmad rivoyati) 
Payg’ambar alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat, muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’, badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch, dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi. Kenja zavjalari hazrati Oisha roziyallohu anhu Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p jonbozlik qildilar. Payg’ambar alayhissalomning qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va Husaynlarday tabarruk insonlarni dunyoga keltirgan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar. Ularning hayot yo‘llari biz ummat ayollariga o‘rnak edi. Ular o'zlarining din yo'lida ko'rsatgan jonbozliklari uchun ham ummatning ustunlari bo‘lgan Anaslar, Abdullohlar, Buxoriylar yetishib chiqqan. Alloh ularning barchasidan rozi bo‘lsin. Mo’mina onalarimizning, Allohga itoatda, toatda, qanoatda barchaga namuna bo’lgan ulug’ ayollarimizning hayot yo’llari, haq yo’lidagi fidoyiliklari va sadoqatlari qiyomatgacha mo’min-musulmonlar uchun ibrat bo’lib qolaveradi, Inshaalloh!

Manbalar asosida tayyorlandi. 

Muallif: 3-kurs talabasi Muzaffarxonova Robiya 
Mas'ul o'qituvchi: Gaipova Joziba

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 215
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 330
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 323
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry