15.03.2023
269

Abu Iso at Termiziy - buyuk muhaddis va yetuk alloma

Olamlarni yo'qdan bor etgan, bandalariga O'zini tanitish uchun payg'ambarlar yuborgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar bo'lsin!
Bashariyatga Robbini tanitib, ummatlarini ikki dunyo saodati yo'liga yo'llagan hidoyatchimiz, shafoatchimiz, hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo'lsin! Yurtimiz Islom nuri ila munavvar bo'lgan asr insoniyat tarixida Sharq uyg'onishi davri deb ataladi. O'sha asrdan boshlab diyorimizda butun dunyoga mudarris bo'lgan, butun Islom olamida etirof qilingan buyuk allomalar yetishib chiqa boshlagan. Xususan, Islom ummatiga Qur'oni Karimni tafsir qilish hamda sahih hadisi shariflarni yetkazish va sharhlash borasida buyuk vatandoshlarimizning xizmati beqiyos bo'lgan.
Ana shu buyuk muhaddislardan biri – buyuk vatandoshimiz imom Termiziy rahmatullohi alayhdir. Uzotning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209 (milodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam'oniy at-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham atalganini, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi. 
 Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligidan, shuningdek, olim tug‘ilgan Bug‘ qishlog‘i Termiz shahriga yaqin bo‘lib, ma'muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlash mumkin.
At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar keltirilmagan. At-Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o‘ta qiziqishi tufayli o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Shu bilan bir qatorda at-Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plashga alohida e'tibor bilan qaraydi.O'z ijodiy faoliyati davrida at-Termiziy o‘ndan ortiq asarlar yaratdi. Uning madaniy merosida, shubhasiz, «Al-Jomi'» asari katta ahamiyatga egadir. Bu asar «Al-Jomi' as-sahiyh» («Ishonchli to‘plam»), «Al-Jomi' al-kabiyr» («Katta to‘plam»), «Sahiyh at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomlari bilan ham yuritiladi.
Muallifning yirik asarlaridan yana biri «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari»)dir. Bu asar «Ash-shamoil Muhammadiyya», «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam» nomlari bilan ham ataladi. Bu asarda keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib insonlarni halol, adolatli, iymon-e'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota- ona, ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo'lishga chorlaydi. Bu ibratli pand-nasihatlar va o'gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Imom at-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo'lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir.

Mas'ul ustoz: Gaipova Joziba
3 kurs talabasi: Asqarova Shahnoza

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 210
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 325
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 317
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry