Moturidiy va Ash'ariylar orasidagi farqlar.
Moturidiy aqidasi bilan Ash'ariy aqidasi o‘rtasida bir necha masalalarda qarama-qarshiliklar bor. Ularni ba'zi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar.
O‘n birinchi asrning ulamolaridan biri Kamoliddin Bayoziy Hanafiy o‘zining “Isharotul marom min ibarotil imom” asarida Moturidiy va Ash'ariylar orasidagi farqli masalalarning elliktasini keltirib o‘tadi.
Ahli Sunna val jamoa mazhabining ikki katta imomlarining aqidalarini solishtirib ko‘rgan shayx Muhammad Abduh ikki tomon o‘ttizga yaqin masalada xilof qilganlarini, ammo aksar ulamolar bu xiloflar faqat lafzda ekani, javhar esa tamoman bir-biriga o‘xshash ekanini ta'kidlashlarini qayd qilgan.
Bu masalani chuqur o‘rgangan mutaxassislardan Ahmad Amin o‘zining «Zuhrul Islom» nomli kitobining 4 – juzida «Moturidiy va Ash'ariy farqli qaragan masalalar haqida alohida kitoblar ham bitilgan. Ba'zilar ularni qirqta masalaga yetkazgan», degan. Shu bilan birga boshqa olimlar kabi Ahmad Amin ham mazkur masalalardagi farqlanishni xilof deb bo‘lmasligini ta'kidlab «Menimcha, ularning orasidagi xilof lafziy bo‘lgan, xolos», deydi.
Moturidiy va Ash'ariylar farqli qarashgan masalalarni bu shaklda bo‘lishiga ikki imomning o‘zlari ergashgan fiqhiy mazhablari ta'sirida bo‘lganligi ochiq – oydin ko‘rinib turadi.
3-kurs talabasi Muzaffarxonova Fazilat