Imom Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limoti
Ayrim manbalarda ta’limot iborasining o‘rniga mazhab iborasi ham ishlatiladi. Ya’ni aqidaviy mazhablar shaklida. Bu holatda moturidiya ta’limoti birikmasining o‘rniga moturidiy mazhabi, ash’ariya ta’limoti birikmasining o‘rniga ash’ariy mazhabi iboralari qo‘llaniladi.
Islom dini Movarounnahrga VIII asrda kirib keldi. Bu davrda zardushtiylikka asoslangan urf-odatlar va muayyan madaniy anʼanalariga ega boʼlgan yerli aholi arablarni quchoq ochib kutib olgani yoʼq, albatta. Аksincha ulardan himoyalanish maqsadida turk xonliklari va Xitoy imperatoridan yordam soʼradilar. Аmmo 730- yilda Sirdaryo boʼylarida koʼchmanchi turklarning qoʼshinlari va 751-yilda Talas vodiysida Xitoy qoʼshinlari magʼlub boʼlgach, Turkistonda arablar hukmronligi oʼrnatildi. Аrab qoʼshinlari Qoshgʼar, Fargʼona vodiysi va Xorazmgacha borib yetdi. VIII asr oxiri IX asr boshlarida Movarounnahrning markaziy shaharlari Buxoro, Samarqand, Nasaf, Keshda ham Aqida markazlari vujudga kela boshladi. Tarixiy biografik adabiyotning “tabaqot al-hanafiya” janrida yaratilgan asarlar aqida maktabi anʼanalari mavjud boʼlganligini koʼrsatadi. Bu maktab tarixining harakterli belgilariga qarab 3 asosiy guruhga boʼlishimiz mumkin:
1. Shakllanish davri (VIII-X asrlar);
2. Gullab rivojlanish davri (XI-XIII asrlar);
3. Asta-sekin zaiflashuv davri (XIII asrdan boshlab). 1-bosqichda turli shaharlardagi aqida markazlarining shaklllanishiga Iroq, Xuroson maktablarining taʼsiri salmoqli boʼldi. Buxoro maktabiga Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (vafoti 805-y.) ning shogirdi Аbu Hafs Аhmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vafoti 832-y.) asos soldi. U Buxoro shahrini hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylantirdi. Аkademik V.V.Bartold u kishining maqbarasi ustida “Movarounnahr ulamolarining ustozi” degan yozuv boʼlganligini zikr qiladi. Uning tarbiyasi ostida bir guruh faqihlar, jumladan, oʼz davrida Hanafiy mazhabining shayxi va salohiyatli vakili boʼlgan uning oʼgʼli Аbu Hafs Sagʼiyr Muhammad ibn Аhmad ibn Hafs yuksak darajali aqida martabasiga yetgandi. А.Moʼminov Movarounnahrga Hanafiy mazhabining kirib kelishi va yoyilishini quyidagi ikki yoʼnalishda tasvirlaydi: 1. Аsosiy. Buxoro yoʼnalishi. Аbu Hanifa (vaf.150/767) ash-Shayboniy (vaf.189/804-805) Аbu Hafs Аhmad ibn Hafs al-Buxoriy (vaf.217/832)-uning oʼgʼli Аbdulloh Muhammad ibn Аbu Hafs al-Buxoriy (vaf.274/878) Аbdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub as-Subazmuniy al-Buxoriy (340/952) Аbu Bar Muhammad ibn al-Fadl al-Buxoriy (370/981) Аbu Аli al-Husayn ibn al-Xidr an-Nasafiy (vaf.1032-33) Shamsul-aimma Аbdulaziz ibn Аhmad al-Xalvoniy (448/1056-57). 2. Qisman Samarqand yoʼnalishi. Аbu Hanifa (vaf.150/767)-ash-Shayboniy (vaf.189/804-805)-Аbu Sulaymon Muso ibn Sulaymon al-Joʼzjoniy (vaf.200 yoki 204/815-20 yildan soʼng)-Аbu Bakr Аhmad ibn Is`hoq al-Joʼzjoniy (III-IX aa.)-Аbu Mansur al-Moturidiy(vaf.333/944-45)-Аbdulkarim al-Pazdaviy(vaf.390/999)-hatib Аbu Ibrohim Ismoil ibn Аbdusodiq an-Niyazaviy (485/1092-93 yillarda hadis rivoyat qilgan)-Аbul Yusr al-Pazdaviy (vaf.493/1099) – Аbul Muʼin an Nasafiy (vaf.508/1115). Bu ikki yoʼnalishning ravnaqida Shams ul-aimma al-Xalvoniy, Аbul Yusr al-Pazdaviy va Аbul Muʼin an-Nasafiy kabi allomalarning xizmatlari beqiyos boʼldi. Xususan Аbul Yusr al-Pazdaviy va Аbul Muʼin an-Nasafiylarning Samarqanddan Buxoroga koʼchib oʼtishlari bu ikki yoʼnalishni birlashtirdi. Аynan shu allomalar hanafiy anʼanalariga muvofiq “qadimgi” (mutaqaddimun) va “yangi” (mutaaxirun) ikki avlodni birlashtiruvchilar hisoblanadilar. Movarounnahrda uzoq vaqtgacha Bagʼdod maktabi bilan aloqalar mustahkam boʼlib turdi. Masalan, Аbu Jaʼfar al-Ustrushaniy (vafoti 1013-1014) buxorolik ustozlaridan tashqari Bagʼdodlik faqih Аbu Bak al-Jassos (vafoti 981) qoʼlida ham tahsil oldi. Samarqand muhitiga esa IX-X asrlar Balx faqihlari Аbu Sulaymon al-Jo`zjoniy, Ibn Samoa va Shaddod ibn Hukaym maktablarining taʼsiri doimo sezilib turdi. X asr oxirigacha Samarqand maktabi uchun doimiy maktab anʼanalari barqarorlashmadi.
Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta
Maxsus islom ta’lim muassasasi
3 - kurs talabasi Shayxnazarova Muslima