29.07.2023
388

AYOLLAR QABRISTONGA BORSA BO‘LADIMI?


Dinimizda qabr ziyoratiga ruxsat berilgan, balki targ‘ib ham qilingan. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam:

"كنت نهيتكم عن زيارة القبور، فزوروها؛ فإنها تزهد في الدنيا، وتذكر الآخرة"

ya’ni: “Sizlarni qabr ziyoratidan qaytargan edim. Endi ziyorat qilaveringlar. Chunki, u dunyodan qaytaradi va oxiratni eslatadi”, deganlar. (Ibn Moja rivoyat qilgan).

Ulamolar ushbu hadisni qabr ziyoratiga ruxsat berish uchun asos qilib keltiradilar. Biroq ayollarning his-hayajonlari erkaklarnikidan farq qiladi. Shu bois kitoblarimizda ayollarning qabristonga borishi borasida bir necha xil fikrlarni uchratishimiz mumkin. Ibn Obidiyn rahmatullohi alayhi “Raddul muhtor” kitoblarida ushbu masaladagi turli qarashlarni keltirgach, ularning ortidan Xayruddin Ramliyning quyidagi so‘zlarini keltiradi:

إنْ كَانَ ذَلِكَ لِتَجْدِيدِ الْحُزْنِ وَالْبُكَاءِ وَالنَّدْبِ عَلَى مَا جَرَتْ بِهِ عَادَتُهُنَّ فَلَا تَجُوزُ ، وَعَلَيْهِ حُمِلَ حَدِيثُ { لَعَنَ اللَّهُ زَائِرَاتِ الْقُبُورِ } وَإِنْ كَانَ لِلِاعْتِبَارِ وَالتَّرَحُّمِ مِنْ غَيْرِ بُكَاءٍ وَالتَّبَرُّكِ بِزِيَارَةِ قُبُورِ الصَّالِحِينَ فَلَا بَأْسَ إذَا كُنَّ عَجَائِزَ .
وَيُكْرَهُ إذَا كُنَّ شَوَابَّ كَحُضُورِ الْجَمَاعَةِ فِي الْمَسَاجِدِ

“Agar ayollarning qabristonga borishi odatdagidek, yig‘lash, qayg‘ularni yangilash va o‘liklarni maqtab jar solish uchun bo‘lsa  bu joiz emas. “Qabr ziyorat qiluvchi ayollarni Alloh la’natlasin”, ma’nosidagi hadis ham mana shunday ayollarga qarata aytilgan. Agar yoshi katta ayollar ibratlanish, yig‘i-sig‘i qilmay, o‘tganlarga rahmat so‘rash va solih insonlarning ziyoratidan tabarruk hosil qilish uchun borsalar, buning zarari yo‘q. Agar yosh ayollar bo‘lsa, ularning qabristonga borishlari xuddi masjidga borishlari kabi makruhdir”.

Alloma Ibn Obidiyn ushbu iboralarni keltirgandan so‘ng masalaga quyidagicha xulosa yasaganlar:

وَهُوَ تَوْفِيقٌ حَسَنٌ

ya’ni: “Xayruddin Ramliyning ushbu xulosalari mazkur masaladagi har-xil so‘zlarni go‘zal shaklda muvofiqlashtirish hisoblanadi” (“Raddul muhtor” kitobi).

Demak, ulamolarimizning yuqoridagi so‘zlaridan yoshi katta ayollar erkaklarga aralashmagan holatda, satri avratga rioya qilib, yig‘i-sig‘i qilmay, ibratlanish maqsadida qabristonga borib o‘tganlarini ziyorat qilib, ularning haqlariga duo qilib kelishlari joiz ekani kelib chiqadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 173
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 189
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 229
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry