14.11.2023
198

Alloh taoloning iroda sifati

Allohning irodasi degan gapning ma’nosiga e’tiqod qilish va uning taqozosiga ko‘ra hayot kechirish musulmonchilikning zaruriyatlaridan hisoblanadi. Shunga asosan, dunyo va oxiratdagi biz uchun foydali yoki zararli barcha-barcha narsalar Alloh taoloning irodasi bilan yuzaga kelgan, deb e’tiqod qilamiz. Allohning irodasi haqidagi ushbu e’tiqodni to‘g‘ri tushunish ko‘plab tushunmovchiliklarga barham beradi. Alloh taolo bandaning gunoh qilishini iroda qilib, so‘ng uni o‘sha qilgan gunohi uchun jazolashi zulm bo‘lmaydi. Chunki zulm man etilgan ishni qilish bilan bo‘ladi. Alloh taoloning ishlarida esa man etilgan ish bo‘lmasligi sababli bu ish zulm hisoblanmaydi. Qolaversa, banda Alloh taoloning unga nimani iroda qilganini bilib, keyin o‘sha ishni qilmaydi. Balki, shariat talab qilgan ishlarni bajarishga va man etgan ishlardan saqlanishga buyurilganini biladi.  Shunga ko‘ra, bandaga beriladigan jazo Allohning irodasini amalga oshirgani uchun emas, balki talab qilingan ishlarni bajarmagani va man etilgan ishni sodir etgani uchun berilgan bo‘ladi. Agar Alloh taolo bandaga gunoh ish qilishni man qilmaganida, bandaning gunoh ishni sodir etishi itoat qilish bo‘lib qolardi. Alloh taolo esa bandani gunoh ishlardan man qilgan. Shuning uchun bandaning gunoh ishni qilishi man qilingan ishni sodir etish sanaladi. “iroda” sifati rozi bo‘lingan narsani ham, rozi bo‘linmagan narsani ham o‘z ichiga oladi. Chunki butun borliq Alloh taoloning mulki, Uning mulkida faqat U zot xohlagan narsalargina vujudga keladi. Shuning uchun yaxshimi, yomonmi biror narsa U zotning irodasisiz vujudga kelmaydi.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Orifjonova Oisha.
Mas’ul ustoz: Muhammadxodjayeva Sanobar.

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 169
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 183
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry