QABRDAGI VOQEALAR HAMDA JANNAT, DO'ZAX, SIROT VA MEZON KABI OXIRATGA TEGISHLI MASALALAR
Ba'zi insonlar farishtalar va jinlarning borligini qanday asosga ko'ra inkor qilganlari kabi jannat, do'zax, sirot kabi narsalarni ham inkor qiladilar. Bu kabi barcha shubhalarning xulosasi quyidagichadir: ruhi yo'q jasad qabrga qo'yiladi. Shunday bo'lgach bu jasad qanday qilib og'riq va rohatni inkor qilishi mumkin? Quloqlari ishlamasa qanday eshitadi? Tili ishlamasa qanday javob beradi? Jannat va do'zax bor bo'lsa qayerda joylashgan? Sirot shunchalik ingichka bo'lsa undan qanday qilib o'tish mumkin? Va boshqa bir qator shu kabi savollar. Ushbu shubhalarning barchasiga mushtarak bo'lgan javob quyidagichadir: Bu shubhalarning barchasi odatdan yiroq sanashdir.Odatdan yiroq qilish esa o'sha narsaning yo'qligiga isbot bo'lmaydi. Quloq ishlamasdan eshitish, tilsiz gapirish haqidagi xabarlarga ishonishga keladigan bo'lsak, aqlan olib qaralganda idrok qilish uchun ushbu vositalar bo'lishi shart qilinmaydi. Balki bu vositalar oddiy shartlardir. Jannat va do'zaxga keladigan bo'lsak, ular asrimiz olimlari cheksiz deb bilgan ushbu keng fazoda joylashgan ham bo'lishi mumkin. Sirotdan o'tishga kelsak, zohiran odatdan yiroq sanalsa-da, aqlga zid ekani lozim bo'lmaydi. Amallarni tortib o'lchashga kelsak, har bir amal bir sahifaga yozilgan bo'lishi mumkin. Sahifa esa jism. Shunday ekan naqliy hujjatlardan ham bilinadi. Yaxshi amallar ko'payishi bilan ushbu sahifalarning vazni ham albatta ortib borayotgan bo'lishi mumkin. Tana a'zolarining nutq qilishiga tegishli shubhalar ham mana shu kabi, deyish mumkin. Magnitafonni ko'rganimizdan keyin ushbu ishni odatdan yiroq sanash ham barham topdi.
Muallif: Muhsina YUSUFIY
Mas’ul ustoz: Muattar AXMEDOVA