25.12.2023
225

Tasavvuf va soxta tariqatchilarning xaqiqatdan uzoq da’volari


Tasavvuf – islom dini bagrida paydo bolib, Allohga etish darajasida komillikka davat etgan, insoniyat manaviy taraqqiyotida ijobiy ahamiyatga ega bolgan talimot. Islom tarixida tasavvufning bir necha tariqatlari shakllandi, yoyildi, oz atrofida tarafdorlar paydo qildi. Shu jumladan, “Naqshbandiya” – tasavvuf tariqatlarining eng songgisi. U xojagon tariqati sifatida XII asrda Xoja Abdulxoliq Gijduvoniy (1103 – 1179 yillar) tomonidan shakllantirildi. XIV asrda esa Xoja Bahouddin Naqshband (1318 – 1379 yillar) tarafidan takomilga etkazildi va xojagon-naqshbandiya tariqati, deb yuritildi.XV asrdan boshlab Abdurahmon Jomiy tashabbusi bilan “Naqshbandiya”, deya nomlandi. Bugungi kunda dunyoning koplab mamlakatlarida bu tariqati davomchilari bor. Bu tasavvuf talimotining shiori - “Dil – ba yor-u, dast – ba kor” (“Kongling Allohda, qoling ishda bolsin!). Shariatda farz bor, sunnat bor. U musulmonlarning kundalik hayotida dasturulamal bolib xizmat qiladi va ularning amallarini yanada gozallashtiradi. Ammo na farzda, na sunnatda: “Komil musulmon bolish uchun, albatta, bir pirga qol berib, unga murid tushish kerak”, – degan talab yoq. Ammo ba’zi soxta tariqatchilar: Qurbonali Ahmedov oz chiqishlarida shuni asosiy shart qilib qoyyapti:“Insonning ruhoniyatni tanimasligi – uning qalb kozi ochilmaganidir....«Nima qilsa ruhiy kozni ochish mumkin?» degan masalaga kelsak, u – yol korsatuvchi orqali amalga oshishini takidlab aytamiz.«Yol korsatuvchi kim?» - deydigan bolsak, albatta, u pir! Yani, bandaning ruhiy kozi, qalb kozi pirga qol berib, pirning etagidan ushlagandagina ochiladi. «Pirsizning piri - shaytondir» deyilgan maqol xuddi shu mavzuga taluqli qilib aytilgan.
Tasavvuf tarixidan bilamizki, avval – shariat, keyin – tariqat. Tariqat aslo shariatsiz amalga oshmaydi. Shunday ekan, tasavvuf shariatning biror-bir talabiga zid kelishga haqli emas. Hatto, hazrat Xoja Bahouddin Naqshbandning ozlari: “Sunnat mutobaati rioyati ulug ishdurki, har kishi bu tariqimizdan yuz uyursa (ogirsa), anga din xataridur” (“Naqshbandiya” jurnali, 2014 yil), deganlar.. Zero, ilmsiz, guluvga ketgan ”pir”ga qol berish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Illo na Quronda, na hadislarda: “Pirga qol bermay turib musulmon bolish mumkin emas”, – deyilgan joy yoq.
Qurbonali Ahmedovning tarafdorlari tomonidan tarqatilgan malumotlardan yana iqtibos keltiramiz: “Nimaga hozir arvohga, jonga, Ruhga, Ruhoniyatga, Nurga, Pirga imon keltirgan ota-bobolarimizning ishonchini tark qilayapmiz?”.
Bunday fikrlarni aqida sifatida kotarib yurish ayni shakkoklik va dinda chiqishning ozidir. Chunki imon nima ekanini, islom nima ekanini Quroni karim va Muhammad alayhissalomning hadisi shariflaridan bilib olinadi. Kimlarningdir bu boradagi qarashlari va tasavvurlaridan emas. Shuning uchun ham Paygambar alayhissalom koplab hadislarida ummatlarini ogohlantirib: “Kim bu ishimizda (yani islom dinida) undan bo`lmagan biror yangilik paydo qilsa, u marduddir” deganlar. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan).

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Abdurahmonova Mohro‘ya
Mas‘ul o‘qituvchi: Axmedova Muattar

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 169
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 183
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry