31.12.2023
229

Alloh taolo osmondami?

Alloh subhonahu va taolo yaratilgan narsalardan birortasiga o‘xshamaydi! Yaratilishi mumkin bo‘lgan narsalar Alloh taologa o‘xshamaydi! Alloh taoloning zoti o‘xshamaganidan keyin, uning sifatlari ham yaratilgan yaralmishlarning birorta sifatlariga o‘xshamaydi! Mana shu ahli sunna val jamoaning eng sof aqidasidir! Bu borada ahli sunna val jamoaning ikki yirik yo‘nalishidagi ash’ariy va moturidiy mutakallimlari bir xil fikrdadirlar. Bizning xalqimiz ham barcha sog‘lom aqidali mo‘min-musulmonlar kabi ana shu aqidada ustuvordirlar.
Ma’lumki, yaratilgan maxluqotlar, odamlar hamda boshqa jonli va jonsiz narsalarning sifatlaridan ayrimlari bir joydan boshqa joyga o‘tish, ko‘chish, o‘tirib-turish, makonga ega bo‘lishdir. Buyuk Alloh taolo ana shu sifatlardan pok va munazzahdir! Farishtalar osmonda bo‘ladilar, Alloh osmonda emas! Alloh makondan xoli, makonga muhtoj emas! Alloh Arshda ham emas, Arsh-Kursiyga o‘tiruvchi ham emas!
Agar bir kimsa "Alloh taolo osmonda maskan tutgan yoki zoti ila osmon ustida joylashgan",  deb aytsa, unga bunday deb ayting: "Agar sening ushbu gapingni to‘g‘ri deb faraz qiladigan bo‘lsak, unda biz quyida keltiradigan oyatga ko‘ra Alloh taolo o‘ziga o‘zi ibodat qiladigan bo‘lib qoladi.
«Osmonlaru yerdagi barcha kimsalar Rohmanga banda bo‘lgan hollarida kelurlar». [Maryam, 93].
Ya’ni, qiyomat kuni osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga banda bo‘lgan holatda mahshargohga keltiriladi.
Agar Allohni osmonda deydigan bo‘lsak unda u Zot o‘z nafsiga o‘zi molik (ega, xo‘jayin) bo‘lib qoladi.
«Osmonlardagi narsalaru yerdagi narsalar, ularning orasidagi narsalaru yer ostidagi narsalar Unikidir».  [Oli Imron, 83].
Ya’ni, barcha barcha narsalar Allohning mulkidir. Ammo u Zotni osmonda desak, unda o‘zi o‘ziga mulk bo‘lib qoladi. Bu esa ilohlikni man etadi.
«Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U zotga bo‘yin egib kelurlar».  [Naml, 87].
Agar Allohni osmonda desak, unda u Zot o‘zini o‘zi so‘roqqa tutadigan bo‘lib qoladi.
«O‘sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan bo‘lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va’dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz».  [Anbiyo, 104].
Ya’ni, qiyomat kuni barcha mukallaf maxluqlar (o‘z ishiga javobgar jonzotlar) qilgan ishlaridan so‘ralishlari uchun keltirilishadi.
Osmonlar yopilib undagilar so‘roqqa olib kelinganida U Zot ham o‘zini o‘zi so‘roq qilinishini esa sog‘lom aql qabul qilmaydi.
Agar Alloh osmonda deydigan bo‘lsak, unda U Zot o‘ziga o‘zi sajda qiladigan bo‘lib qoladi.
Agar Alloh osmonda deydigan bo‘lsak unda  U Zot qulab o‘ladigan bo‘lib qoladi.
«Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo‘lsa, qulab o‘ldi» [Zumar, 68].
Ya’ni, qiyomat kungi avvalgi sur chalinganida osmolaru yerdagi barcha jonzotlar o‘ladi. Alloh taoloni osmonda deyish esa oyatga ko‘ra U Zotni ham o‘ladi degani bo‘lib qoladi. Bu esa ilohlikda sira ham joiz bo‘la olmaydi.
Agar U Zot biron narsa sirtida bo‘lsa, unda yangi paydo bo‘lgan, ya’ni maxluq bo‘lib qolar edi. Bu esa ilohlikni inkor etgan bo‘lar edi.
Agar bir narsa ustida bo‘lsa, unda bir joydan boshqasiga ko‘chadigan bo‘lib qolgan bo‘lar edi. Bu esa ilohlikka zid bo‘lib bo‘lib qolgan bo‘lar edi.
Alloh taolo bundayin sifatlardan pok Zotdir. U Zot olti tarafdan chegaralanishdan, biron kimsaga sajda qilishdan, o‘lishdan, birovni mulki bo‘lishdan, birovga bo‘ysinishdan, o‘ziga ibodat qilishdan pok Zotdir. Barcha bandalarga xos sifatlardan munazzahdir. 
O‘z kalomida bayon o‘laroq marhamat etgan:  
«U zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir. U zot o‘ta eshitguvchi, o‘ta ko‘rguvchi zotdir».
[Shuro, 11].
Aqida masalasi o‘ta nozikdir. Ahli sunna val jamoa ulamolari Alloh taolo hech bir narsaning ichida yoki sirtida, ustida yoki ostida bo‘lmasligi, bu maxluqlarda bo‘lishi, xoliq Zot bunday narsalardan pok bo‘lishini aytishgan. Alloh taolo hech narsaga o‘xshamaydi. U Zot haqida qanday tasavvur qilinsa ham u tasavvurdan o‘zgacha bo‘ladi. 

 

Alloh taolo osmonda yoki arshda emas. U Zot haqida "qayerda" degan so‘z ishlatilmaydi. 
«Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hech narsa maxfiy qolmaydigan zotdir».
[Oli Imron, 5]

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Orifjonova Oisha
Mas’ul ustoz: Muhammadxodjayeva Sanobar

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 169
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 183
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry