25.02.2022
284

Azvoji mutohharot

 

Bu so‘z lug‘atda «pokdomon, pokiza ayollar» degan ma’noni bildiradi. Bu istiloh asosan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) pok zavjalari (xotinlari), ya’ni mo‘minlar onalariga nisbatan ishlatiladi. Qur’oni karimga ko‘ra hammalari mo‘minlarga ona o‘rnidadirlar (Ahzob, 6).

النَّبِيُّ أَوْلَى بِالْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنْفُسِهِمْ وَأَزْوَاجُهُ أُمَّهَاتُهُمْ وَأُولُو الْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَى بِبَعْضٍ فِي كِتَابِ اللَّهِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُهَاجِرِينَ إِلَّا أَنْ تَفْعَلُوا إِلَى أَوْلِيَائِكُمْ مَعْرُوفًا كَانَ ذَلِكَ فِي الْكِتَابِ مَسْطُورًا 

Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqliroqdir, uning xotinlari esa ularning onalaridir*. Allohning Kitobida qarindoshlar (merosxo‘rlikda) bir-birlariga (qarindosh bo‘lmagan) mo‘minlardan va muhojirlardan ko‘ra haqliroqdirlar. Magar sizlar (diniy) do‘stlaringizga (meros berishlik bilan) yaxshilik qilishingiz (mumkin). Bu (hukmlar) Kitobda (Lavhul-mahfuzda) bitilgandir.

 Rasul (a.s.)ning xotinlari barcha musulmonlarning onalari hukmida bo‘lishiga ikki sabab bor. Birinchisi – hurmat yuzasidan. Ikkinchisi – Rasul (a.s.) vafotlaridan keyin birorta musulmon Payg‘ambar (a.s.)ning zavjalariga uylanishga umidvor bo‘lmasligi. Rasul (a.s.)ni “ota” deyishdan man etilishining ham ikki sababi bor: birinchidan, “ota” deb murojaat qilgandan “Rasululloh” deb murojaat qilishning afzalligi. Ikkinchidan, Rasul (a.s.) mo‘minlarga ota bo‘lgach, mo‘minalarga ham ota hisoblanadilar. Natijada bir otaning o‘g‘li, o‘z otasining qiziga uylanishiga to‘g‘ri kelib qoladi (Un.).

 YA’ni, mo‘minlarga o‘z onalari qanday hurmatli bo‘lishsa, Payg‘ambarning (alayhissalom) zavjalariga ham shunday hurmat ko‘rsatishlari vojib. Bu hukm Rasululloh (alayhissalom) o‘limlaridan keyin birorta musulmon u zotning pok xotinlariga uylanishdan umidvor bo‘lmasliklari uchundir. 

Hazrati Xadicha janobi Rasulullohga nikohlanganlarida turmush ko‘rgan, erlaridan o‘n besh yosh katta ayol bo‘lganlar. Ammo shunga qaramay, Xadicha onamiz Islom tarixining eng buyuk ayoli, Payg‘ambarimizga birinchi bo‘lib iymon kel­tirib orqalarida namoz o‘qigan edilar. Rasuli akramning etti farzandlaridan oltitasini Xadicha roziyallohu anho tuqqan edilar. Payg‘ambarimiz ellik yoshlarigacha birgina Hazrati Xadicha bilan nikohda bo‘ldilar.

Hazrati Xadicha onamiz yaqin orada yer-yuziga rahmat sifatida yuboriladigan payg‘ambar haqida o‘ylar edi. El orasida keng tarqalgan fisq-fasodga barham berib, insonlar o‘rtasida tenglik o‘rnatuvchi, Baytulloh atrofini yomonliklardan tozalab, tinchlik va omonlikki qaror toptiruvchi nabiy haqida fikr yuritardi. Bu payg‘ambarning kelishiga yaqin qolganini

yurakdan his etardi. U tushida hovlisiga tushib porlagan, keyin butun atrofni yoritgan Quyoshdir. Kim unga turmushga chiqsa, buyuk fazl egasiga daxldor bo‘ladi. Parvardigorimizning risolatini yoyish yo‘lida yordam beradi. Tabiiyki, payg‘ambarga yordam bersa, qo‘llab-quvvatlasa, Allohning roziligiga ega bo‘ladi. Bu ne’mat oldida uning tijorati, moli hech qanday qiymatga ega emas. U faqat shunday maqomga erishishni o‘ylardi. Lekin qanday qilib unga etishish mumkin? Bu haqida gap ochishga hayo, andisha to‘sqinlik qilardi. Agar taklifini rad etsachi, unda nima qiladi? Turmushga chiqish taklifi o‘zidan chiqqanini eshitgan odamlar keyin malomat qilishmaydimi? Bunday javobsiz savollar uni qiynar, lekin bir yo‘lini qilmasam bo‘lmaydi, deb o‘ylar edi u. Bir sirdosh dugonasi bilan fikrlashguncha ana shunday ikkilanishda yashadi. Xadicha roziyallohu anho,

avvalo, sirdoshiga atab qo‘ygan sovg‘asini uzatdi. Muloyimlik bilan: "Nafisa, tuhfam senga yoqdimi? Unga qanday baho berasan?" deb so‘radi. Nafisa qo‘lidagi sovg‘ani hayratlanib tomosha qilardi. "To‘g‘risi, bunaqa chiroyli narsani oldin hech ko‘rmagan edim, — dedi Nafisaning ko‘zlari yonib. — Buni SHomdan Muhammad  (sollallohu alayhi vasallam) keltirgan, shunaqa-mi? U chiroyli yigit, go‘zallikni sevadi". Xadicha: "U juda kamtar yigit", dedi. Nafisa fikrini davom ettirdi: "U omonatga sadoqat, rostgo‘ylik bilan nom qozongan. U Makka shaytonlari orasida o‘zining yoshligi, quvvati, chiroyi, nasabini pok tutgan Amin emasmi?!»

Bir oz sukut saqlab turgach, yana Xadichaga yuzlanib: "Ey bekam, u savdo ishlaringizni bekamu ko‘st, chiroyli bajaryapti. U barakotli yigit. Kim unga turmushga chiqsa, baxtli. bo‘ladi", dedi.

YUragi tez-tez urayotgan  Xadicha roziyallohu anho: "Agar soliha bo‘lsa..." deb qo‘shib qo‘ydi. Nafisa Xadicha onamizning ko‘nglida nima gap borligini sezdi. Axir, har qanday qiz unga tegishni orzu qiladi. Bugun kambag‘al bo‘lsa, ertaga boy bo‘lishi mumkin. CHunki u etuk aql egasi, yomonliklardan uzoq yuradi, bunday xulqqa ega inson davlatmand bo‘lishga haqlidir.

Nafisa: "Bekam, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)  haqida biror narsa o‘yladingizmi? — deb so‘radi Xadicha roziyallohu anho ko‘nglini yorishidan umidlanib. — U bugungacha o‘zi orzu qilgan soliha ayolni topolmadi. Balki u Parvardigorining amri bilan ish yuritayotgandir. Ehtimol, u Makka ayollarining eng go‘zali, saxovati, zakovati va sabri bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan Xadichaga uylanar?! Axir, undan afzal ayolni qaerdan topadi?! Ey bekam! Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) boshqa kimsalar singari o‘ylanmaydi. U yuragi toza yigit, eng avvalo, insondagi ezgu fazilatlarni qadrlaydi, go‘zal xulqli umr yo‘ldoshi topsam, deydi". "YOsh-chi? Rafiqasining o‘zidan katta yo kichikligiga qaraydimi?" deb shoshilib so‘radilar Xadicha roziyallohu anho "YOsh unchalik muhim emas, — dedi Nafisa, — muhimi Allohning amriga rizo nafs va mehr to‘la qalbdir. Xo‘sh... u bilan orangizda necha yosh farq bor?".

"Un besh yosh". "Ayollarga yoshiga qarab baho berilmaydi. Muhammad bunga ahamiyat bermaydi, deb o‘ylayman. Unga turmushga chiqmoqchi bo‘lganingizni odamlarga sezdirmasdan o‘ziga aytib ko‘raylik. Agar rozi bo‘lsa, Alloh yaxshilikni iroda qilgani shu; mabodo rozi bo‘lmasa, hech kim bilmay qo‘ya qiladi. Biz hech narsa yo‘qotmaymiz". Xadicha roziyallohu anhoning nafas olishi tezlashdi: "Xo‘sh, bu ishning boshida kim turadi?" "Kim bulardi, bekam, albatta, men turaman, — dedi mamnunlik bilan Nafisa, — Bu ishga men kafilman".

Xadicha roziyallohu anho behad xursand bo‘ldi. Muhammad huzuriga borib, uning taklifini etkazishga rozilik berdi. SHu taxlit kechgacha gaplashib o‘tirdilar. Xadicha roziyallohu anho ulkan quyosh bilan bog‘liq, tushini unga aytib berdi. Amakisining ta’birini, safarda Muhammadga hamroh bo‘lgan Maysaraning ko‘rganlarini aytdi. O‘sha safardan olingan katta daromad haqida so‘zladi. Aytilganlardan xulosa chiqarib, Nafisa: "Muhammad yaqinda payg‘ambar bo‘lsa ajabmas, — deb ta’kidladi. — U shunga munosibdir!" 

Xadicha roziyallohu anhoning uyidan chiqqan Nafisa Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) uyiga yo‘l oldi. Ruhsat so‘rab, ichkariga kirdi. Uy sohibini jimgina hayol surib turgan holda ko‘rdi. Go‘zal yuzli, novcha ham, kalta ham bo‘lmagan — mo‘ta’dil bo‘yli, uzun qora sochli, chehrasidan nur yog‘ilib turgan Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam)  salom berdi. Bexosdan ayolni uning salobati tutdi. Muhammad uning salomiga javob qaytardi-da, muloyimlik bilan:

Xush kelibsan. Bunday bemahalda kelishga seni nima majbur qildi? dedi. Safardan sog‘-salomat qaytganingni qutlash uchun keldim, — ayol atrofga nazar tashlab, uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan Ummu Aymandan boshqa hech kimni ko‘rmadi.

Ey Muhammad, (sollallohu alayhi vasallam) Ummu Ayman ikkovlaring uyda zerikmaysizlarmi?

Uylanay desam, kambag‘alman, qurbim etmaydi. Ustiga-ustak, hamma xotinlar ham sabrli, soliha bo‘lib chiqmaydi. Qolaversa, uylanish o‘yin emas, jiddiy ish. Agar taqdir kulib boqmasa, maqsadimga etishim qiyin. Alloh menga bir soliha ayolni ro‘baro‘ qilsa, unga uylanardim. Nafisa xursand bo‘ldi. Maqsadiga erishishiga oz qolganini his etdi. Umid bilan: Agar go‘zal hulqli, soliha ayolga duch kelsang-u, biroq yoshi kattaroq bo‘lsa-chi? — deb so‘radi. Bunday ayollarning mahri ko‘pligini yaxshi bilasanku! Ularga uncha-muncha erkak teng kelolmaydi. Ular bilan tenglashishga menga yo‘l bo‘lsin? Nafisa maqsadiga erishishiga avvalgidan ham oz masofa qolganini anglab, xotirjamlik bilan taklif qildi:

Hech qanday mahrsiz, boy, soliha, chiroyli ayol seni xursand qilsa, nima deysan?  Ey Nafisa, koshki shunaqa bo‘lsa. Bu ayol kim bo‘lishi mumkin? Ayol hayajon bilan, past ovozda dedi: Muhammad, (sollallohu alayhi vasallam) bu Xadichadir (roziyallohu anho). Xadicha (roziyallohu anho) binti Xuvaylid... Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) Xadichaga (roziyallohu anho) nisbatan moyilligi yo‘q, emas edi. Agar boy bo‘lganida, unga uylanishi ham mumkin edi. Unda chiroyli fazilatlar tajassum topgandi. Hayolida Xadichani (roziyallohu anho) jonlantirarkan, umid bilan so‘radi: Bu ishda menga kim ko‘maklashadi? Men bosh-qosh bo‘laman. Sen Xadichaga juda loyiqsan. Men unga borib o‘zim tushuntiraman. Uning fikrini bilishga urinaman. O‘ylaymanki, u senga turmushga chiqishdan bosh tortmaydi. Nafisa xursand holda o‘rnidan turdi. U Xadichaning(roziyallohu anho)  uyiga ko‘tarinki kayfiyatda kirib keldi. Muhammadning(sollallohu alayhi vasallam) rozi ekanini aytdi. Quvonganidan Xadicha (roziyallohu anho) uni o‘pib oldi va unga do‘konidan keltirib qo‘ygan qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etdi. Kechani xursandchilik bilan o‘tkazdi. Alloh unga shunday fazl ne’matni ravo ko‘rayotganidan quvonardi. Tong otgach, amakisinikiga yo‘l oldi.

Amaki, yana turmushga chiqmoqchiman. Nima deysiz shunga? — deb maslahat so‘radi undan. Senga biror narsa deyolmayman. Agar otang tirik bo‘lganida, biror narsa degan bo‘lardi. Endi o‘zing yosh emassan, boy-badavlatsan, Makka saidlaridan birisan. Turmush qurmasdan yolg‘iz yashashni afzal bilib kelyapsan... Tag‘in bilmasam, ixtiyor o‘zingda. Xadicha amakisining so‘zlarini bo‘lmasdan oxirigacha eshitdi.

Men tanlagan yigit shunday bir insonki, turmushni e’zozlaydi. Oilani qadrlaydi... Lekin juda kambag‘al. Bunisiga nima deysiz? — deb so‘radi Xadicha(roziyallohu anho). Kambag‘al, kambag‘al... — takrorladi o‘zicha amakisi mulohaza yuritib. — Xotinni qadrlaydigan, uning haqlarini ado etadigan, turmush ikir-chikirlarini fahmlaydigan yigitni rad qilmaslik kerak. Boylik va kambag‘allik Allohning izmidadir. Agar aqlli kishi harakat qilsa, boylikka erishishi mumkin. Allohga shukr, sen davlatmandsan. Turmushga chiqmoqchi bo‘lganing kim?

Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)  ibn Abdulloh, haqida qanday fikrdasiz?

Amakisi baland ovozda javob berdi: Ajoyib, ajoyib... U senga yaxshi turmush urtog‘i bo‘ladi. Unga turmushga chiqishdan bosh tortma. Bu taklifni uzoq muddat kutding, axir. SHuncha kutganing ro‘yobga chiqadigan ko‘rinadi. Xadicha xursandligini yashirmadi:  Kecha tunda sovchi jo‘natibdi. Sizning fikringizni bilmasdan turib, biron narsa demadim. Nima deysiz, amaki, siz rozimisiz  Alloh uzoq muddat davomida turmush qurishdan ko‘nglingni sovutib, mana, seni Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) ro‘baro‘ qildi. Unga o‘xshash yigitlar juda ham oz, qaniydi, otang tirik bo‘lib, senga shunday ne’mat ato etilganiga guvoh bo‘lsaydi. Munosib, munosib... — dedi amakisi xursand ohangda. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ertalab uyqudan uyg‘onib, amakisi Abu Tolibning uyiga keldi. Xadichaga (roziyallohu anho) uylanmoqchi ekanini aytdi. Ey Muxammad, (sollallohu alayhi vasallam)  Xadicha (roziyallohu anho) rozi bo‘larmikan? Ha, amakijon, rozi bo‘ldi. Kambag‘alga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. U oldin ham boylarning mol-mulki uchun turmushga chiqmagan... Abu Tolib bosh silkib ma’qulladi. Muloyimlik bilan fikrini bildirdi:  Xadicha (roziyallohu anho)  erning qadriga etadigan oqila ayol. Seni kambag‘al demasdan, rozi bo‘libdimi, eng avvalo, ko‘zingning to‘qligini, bag‘rikengligingni o‘ylagan. Amakisi uning Xadicha bilan turmush qurayotganini qutladi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)  esa xursand bo‘lib, shukrlar aytdi. Bu habar tezda butun Makkaga tarqaldi. Odamlar bu haqda ajablanib gapira boshladilar.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta

 maxsus islom ta’lim muassasasi 

xodimi M.Saidjalolova

Другие новости

FARAZDAQ
13.09.2023 179
Har bir xalqning o’z adabiyoti va uning o’ziga xos yetuk namoyondalari bo’ladi. Arab adabiyoti o‘zining turli tipdagi she‘rlari, nasriy va nazmiy asarlari bilan ajralib turadi. Arab tili grammatikasi, balog’at, mantiq...
Подробнее
IMOM MUHAMMAD JAZARIY ROHIMAHULLOH HAYOTLARI HAQIDA
05.06.2023 285
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمHamdlar Alloh uchundir. Uni maqtaymiz, Undan yordam so`raymiz. Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan Allohning panohiga o`tamiz. Alloh hidoyat qilgan kishini adashtirguvchi yo`q va U adashtirgan kishini hidoyat qilguvchi...
Подробнее
Din himoyasidagi fidoyi ayol
26.05.2023 272
Sumayya binti Xabbot roziyallohu anho Islomdagi sodiq peshqadamlardan sanaladi. Allohga bergan ahdida vafo qilishga shoshilganlardan edi. Unga buyuk xushxabar - jannatiy ekanligi xabari berildi. Solim bin Abul Ja’d Usmon roziyallohu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry