03.03.2022
395

Xavzi Kavsarga iymon keltirish haqligi

 

Har bir musulmon bandasiga tavhiddan so`ng iymon keltirishi vojib bo`lgan turli masalalar bor. Me`roj va Isro voqeasi, Xavzi Kavsar, shafoat, miysoq va shu kabi haq bo`lgan narsalarga iymon keltirishimiz vojib bo`ladi. 

Alloh Taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:

                                              ”  إنآ أعطينك الكوثر

“Albatta, Biz senga Kavsarni berdik”, degan. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda keltirilishicha, “har bir Payg`ambarning o`z hovuzi bordir. Payg`ambar sollallohu alayhi vasallamning hovuzlari esa eng katta,eng shirin va eng ko`p odam keladigan hovuzdir”, deyilgan.

“Aqiydatut-Taxoviya” asarida: “Alloh Taolo u kishi sollallohu alayhi vasallamga-ummatlarini qutqarish uchun-ikrom qilib bergan hovuz haqdir, xabarlarda rivoyat qilinganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlari uchun saqlab qo’ygan shafoat haqdir”, deb keltirilgan.

“Kavsar” so`zi lug`atda ko`p yaxshilik qilish, juda ham ko`p yaxshilik ma`nolarida keladi. Arablarda esa kavsar so`zi son jihatidan, qadr-qiymat jihatidan,ahamiyati jihatidan ko`p bo`lgan narsaga nisbatan ishlatiladi.

Imom Termiziydan kelgan xasan hadisda Xavzi Kavsar quyidagicha ta`riflangan: “Kavsar- jannatdagi daryo bo`lib, uning ikki qirg`og`i oltindan,o`zani duru yoqutdan, tuprog`i miskdan xushbo`y, suvi asaldan totli, qordan oqdir. Kim undan bir qultum ichsa, keyin abadiy chanqamaydi”. Xavz haqida kelgan juda ko`plab hadislar mutavotir darajasiga yetgan.Ularni 30dan ortiq sahobalar rivoyat qilishgan. 

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mening Hovuzimning miqdori Ayladan Yamanning San`osi qadardir. Unda osmondagi yulduzlar sonicha idishlar bordir. Hovuz labiga eng avval boradigan odamlar faqir muhojirlardir”, deganlar. Shunda Umar ibn Xattob:

-Ular kim,ey Allohning Rasuli?-dedilar.

-Ularning sochlari to`zib,kiyimlari kir,changga belangandir. Ular boy-badavlat ayollarga uylanmaganlar. Ularga dunyo eshiklari ochilmaydi,dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o`zining hovuzi atrofida ummatlarui ko`p bo`lishini umid qilgan hadislar ham vorid bo`lgan. U Zot shunchalik umid qilibdilarku, biz ummatlar nega Allohning Habibi, Rasuli, payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hovuzlarining bo`yiga keluvchilardan bo`lishlikni umid qilmaylik?!

Yerdan hosil olishni umid qilgan har bir dehqon yerni tekislab yumshatadi, unga urug` ekadi, sug`oradi, toki hosil bo`lguncha uni parvarishlaydi, yerdagi balo-ofatlardan omon saqlashi uchun Allohning fazlidan umidvor bo`ladi. Biz ham Alloh Taoloning fazlidan umidvormizki, bizni bu dunyoda hovuz haqida xabardor qilsin va u dunyoda hovuz ne`matining ta`midan totishlik bilan rizqlantirsin.

                                                                        Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta 

                                                                           maxsus islom ta`lim muassasasi

 3-kurs talabasi Sobirova Gulzoda

 

Другие новости

АҲЛИ СУННА ВАЛ-ЖАМОЪАДА ИЙМОН ТУШУНЧАСИ. Лафзий ихтилофлар
08.01.2024 170
Аҳли сунна вал-жамоъа уламолари ўртасида иймон рукни яъни ҳақиқати борасида уч хил қарашни кўришимиз мумкин: Иймоннинг рукни (ҳақиқати, асли): Фақат қалб билан тасдиқлаш. Тил билан иқрор бўлиш эса дунё ҳукмларидаги...
Подробнее
SOXTA PIR MURID MUNOSABATLARIGA ASOSLANGAN TARIQATCHILIK FAOLIYATI
05.01.2024 184
#Raddiya #soxta_tariqatlarIslom tarixining barcha davrlarida tasavvufni tor ma'noda talqin etuvchi guruh va shaxslar boʻlgan. Ular e'tiborini asosan so'fiylikning tashqi jihatlariga qaratganlar. Bundaylar hozirgi kunda ham topiladi.Bunday guruhlar uchun so'fiyga na...
Подробнее
Qadarga imon keltirish aqidasi to'g'risida
04.01.2024 226
Ushbu aqidaning asli Alloh taoloning ilmi va iroda qilgan narsasini amalga oshirishdir. Shunga ko'ra kimki Alloh taologa va Uning komil sifatlariga imon keltirgan bo'lsa,qadarga iymon keltirish ham unga vojib bo'ladi....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry