07.12.2025
1

Kalom ilmining nomlari

Kalom ilmining nomlari 

 

Kalom ilmi “kalom” deb nomlanishining bir necha ma’noviy va tarixiy asoslari mavjud. Hijriy II asrning boshlarida musulmonlar orasidagi e’tiqodiy bahs-munozaralar yangi bosqichga ko’tarilgan. E’tiqodiy masalalar bahs qilinadigan maxsus davrlar paydo bo‘la boshlagan. Bu davrlarning yetakchilari, ularga ergashuvchilar hamda bir-biridan farqli qarashlar yaqqol ko‘rina boshlagan. Bularning samarasi o‘laroq turli nomlar bilan ataladigan firqalar ham shakillana boshlagan. 

Mazkur firqalarning vakillari xilma-xil e’tiqoddagi shaxslar bo‘lib, taraflar o‘rtasida bugun “falon narsa haqida kalom” nomi ostida, ertaga boshqa bir “falon narsa haqida kalom” atrofida turli aqidaviy bahs-munozaralar, tortishuvlar borardi.

Shuning uchun ham bu ilm “Kalom ilmi” deb nomlandi.

          Nega “kalom” deb nomlanishining yana bir sababi, bahslar Allohning kalomi haqida bo’lgani uchun.

Bundan tashqari, o‘sha davradagi bahslarda insonning aql va kalom ne’mati ishlatilgani uchun ham “kalom” deb nomlangan desak ham bo‘ladi.

Shu tariqa, kalom ilmi o‘z nomini uning uslubi, mazmuni va tarixiy sharoitidan olgan. 

          Endi asosiy mavzuga qaytadigan bo‘lsak, “Kalom ilmining” yana turli xil nomlari mavjud.

       1. Fiqh ul-Akbar. 

Ushbu nom aqoid ilmining eng avvalgi nomlaridan bo‘lib, hijriy II asrning birinchi yarmida vujudga kelgan. Mazhabboshimiz Abu Hanifa rohmatullohi alayh aqoid ilmi to‘g‘risida yozgan asarini «Fiqh ul-Akbar» deb nomlagan.

Ushbu asar tahqiqlarga koʻra aqoid ilmi bo‘yicha yozilgan dastlabki kitob hisoblanadi.

       2. Kalom ilmi.

       Aqoid ilmining eng mashhur nomlaridan bo‘lgan «Ilmu kalom» ham «Fiqh ul Akbar» nomi bilan bir asrda vujudga kelgan. Tahonaviy «Kashshofu istilahatul funun» kitobida aqoid ilmining ilmu kalom deb nomlanishiga quyidagi sabablarni koʻrsatgan:

1-Aqoid ilmining boblariga avvalda «Kalamu fi kaza» (falon narsa haqidagi gap) deb sarlavha qoʻyilgan. Shu sababli bu ilmga ilmu kalom nom bo‘lib qolgan.

2-Alloh taoloning kalomi haqidagi masala oʻsha vaqtlarda aqoid ilmining eng mashhur bahslaridan boʻlgani sababli bu ilmga kalom ilmi deb nom qoʻyilgan».

       3. Usulud-din ilmi.

       Ushbu nom aqoid ilmi barcha diniy ilmlar uning ustiga bino qilinadigan dinning asl poydevori ekani e’tiboridan qo‘yilgan. Bu nom ham II asrda diniy ilmlar asllarga va boʻlimlarga ajralganidan keyin tarqalgan. Ushbu nomni birinchi bo‘lib imom Abulhasan Ash’ariy qoʻllagan. 

       4. Tavhid va sifatlar ilmi. 

       Ushbu nom hijriy IX va undan bir oz oldingi davrlarda yozilgan manbaalarda uchraydi. Alloma Taftazoniy rahmatullohi alayh «Aqoidun-Nasafiy»ga yozgan sharhining muqaddimasida quyidagilarni yozgan: «Bilingki, shariat hukmlari «far’iy amaliy» va «asliy e’tiqodiy» boʻladi. Far’iy amaliylari amallarning qanday bajarilishiga taalluqlidir. Asliy e’tiqodiylari esa e’tiqodga taalluqli boʻladi. Amallarning qanday bajarilishiga taalluqli boʻlgan hukmlar faqatgina shariat orqali bilingani uchun «Ilmush-sharoi’ val-ahkam» (shariatlar va hukmlar ilmi) deb nomlanadi. E’tiqodga taalluqli hukmlar esa «Ilmut-tavhid vas-sifat» (Alloh taoloni yagona deb bilish va uning sifatlari to‘g‘risidagi ilm) deb hisoblanadi.

 5. Tavhid ilmi.

Ushbu nom hijriy X asrdan keyin tarqalgan. Tavhid Islom millatining shiori va Islom dinining belgisi hisoblanadi.

 6. Nazar va istidlol ilmi. 

Ushbu nom ham hijriy IX asrlardan keyin tarqalgan. Mazkur vaqtlarga kelib, aqoid ilmidagi koʻpgina bahslar nazariy va aqliy boʻlib,  bu ilmni faqatgina narsalar toʻgʻrisida fikr yuritish va dalil izlashdan keyingina idrok etish mumkin bo‘lgan. Shuning uchun bu ilm «Ilmun-nazar val-istidlal» (fikr yuritish va dalil izlash ilmi) deb ham nomlangan.

 

Kalom ilmining nomlari tarix davomida bir necha sababga ko‘ra o’zgargan:

 1. Mazhabiy tafovutlar – Mo‘tazila, Ash’ariyya, Moturidiyya kabi maktablar o‘z qarashlariga mos ravishda nomlardan foydalangan.

 2. Ilmiy yo’nalishlar farqi – Ba’zilar uni mantiqiy bahslar (kalom) asosida, boshqalar e’tiqodiy asoslar (usul ad-din) sifatida ko’rgan.

 3. Til va madaniyat ta’siri – Arab, fors, turkiy muhitlarda terminlar o‘ziga xos shaklga ega bo’lgan. Masalan, o‘zbek tilida “Kalom ilmi” yoki “Aqoid ilmi” shakllari ishlatiladi.

4. Asosiy mavzuning o‘zgarishi – Ayrim davrlarda “tavhid” masalasi markazda bo‘lgan, ayrim davrlarda esa “qadar”, “sifat”, “nubuvvat” masalalari ustuvor bo‘lgan.

 

         VIII–IX asrlarda kalom ilmi Mo‘tazila maktabi orqali “Ilm al-Kalam” nomi bilan mashhur bo’ldi.

Ash’ariy va Maturidiylar esa “Usulad-Din” hamda “Ilm al-Aqoid” nomlarini afzal ko‘rishgan.

Markaziy Osiyoda, xususan, Imom Moturidiy maktabida bu fan “Aqoid” nomi bilan keng tarqaldi.

Keyinchalik, musulmon dunyosining turli hududlarida “Kalom ilmi”, “Aqoid”, “Usul ad-Din”, “Tavhid ilmi” atamalari bir-birining o‘rnida ishlatiladigan sinonim atamalarga aylandi.

 

          Kalom ilmining nomlari faqat termin emas, balki uning mohiyati va tarixiy taraqqiyotining aksidir.

 

M. Karimberdiyeva manbalar asosida tayyorladi.

Mas’ul ustoz: Ta’lim muassasasi arab tili 

fani o‘qituvchisi M. Nigmatova

Другие новости

Islomiy fitrat
09.12.2025 1
Islomiy fitratArab tilida “فطر” (f.t.r.) ildizi yorilish, paydo bo‘lish va birinchi bor vujudga kelish ma’nolarini bildiradi. “فَطَرَ” (fatara) fe’li urug‘ning tuproqni yorib chiqishi, bargning novdadan paydo bo‘lishi kabi tabiiy jarayonlarga...
Подробнее
Moturidiy va Ash’ariy mazhablari orasidagi farqlar
06.12.2025 4
Moturidiy va Ash’ariy mazhablari orasidagi farqlarIslom tafakkuri tarixida IX asr oxiri va X asrning birinchi yarmi alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda kalom ilmining taraqqiyoti natijasida Moturidiylik va Ash’ariylik maktablari...
Подробнее
Alloh taoloning zotiy sifatlari
03.12.2025 7
Alloh taoloning zotiy sifatlariInsonga bilmagan narsasini o‘rgatib, musaffo aqidaga yo‘llagan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin. Bu musaffo aqidani bizga mukammal yetkazgan payg‘ambarimizga va u zotning ahli oilalariga va sahobalariga salavot va...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry