17.12.2025
1

Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni

 

Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni 

 

      Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix davomida islom ta’limoti atrofida turli oqimlar, mazhablar va firqalar vujudga kelgan. Ularning ayrimlari islomning asl mohiyatidan chetga chiqib, o‘z fikr va qarashlarini “diniy haqiqat” sifatida ilgari surishga harakat qiladi. Bunda har bir firqa boshqasini kofirga chiqaradi.

    Imom Ahmad va Abu Dovudlardan naql qilingan rivoyatda Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ Yetmish ikki toifa do‘zaxda va bir toifa jannatdadir ”[1]

    Bunday adashgan firqalar orasida rofiziylar ham bor.

    Bugungi kunda ham ayrim kishilar orasida rofiziylik g‘oyalari turli shakllarda tarqalmoqda. Shu sababli bu mavzuni chuqur o‘rganish nafaqat tarixiy, balki hozirgi zamon uchun ham dolzarbdir. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan noto‘g‘ri diniy tushunchalar, tarixiy   buzib talqin qilinishi yoshlar ongiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.

    Shu sababli rofiziylarning qarashlarini islom aqidasining asl manbalari - Qur’on va sahih hadislar asosida tahlil qilish, to‘g‘ri tushunchani shakllantirish muhim vazifalardan biridir.

Rofiziylar haqida o‘rganar ekanmiz avvalo ular kimligini va qanday paydo bo‘lganlarini anglashimiz kerak bo‘ladi.

       Rofiz so’zi arab tilidan olingan bo’lib, “tark etish”, “rad etish”, “maslagidan qaytish” ma’nolarini bildiradi. 

       Rofiziylar esa - Ahli Sunna val-Jamoa yo‘lini rad etuvchilar deb ataladi.Alloh taolo bu toifani quyidagi oyatida kofir deb nomlagan, ya’ni:

“…ular sababli kofirlar jaholini chiqarish uchundir…” ( Fath surasi, 29 )[2]

      O’rta asrlarda sunniy islom ilohiyotida to‘g‘ri yo‘ldan chetga chiqqan oqimlar, xususan, shialar, Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.)ning huquqlarini rad etganlari sababli “rofiziylar” nomi bilan atalganlar. Boshqa ta’rifga ko‘ra, Zayd ibn Ali ibn Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib Hishom ibn Abdu­malikka qarshi chiqqanida, tarafdorlari Abu Bakrni ta’na qilmoqchi bo‘ladi. Zayd ibn Ali bunga monelik qilgani uchun ular uni tark qilib, yonidan tarqalib ketadi. Shunda ularga: “Rafaztumuni?”, ya’ni “Meni tark qildingizmi?” deydi. Shu bilan rofiziylik ularga ism bo‘lib qoladi.

    Yana bir manbada aytilishicha, rofiziylar dinni to‘lig‘icha inkor etgani uchun shu nom bilan atalgan. Zero, ular sahobalarni kufrga hukm qilgan, ijtihodni asossizga chiqargan, Qur’onga sahobalar tomonidan o‘zgartirish kiritilgan, deb tuhmat qilgan, “shariat bu - musulmonlar qo‘lidagi narsadir, Alloh nozil qilgan narsa emas”, degan.  Shu gapga muvofiq bandalardan taklif, ya’ni shariat amallariga buyurilishni soqit qilgan. Sharan harom qilingan narsalarni muboh sanab, ularga mukkasidan ketgan. Keyinchalik ular Ali ibn Abu Tolib (r.a.)ni haddan ortiq darajada ulug‘lab, uni hatto Payg‘ambar (s.a.v.) va muhojir hamda ansorlardan ham ustun qo‘ya boshladilar.

Sha’biydan rivoyat qilinadi:

   “Agar rofiziylar hayvon bo‘lganlarida, ular yovvoyi eshak bo‘lur edilar. Agar qush bo‘lganlarida esa, albatta, yirtqich bo‘lardilar”.

    Ibn Abbos (r.a.)dan Ato rivoyat qilib deydi:“Qadariylarning so‘zi kufrdir, haruriylarning so‘zi halokatdir, rofiziylarning so‘zi esa zalolatdir”.

    Imomat, ya’ni Payg’ambar (s.a.v.) o‘rinbosarligi yoki islom davlati rahbarligi Payg‘ambar (s.a.v.) vasiyatiga binoan, faqatgina Payg‘ambarning (s.a.v.) qizi Fotimadan tug‘ilgan Alining erkak avlodlariga xos deb hisoblashadi.

    Ibn Xaldun ta’kidlashicha, shialar aqidasiga binoan imomat masalasi islom qoidasi va dinining asosi bo‘lgani uchun uni belgilash hamda tayinlash islom jamoasi (ummat)ga topshirilgan emas. Payg‘ambar tomonidan ushbu vakolat ummatga berilmagan. Islom jamoasi uchun imomni tayinlash Payg‘ambarga vojibdir. Ular nazdida, sahobalarning afzali va Payg‘ambar tomonidan birinchi xalifa qilib tanlangani Ali ibn Abu Tolib edi.

    Shialar aqidasiga binoan, “imomlar” oddiy insonlar jumlasidan bo‘lmay, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:

   Birinchidan, fagat Payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan zotlar va ularning bolalari Payg‘ambar oilasi hisoblanib, ular imomlik vakolatining hagiqiy va qonuniy egalaridir.

    Ikkinchidan, imom payg‘ambar emas. Imomlar payg‘ambar bilan oddiy insonlar o‘rtasida turadi.

    Uchinchidan, imom har qanday gunohdan pok bo‘lib, hech qachon gunoh va xato qilishi mumkin emas.

    Tortinchidan, imom barcha bolib o‘tgan va qiyomat kunigacha yuz beradigan ishlardan ilhom orqali voqifdir.

   Beshinchidan, Qur’onni tafsir qilish faqat imomga xosdir.[3]

Rofiziylarning imomatga doir aqidaviy qarashlari Qur’on, sahih Sunnat va sahoba ijmosi bilan muvofiqlashtirilgan holda baholanganda, ushbu e’tiqodning islom aqidasining asl manbalaridan daliliy asosga ega emasligi ko‘rinadi. Imomatni nasab asosida belgilangan, Qur’onda ochiq ko‘rsatma topmaydi va Payg‘ambar (s.a.v) tomonidan aniq tayinlov bilan mustahkamlanmagan.

    Tarixiy manbalar ham Rasululloh (s.a.v) vafotidan so‘ng boshqaruv masalasi sahoba maslahatiga tayanib hal qilinganini ko‘rsatadi. Bu hol imomatning shar’iy jihatdan jamoat ixtiyoriga havola etilganligini bildiradi. Rofiziylikning imomatni aqidaning markaziy rukni darajasiga ko‘tarishi esa islomning asosiy manbalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan bid’at sifatida baholanadi.

                                        Tayyorladi: ta’lim muassasa talabasi A. Shkurillayeva

             Mas’ul ustoz: ta’lim muassasi aqoid fani o’qituvchisi R. Badriddinova

#aqoid

#talabalar_ijodi


 

[1] Qudratullo Siddiqmetov. Mishkot al- masobih sharhi. – Toshkent : Hilol-Nashr” nashritoti, 2023. - B.548

[2] Abu Shakur Muhammad ibn Abdulloh Solimiy Keshiy. At -tamhid fi bayonet tavhid. Toshkent: “Movaronahr” nashriyoti,  2014. - B.320

 

[3] Aydarbek Tulepov. Islom va aqidaparast oqimlar. – Toshkent: “Movaronahr”nashriyoti, 2014. - B.97

 

 

 

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 7
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 8
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 8
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry