19.12.2025
1

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi

     Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun kelganda inson bilib-bilmay xatolarga yo‘l qo‘yadi, gunoh ishlarga qo‘l uradi. Islom dinida shu holatga qanday qaraladi, u qanday muolaja qilinadi? Gunohkor bandaga rahmat eshiklari butunlay yopiladimi yoki unda yana Alloh taoloning marhamatiga erishish imkoniyati bormi?

    Alloh taolo bandalariga nihoyatda mehribon zotki, O‘zining kalomi va Payg‘ambarining sunnati orqali ularga halol-u haromni, gunoh-u savobni ochiq-oydin bayon qilib bergan. Shuningdek, halol-pok yashagan insonlarga ulkan savoblar, gunohkor kimsalarga esa jazo borligini ham aytilgan. Agar banda astoydil tavba qilsa, har qanday gunohning kechirilishiga umid bor. Alloh taolo bandalariga mehribon, ulardan sodir bo‘lgan xato va kamchiliklarni kechirishni va’da qilgan. Qur’oni karimning 87 ta o‘rnida tavbaga targ‘ib qilingan. Jumladan:

   “Barchangiz Allohga tavba qilingiz, ey, mo‘minlar! Shoyad najot topsangiz”[1]

   “Ey, imon keltirganlar! Allohga chin tavba qilingiz, shoyadki, Rabbingiz sizlarning gunohlaringizn o‘chirib, ostidan anhorlar oqib turadigan (jannatdagi) bog‘larga kiritsa!”[2]

  Alloh taolo o‘zining fazlu-karami bilan jaholat tufayli gunoh qilib, keyin tezda unga afsus-nadomat chekkan kishilarning gunohlarini kechirishini va’da qilgan.

  Sarvari olam, barcha payg‘ambarlarning afzali bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam kattayu kichik gunohlardan saqlangan bo‘lsalar-da ummatlarga ta’lim uchun har kuni tavba qilar edilar. Hadisi shariflarida ham shunday deyilgan: “Ey, insonlar! Allohga tavba qilinglar! Unga istig‘for aytinglar! Zero men bir kunda yuz marta tavba qilaman”[3] 

 Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning gunohlardan ma’sum bo‘lishlariga qaramasdan, Allohga tavba qilishlar - biz kabi gunohdan xoli bo‘lmagan ummatlar uchun katta dars va ko‘rsatmadir. 

Ulamolar “Katta gunohlar” kalimasi ustida  ixtilof qilgan. Ayrim ulamolar, gunohlarning katta-kichigi boʻlmaydi, Alloh etgan har bir narsa gunohi kabiradir, desa, boshqa koʻplab ulamolar, kufrdan boshqa gunohlar oʻrniga qarab katta va kichik boʻladi, deydi. Eng katta va kechirilmas gunoh esa shirkdir. Alloh taologa loyiq boʻlmagan narsalarni Unga nisbat berish shirk boʻladi. Mazkur oyati karima va hadislarga asosan gunoh qilgan bandaning tavba qilishi vojib sanaladi. Beparvo bo‘lish, hali fursatim bor degan noto‘g‘ri tasavvurga berilishi aslo mumkin emas.

Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayh “Basit” nomli kitoblarida: “Gunoxlarni sag‘ira va kabiraga taqsimlanishini inkor qilish fiqhga munosib ish emas”, deydilar. Har bir gunohki hasanot ishlar kafforot bo‘lishiga sabab bo‘lmasa, u kabira gunoh bo‘ladi. Agar gunoh ishlarga tavbasiz hasanot ishlar kafforot bo‘lishiga sabab bo‘lsa, sag‘ira gunoh bo‘ladi”.

Demak, tavba muhim axloqiy omildir. Kimki uni kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum bo‘ladi. Kimki unga shoshilsa, o‘zini isloh qilgan bo‘ladi va yomonlikni tugatishda katta kuchga ega bo‘ladi.

Gunohning savobga aylanib qolishi qanday bo’lishi xususida turlicha fikrlar bor. Masalan, sobiq gunohlari tavba bilan o‘chib, o‘rniga savobli ishlarni qilish bilan; gunoh qilish qobiliyati savobli ish qilish qobiliyatiga aylanishi bilan; Allohning tavfiqi sababli toat-ibodat va xayrli ish qilishga o‘tish bilan va hokazo. Hadisi shariflarda ba’zi mo‘minlarning kabira gunohlari kechirilib, sag‘ira gunohlari hasanotga aylantirilishi haqida bashorat qilingan.

 Hazrati Umar raziyallohu anhu: “Ko‘p tavba qiluvchilar bilan hamsuhbat bo‘linglar. Chunki ular qalbi pok, halim kishilar bo‘ladi” deganlar.

Abu Bakr Vositiy rahmatullohi alayhi: “Hamma narsada xotirjamlik yaxshi, lekin uch narsada yaxshi emas: namoz vaqti kelganda, mayyitni dafn qilishda va gunohdan tavba qilishda” dedilar.

Alloh taolo barchamizga bu qisqa hayotni mazmunli va foydali o‘tkazishni, bilib-bilmay qilgan xato-yu gunohlarimizni o‘zi kechirsin! Barchamizni to‘g‘ri yo‘l va haq e’tiqodda bardavom qilsin. O‘zgalarni kofirga chiqarishdek xatarli ishdan O‘zining himoyasida saqlasin.

                                                   Tayyorladi: ta’lim muassasa talabasi G. Maxsumxonova

              Mas’ul ustoz: ta’lim muassasi aqoid fani o’qituvchisi R. Badriddinova

#aqoid

#talabalar_ijodi

 

                                                                                                                                  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                    

 


 

[1] Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. J 4. – Toshkent: “Hilol nashr”, 2011. – B. 101                                          

 

[2] Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. J 6. – Toshkent: “Hilol nashr”, 2011. – B. 198

 

[3] Imom Buxoriy. Al-Jomi As-Sahih. –Toshkent: “Qomuslar bosh tahririyati”, 1991. – B. 341

Другие новости

Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 1
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 2
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 8
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry