Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu narsalarga guvoh bo‘ldik. Jurnalda eng ko‘p uchraydigan maqola bu ilm-fan va odob-axloqqa doir maqolalardir. Biz yuqorida diniy maqolalarni sharhladik, endi, axloqiy-ta’limiy maqolalar ni tasniflashga kirishamiz. “Oyna” jurnalining 1914-yil, 27- sonidan Muhammad Said qalamiga mansub “Adab va tarbiya” maqolasini keltiramiz. Ushbu maqolada yetuk insonni to‘g‘ri tarbiyalash vositalari va insonga komil bo‘lish uchun yetti narsa: ilm, or-nomus, vijdon, sa’y-harakat, axloq-adab, kuch-g‘ayrat, ta’lim- tarbiyat, lozimligi ta’kidlanadi. Maqoladan dalil keltiramiz “Adab insoniyatda kiymatlik kayfiyat ekanligi ulamoning ittifoqlari ila sobitdur. Xususan shariat ulamosi adab va tarbiyani ahli iymon uchun lozim va malzum bilganlar. Chunonchi, Ibn Mas’ud[1] rodialloxu anhu hazratlaridan iymonning kayfiyatidan suol qilganda: “Iymonning haqiqati vojibi taoloni bir va paygambarimiz (a.s.v) ni haq bilib, adab va tarbiyalik bo‘lmoqdur”, deb javob berganlar. Adab va tarbiyatning sababini so‘raganda: “Adab iymonining qal’asi maqomindadur”, deb buyuribdurlar. Darhaqiqat iymon o‘zi xorijda, vujudi bulgan jismlardan bo‘lmagani uchun,aning qal’asi adab va tarbiyadur, deb tavsif qilmoq bajodur. Ibn Mas’uddan yana suol kildilarkim: “Iymonning haqiqati nimadur? Bir odamning iymonining qovi va za’ifligi nimadan ma’lum bulur?” Ibn Mas’ud javob berdilar: “Har kishining iymoni ilmi qadar, har kishining ilmi sa’yi qadar, har kishining sa’yi nomusi qadar, har kishining nomusi vijdoni qadar va xar kishining vijdoni ham aning adab va tarbiyasi qadardir!”[2]- Bas, ma’lum bulurkim, iymon va islomga ushbu yetti nimarsa ila kamol xosil bulur ekan! Darhaqiqat sa’y va g‘ayrat bo‘lmagan odamda nomus va vijdon yo‘qligi, nomus, vijdon bo‘lmagan kishida ham adab, tarbiyat va ilm topilmasligi aqallan sobitdur. Bas, ilm, sa’y va g‘ayratning samarasi, iymon ham adab va tarbiyatni hosilidur. Nechukkim bir insonga komil bo‘lmoq uchun olti narsa zarurdur. Shundoq bir musulmoni komil bo‘lmoq uchun ushbu yetti narsa lozimdur. Alarning muqaddimasi maktablarda hosil bo‘lur. Ya’ni yuqorida vasf qilingan ilm, nomus, vijdon, sa’y, g‘ayrat, tarbiyat ushbu muborak mahalda alko va ta’lim olinur. Lekin maktab bir yerning oti bo‘lub, yuqorida zikr bo‘lgan yetti narsaning hech biri bul yerning sifatidan bo‘la olmas. Balki bu jumlalarda maktabni zikr qilib muallimni murod qilurmiz.
Har bir muallim mazkur yetti nimarsa ila mavsuf zotlardan bo‘lmoqi lozim bo‘lsa kerak. Ori, muallim bo‘lgan zot ham ilm, iymon, vijdon, sa’y, g‘ayrat, adab, tarbiyat va nomusdan, iymon hosiyatlaridan boshqa ilm, xilm,sabr, tahammul va husni xulqdek islom sifatlari ila mumtoz bo‘lmasa, ul muallimdan shogirdlar bahra ololmaydurlar. Chunki muallim atfoli[3] bashar uchun modari adab maqomidadur. Bul taqdirda ota-ona va muallim har qandoq sifat ila mavsuf bo‘lsalar, shogird va avlod ham ul sifat ila mavsuf bo‘lur. Chunonchi, hazrati payg‘ambarimiz buyurubdurlar: “Ma’mani mavlud ul-afqad yulad alo fitral-islom sam abu yumjasona va yaxudona va yansarona”.. Mana matlab, bagishlayturgan bir samara ushbu mazmundan iborat bulur. Chunki tajriba ila bu yo‘lda bizga yaqin hosil bo‘lgandur.” [4] Yuqoridagi maqolada ibn Mas’uddan keltirilgan hadis rivoyat qilindi.Iymon bilan boshlangan ushbu hadis adab-tarbiya bilan tugamoqda. Demak, iymon, ilm, sa’y va bularning barchasi uchun tarbiya poydevor vazifasini o‘tamog‘ini ushbu hadis bizga sharhlab bermoqda. Ilmdan ham avvalda adab, tarbiya bo‘lmog‘i kerak ekan. Tarbiya insonni komillikka yetgazadigan narsadir. Zero payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam ham eng axloqi go‘zal, komil inson edilar. Muallif odob –axloq masalasini zikr qilar ekan, maktab muallimlariga e’tiborni qaratgan. Ya’ni muallimlarda tarbiya yaxshi bo‘lsa, shogirdlar ham shunga munosib bo‘lishini ta’kidlamoqda. Demak tarbiyali shogird yetishtirish, tarbiyali ustozdan boshlanar ekan.
Jurnalda ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan Abdussalom Azimiy qalamiga mansub yana bir maqola tahliliga kirishamiz. “Ta’lim va tarbiya” maqolasi ham ta’lim va tarbiya mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, maqolada farzand tarbiyasining jamiyat rivojlanishidagi o‘rni, rivojlangan yetuk davlatlar farzand tarbiyasi va ta’limi uchun, millionlab mablag‘larni sarflayotgani bejiz emasligi tahlil etiladi. Jamiyatning ilm-u adab bilan ziynatlanib, shukuhlanmog‘i bilimdon muallim na ota-onaga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Bolani tarbiyat uchun har oyda uttuzu ellik so‘m oylik (ujratul-xidma) berilib, murabbiya asllar saxlab, jonlaridan aziz bo‘lgan bolalarini alarga topshurub, tarbiyat va parvarishini anga havola qiladurlar. Har nimarsani vaqti va mavqe’i bo‘lganiga o‘xshash tarbiyatni ham vaqti va mavqe’i bor. Bu ikkisini muvofiqi matlub isloh qilinmaguncha yaxshi ta’lim va tarbiya vujudga kelmaydur. Tarbiyat vaqti zamoni tavalluddan boshlab to o‘n yoshga qadar alal-aqall va to o‘n besh yoshga qadar bo‘ladur. Tarbiyatni birinchi mavqe’i volidalarni va murabbiyalarni og‘ushi shafqatparvaronalari va ikkinchi mavqe’lari mohir muallimlarni maktablaridur. Insonni dunyoda yashamog‘i uchun mol-u johga ehtiyoji bo‘lsa-da, dunyoni izzati va ohiratni saodati uchun vosila bo‘lungan ilm-u adabga ziyodaroq ehtiyoji bordur. Mol-u jonni ilm-u adab birla maqrun bo‘lmaganlari holda dunyoda sababi ta’n-u la’ni mardumon va oxiratda baloyi jon buluvlariga shubha yo‘qdur. Bas, bolalarni odoblanturmak uchun tarbiyatlab uqutmak kerak. Bu xususda mumkin qadar sa’y va ijtihod etuv har bir o‘zini bilgan kishiga lozim va zarurdur. Emdiki zamonda jaholat (mikrub)larini va safolat hastaliklarini maydon olmoqig‘a sabab birinchi tarbiyat va aqldan bebahra volidalar bo‘lsa-da, ikkinchisi maktablarimizni umuri ta’lim va tarbiyasini o‘z zimmalariga olgan fanni ta’lim va tarbiyadan bexabar muallim maktabdorlarimizdur. Kelarda atfoli islomiyani ilm-u adab birla ziynatlanib millati islomiyani shukuhlanmogi bu ikki sinfni, ya’ni muallim va volidalarni ta’lim va tarbiyadan bahramand bo‘lib, fanni ta’lim va tarbiyadan”[5].
Yuqoridagi maqolada ta’lim va tarbiya uchun pul sarflayotgan boshqa millat vakillari o‘rnak sifatida keltirilyabdi. Bolaning tarbiya topmog‘i va ta’lim olmog‘ida nafaqat ustozlar balki ota-onalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqola muallifi aynan mana shu narsalarni yoritib bergan. Ayniqsa, ayollardagi johillik kabi kamchiliklarni va ularga yechimlar keltiradi. Bu maqola hozirgi kunimizdagi bo‘lib turgan ta’lim va tarbiya masalalariga deyarli o‘xshash bo‘lgan holat. O‘sha davrdayoq jadid bobolarimiz bu masalani o‘rtaga tashlaganlari maqolalarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Bundan biz, jurnalning ilmiy saviyasi ancha yuqori bo‘lganligini xulosa qilishimiz mumkin. Chunki jamiyat ravnaqi bu ayollar ya’ni onalarga bog‘liq. Mutafakkirlardan biri shunday degan edi: “Johil otadan ma’rifatli farzand tug‘ilishi mumkin.lekin, johil onadan ma’rifatli dono farzand dunyoga kelmaydi”chindan ham shunday. Qaysi millatning ayollari dono bo‘lsa, o‘sha millatning farzandlari ham aqli raso dono bo‘ladi.
Jurnalda kelgan keyingi “Ahvoli zorimiz” mavzusi ostidagi maqolasining tahliliga kirishamiz. Bu maqola Mirmuhsin Shermuhammad o‘g‘liga tegishli bo‘lib, maqolada aholining ilmsizlik tufayli taraqqiyotdan orqada qolayotganligi boylar pulini behuda narsalarga sarflayotganliklariga taassuf bildirgan. Ahvoli figorimiz kun- kundin ziyoda bo‘lub, jaholatimiz kengayib, buzug‘ligimiz taraqqiy topadur, bunga sabab nedur? Albatta, ilmsizlikdur, ko‘zimizni kattaroq ochub ko‘rsak, xech millat bizning kabi ilmsizlik zulmati ichida boshiga g‘aflat chodirin o‘rab yurganin ko‘rinmaydur, munga illat nedur? Albatta, funun pa zamona hunaridin mahrum bo‘lganimizdir.
[1] Payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning sahobalari.
[2] Маҳмудхўжа Беҳбудий Ойна журнали. – Самарқанд. 1914. №24. –Б 38.
[3] Kichik yoshdagi bolalar.
[4] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna. – Toshkent: Akademiya, 2001. –B 51.
[5] Norqulov N., Rabbimov K. Oyna. Toshkent: Akademiya, 2001. –B 41-42.
Другие новости
УЗ
РУ
EN
العربية