
“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGANLIGINING 31 YILLIGI MUBOSABATI BILAN TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

#Muassasada_tadbir
🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 18 noyabr kuni “18 noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida bir qator tadbir o‘tkazildi.

Dastavval ta’lim muassasining “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i” G.Maxamedova boshchiligida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida davlat ramzlari, xususan O‘zbekiston davlat bayrog‘i xususida so‘z bordi. Shundan so‘ng ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari, Qur’on kursi talabalari hamda O‘rikzor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i haqida savol javob o‘tkazildi. Shundan so‘ng ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Vahidova boshchiligida talabalar “I book” kitoblar ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston va uning mistaqilliligiga bag‘ishlangan bir qancha kitoblar bilan tanishdilar.

Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan tadbirlar zanjiri bilan bugungi kun talabalar uchun juda manfaatli bo‘ldi. Zero, 1991-yilning 18-noyabri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan sana sifatida tariximizga muhrlandi. Zotan, bayroq bu – erkinlik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsolidir. U bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.🇺🇿

“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i” G.Maxamedova
Другие новости


