16.02.2024
187

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.

   "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.
Joriy yilning 15-fevral kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-ma'rifat bo'limi" va "Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti" amaliyotchi talaba qizlari tashabbusi bilan  "Zakovat 2024" intellektual bellashuvi  oʻtkaziladi. 
Tadbir avvalida "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasi direktori Maryam ustoz Abdullayeva so'zga chiqib barcha jamoa vakillariga omad tilagan holda tadbirni ochib berdilar. Bellashuv uchta guruh ishtirokida bo'lib, barcha kurs talablaridan tuzilgan "Zukkolar", "Donolar" va "Olimalar" guruhi 12 ta ilmiy, mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo'lgan 2 raund davomida o'zaro bellashdilar. Har bir savolga javob berish uchun tayyorlanishga bir daqiqa vaqt berildi so'ngra javoblar ishtirokchilar tomonidan yozma va ogʻzaki tarzda taqdim etildi. Bellashuv davomida bellashuv tomoshabinlariga ham savollar bilan murojaat qilindi. Yakuniy natijalarga koʻra, 
  1- oʻrinni "Zukkolar" jamoasi,  
  2- o'rinni "Donolar" jamoasi,
  3- o'rinni "Olimalar" jamoasi egalladi. Bellashuv so'ngida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg'alar topshirildi.

📚"Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-ma'rifat bo'limi"
 

Другие новости

Наврўз айёмингиз муборак бўлсин
21.03.2025 23
Она диёримизга барчамиз орзиқиб кутган гўзал ва дилбар фасл баҳор кириб келди. Ана шу улуғ аййём - шарқона янги йил билан чин қалбимиздан муборакбод этамиз
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI
02.03.2023 578
Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom...
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O'QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI VIDEOKONFERENSIYADA
02.03.2023 266
#VideokonferensiyaJoriy yilning 2-mart kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi o'qituvchi-xodimlari va talabalari “Yoshlarning axborot psixologik xavfsizligini ta’minlash, turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qilishini oldini olish bo‘yicha...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry